Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.8K photos
1.74K videos
34 files
6.27K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

📹 Davlat boshqaruvini modernizatsiya sohasida ilg‘or tajribalar almashuviga xizmat qiluvchi xalqaro anjuman tafsilotlari.

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori B. Shaxin bilan uchrashdi

Joriy yilning 23-may kuni adliya vaziri Ruslanbek Davletovning Turkiya Respublikasi Oliy kassatsiya sudi Bosh prokurori Bekir Shaxin bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv avvalida tomonlar bir birlarini samimiy qutlab, ikki qardosh davlat o‘rtasida turli yo‘nalishlarda yaqin hamkorlik aloqalari mustahkamlanib, rivojlanib borayotganligini mamnuniyat bilan ta'kidlab o‘tdilar.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

🔻Ayni damda Adliya vazirligining Intellektual mulk departamenti va Gruziya Intellektual mulk markazi (Sakpatenti, National Intellectual Property Center of Georgia) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.

Uchrashuv davomida tovarlarni "geografik ko‘rsatkich" sifatida huquqiy muhofaza qilish bilan bog‘liq quyidagi masalalar muhokama qilinmoqda:

- geografik ko‘rsatkichlarga doir talabnomalarni ramiylashtirish, topshirish va ko‘rib chiqish;

- geografik ko‘rsatkich sifatida e’tirof etilishi so‘ralayotgan tovarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini (spetsifikatsiyasini) bayon qilish:

- geografik ko‘rsatkich sifatida muhofaza qilingan tovarlarning sifatini doimiy nazorat qilish;

- geografik ko‘rsatkichlarni huquqiy muhofaza qilishda mustaqil nodavlat tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati hamda boshqalar.

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish bo‘yicha Koreya delegatsiyasi bilan muzokaralar boshlandi

Hozirda Adliya vazirligi hamda Koreya intellektual mulk idorasi (KIPI) KOICA o‘rtasida “Intellektual mulk tizimini avtomatlashtirish” dasturi bo‘yicha hamkorlik amalga oshirilib kelinmoqda.

Ayni damda ushbu hamkorlik doirasida Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti rahbari E.Kanyazov boshchiligidagi ishchi guruh va Koreya Respublikasidan kelgan bir guruh delegatsiya a’zolari bilan (KIPI) KOICA “Rivojlanish uchun rasmiy yordam” dasturi doirasida muzokaralar o‘tkazilmoqda.

Ushbu hamkorlik dasturi doirasida delegatsiya 18 – 23-sentyabr kunlari vakolatli organlar bilan o‘zaro hamkorlik masalasida muzokaralar o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Hafta davomidagi muzokara tafsilotlari keyingi xabarlarda berib boriladi.

👉На русском

@adliyangiliklari
#Xalqaro_hamkorlik

Adliya vaziri oʻrinbosari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti bo‘lim direktori bilan uchrashdi

 
Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov joriy yilning 16-iyul kuni Shveysariyaning Jeneva shahrida Butunjahon intellektual mulk tashkilotining (BIMT) Oʻtish davri va rivojlangan mamlakatlar boʻlimi direktori Habip Asan bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv 2024-yilning 9-17-iyul kunlari BIMTga aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida tashkil etildi.

Uchrashuv davomida vazir o‘rinbosari M.Ikramov mamlakatimizda so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasida olib borilayotgan islohotlar, amalga oshirilgan ishlar, erishilgan ijobiy natijalar hamda istiqbolli rejalar xususida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, vazir o‘rinbosari O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) kirishi jarayonlarida intellektual mulk sohasidagi milliy qonunchilikni JST talablari, xususan, Intellektual mulk huquqlarining savdo aspektlari to‘g‘risidagi bitim (TRIPS) qoidalari bilan uyg‘unlashtirishishlarida BIMT tomonidan ko‘rsatilayotgan ko‘mak uchun H.Asanga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.

H.Asan Oʻzbekistonda sohada amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholab, O‘zbekistonning intellektual mulk sohasidagi xalqaro hujjatlarga qo‘shilish va sohadagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlarni alohida e’tirof etdi.

Uchrashuv soʻnggida M.Ikramov va H.Asan Oʻzbekiston va BIMT o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari hamda istiqboldagi rejalar borasida fikr almashdilar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

2024-yilning 9-17-iyul kunlari BIMTga aʼzo davlatlar Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida tashkil etilgan uchrashuvlar yuzasidan foto lavhalar

@adliyangilklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
 
O‘zbekiston va Rossiya adliya vazirlari telefon orqali muloqot qildilar.
 
O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri Akbar Tashkulov bilan Rossiya Federatsiyasi adliya vaziri Konstantin Chuychenko o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi.

Ikki davlat adliya vazirlari suhbat davomida adliya va huquq sohasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar joriy yilning 19-21-may kunlari Sankt-Peterburg shahrida hamda 29-30-may kunlari Toshkent shahrida tashkil etilayotgan xalqaro yuridik forumlarida ikki vazirlik delegatsiyalarining ishtiroki huquqning zamonaviy tendensiyalarini muhokama qilish va hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishga xizmat qilishini bildirishdi.

📌 Kanalga ulanish
#Xalqaro_hamkorlik

Yevropa Parlamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv
.

Joriy yilning 16-aprel kuni adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov
va Yevropa Parlamentining Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha delegatsiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida adliya vaziri o‘rinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga so‘ngi yillarda mamlakatimizda adliya va huquq sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Adliya vazirligi va Yevro Ittifoq bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida so‘zlab berdi.

Yevropa Parlamenti delegatsiyasiga rahbarlik qilayotgan Tomas Zdexovskiy O‘zbekiston hukumati tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish sohalarida erishgan yutuqlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, uchrashuvda Yevroparlament deputatlari nodavlat notijorat tashkilotlarini ro‘yxatga olish, inson huquqlarini ta’minlash, investorlar huquqlarini himoya qilish, sudlarning mustaqilligini kuchaytirish va boshqa sohalarda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

📌 Kanalga ulanish
#xalqaro_hamkorlik

MDH davlatlari adliya organlari tomonidan O'zbekistonda yo'lga qo'yilgan yuridik xizmat markazlari tajribasi bilan qiziqishmoqda


Joriy yilning 16-aprel kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi tashabbusi bilan “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining yuridik xizmatlari sifatini oshirishda adliya organlarining roli” mavzusida onlayn formatda xalqaro seminar o‘tkazildi.

Seminarda MDHga aʼzo davlatlarning adliya vazirliklari vakillari yuridik xizmatlar sohasini takomillashtirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar to’g’risida o'zaro fikr almashdilar.

Jumladan, seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hududlarda tashkil qilingan yuridik xizmat markazlari va "Muvofiqlashtirishdan avtomatlashtirishga: yuridik xizmatlarni raqamlashtirishga yo‘l" mavzusida "E-huquqshunos" elektron tizimi bo‘yicha taqdimot qilindi.

Xorijiy hamkasblarimiz tomonidan mazkur tizim orqali yaratilgan imkoniyatlar davlat tashkilotlarida qonuniylikni taminlashga katta hissa qo'shishini ta'kidladi.

📌 Kanalga ulanish
#xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligida Curtis xalqaro yuridik firmasining katta korporativ huquqshunosi Mark Hammerson
qabul qilindi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari, xususan, nizolarni hal qilishning muqobil imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Mark Hammersonga soʻngi yillarda Oʻzbekistonda arbitraj institutini rivojlantirishda amalga oshirilayotgan ishlar, soʻnggi tendensiyalar haqida soʻzlab berdi.

Bundan tashqari, 2024-yil 8-oktyabr kuni imzolangan Adliya vazirligi va Curtis oʻrtasida mavjud oʻzaro hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandum ham alohida taʼkidlab oʻtildi.

Maʼlumki, Oʻzbekistonda tovar ayirboshlashni koʻpaytirish va iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilish boʻyicha faol ishlar olib borilayotgani, xususan, neft-gaz sanoati, qishloq xoʻjaligi, energetika sohasida yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, qayta tiklanadigan energiya manbalari ham faol rivojlanmoqda. Shu nuqtayi nazardan, bunday loyihalarni huquqiy qoʻllab-quvvatlashda xalqaro yuridik kompaniyalarning roli juda dolzarb boʻlib qolayotgani qayd etildi.

M.Hammerson, oʻz navbatida umumiy hisobda, shu davrgacha firma tomonidan neft-gaz, farmatsevtika, telekommunikatsiya va qurilish va boshqa sohalardagi sarmoyaviy bitimlar doirasida vujudga kelgan nizolar yuzasidan 40 dan ortiq mamlakatlar manfaatlari xalqaro arbitrajlarda himoya qilinganini va Oʻzbekiston bilan ushbu yoʻnalishlarda mavjud hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida M.Ikramov M.Hammersonni va butun Curtis xalqaro yuridik firmasining vakillarini 29-30-may kunlari tashkil etilayotgan IV Xalqaro Yuridik Forum “Tashkent Law Spring”ga taklif etdi.

📌 Kanalga ulanish