#Adliya_xabari
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi
✅ Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i Saipov Ikrom G‘afurovich 2025-yilning may oyi uchun vazirlik tomonidan “Oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi” deb e’tirof etildi.
✅ Ikrom G‘afurovich o‘z mehnat faoliyatini 2005-yilda Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazida boshlagan. 2018-yildan boshlab Adliya vazirligida turli mas’uliyatli lavozimlarda faoliyat yuritgan.
✅ 2023-yildan buyon Adliya vazirligining Xalqaro-huquqiy hamkorlik va xalqaro reytinglar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari – bo‘lim boshlig‘i sifatida samarali faoliyat yuritib kelmoqda.
✅ Xususan, “Tashkent Law Spring” IV Xalqaro yuridik forumini yuqori saviyada tashkil etish bo‘yicha doimiy shtabga rahbarlik qilgan. Forum davomida 1000 dan ortiq ishtirokchilar, jumladan, 150 ga yaqin nufuzli xalqaro va xorijiy tashkilotlar vakillari ishtirok etgan.
✅ Vazirlik jamoasi Saipov Ikrom G‘afurovichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Unga kelgusi faoliyatida yanada ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va bardavom zafarlar tilaydi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligida oyning eng yaxshi boshqaruv xodimi aniqlandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
🔷Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi
✅ Joriy yilning 10-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Hakamlik sudlari faoliyatini yanada takomillashtirish hamda byudjet intizomini kuchaytirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda deputatlar tomonidan ma’qullandi.
✅ Mazkur qonun loyihasi bilan endilikda doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari nodavlat notijorat tashkilotlari huzurida tashkil etilishi, hakamlik sudyasi sifatida Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan maxsus tayyorlov dasturi asosida o‘qitilgan shaxslar faoliyat yuritishi, shu jumladan, Adliya vazirligi tomonidan belgilangan tartibda har uch yilda kamida bir marotaba malaka oshirish kurslarini o‘tashi belgilanmoqda.
✅ Qonun loyihasining qabul qilinishi doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlarini tashkil etish tartibini yanada takomillashtirishga, manfaatlar to‘qnashuvi va hakamlik sudlari tomonidan noqonuniy qarorlar qabul qilinishining oldini olishga hamda davlat budjeti mablag‘larining asossiz sarf qilinishiga barham berishga xizmat qiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔷Oliy Majlis Qonunchilik palatasida hakamlik sudlari faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari
“Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Bugun Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Notariat, advokatura va mediatsiya boshqarmasi boshlig‘i Ma’sum Hotamov ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligini ta’kidlab o‘tdi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berdi.
Seminarda Qashqadaryo viloyat jinoyat sudi, viloyat prokuraturasi va ichki ishlar boshqarmasi mas’ul xodimlari hamda viloyatda faoliyat yurituvchi advokatlar ishtirok etishdi.

Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasida “Advokatlar orasida korrupsiyaviy holatlarni oldini olish” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Mazkur seminarda Adliya vazirligi mas'ullari ishtirok etib, yig‘ilish ishtirokchilariga korrupsiyaga oid jinoyatlarni oldini olish, advokatura institutini “Korrupsiyasiz soha”ga aylantirish vazirlik tizimining asosiy vazifalaridan biri etib belgilanganligini, bu borada vazirlik tomonidan bir qator tashkiliy-amaliy choralar ko‘rib kelinayotganligi ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, “Yuridik yordam axborot” tizimi orqali davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish sohasida amaliyotda vujudga kelayotgan muammolar, ularning bartaraf etilishi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar hamda bu borada huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda ishlarni yanada tizimli tashkil etish lozimligi yuzasidan tushuntirishlar berildi.

📍 “E-qaror” tizimi bo‘yicha navbatdagi seminar
📅 2025-yil 13-iyun kuni hududiy adliya organlarining “E-qaror” elektron tizimiga mas’ul xodimlari ishtirokida “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ tusdagi qarorlari loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.
🧩 Seminarda normativ qaror loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tushuntirildi, yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
📌 Shuningdek:
• Ekspertiza xulosasida gender ekspertizadan o‘tkazilgani alohida ko‘rsatilishi kerakligi eslatib o‘tildi;
• Qarorlar monitoringini kuchaytirish va qonunbuzarliklarning oldini olish yuzasidan mas’ullarga zarur ko‘rsatmalar berildi.
👥 Seminar “ZOOM” platformasi orqali o‘tkazildi.

Adliya vaziri vazirlik binosida navbatdagi qabulini o'tkazdi.
✅Murojaatlarning qabul qilish hamda muammolarning batafsil oʻrganishning samarali usuli boʻlgan shaxsiy qabullarni tashkil etishga ham vazirligimiz rahbariyati tomonidan alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda.
✅Xususan, joriy yilning 13-iyun kuni vazirlik binosida Adliya vaziri tomonidan 10 nafardan ortiq jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilindi.
✅Qabul jarayonida vazirlik faoliyatiga tegishli murojaatlarni oʻrganib chiqish hamda qonun doirasida hal etish uchun masʼul tarkibiy boʻlinma rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi.
✅Vazirlikning vakolatiga kirmaydigan masalalar yuzasidan esa, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
⚠️Ma'lumot uchun: Adliya vaziri tomonidan haftaning har juma kuni soat 15-00 dan 17-00 ga qadar jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillari qabul qilinadi.

🔔 Adliya vazirligi ishchi guruhi Andijon viloyatiga xizmat safarini amalga oshirdi.
✅ Adliya vazirligi huzuridagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatida adliya organlari va tizimiga oid xizmatlar ko‘rsatish holati, ularning samaradorligi hamda aholiga yaratilgan qulayliklar o‘rganildi.
✅ Safar doirasida viloyatning olis va chekka hududlarida joylashgan tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlari va Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari (FHDY) faoliyati o‘rganildi. Jumladan, jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlarining tez, oson va ochiq sharoitda taqdim etilishi uchun yaratilgan imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Shuningdek, tizim xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotlarda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash, mavjud muammolarni aniqlab, ularni bartaraf etish choralari belgilandi. Ishchi guruh tomonidan fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay va shaffof xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish yuzasidan aniq topshiriq va tavsiyalar berildi.
🔖 Mazkur tashrif adliya tizimi faoliyatini takomillashtirish, xizmatlarning fuqarolar ehtiyojlariga mos ravishda tashkil etilishi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish darajasini oshirishga qaratilgan navbatdagi amaliy qadamlardan biridir.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
📍O'zganing xizmat ko'rsatish belgisidan foydalanayotgan tadbirkorga chora ko'rildi.
“HUGO BOSS Trade Mark Management GmbH&Co.KG” (Germaniya) kompaniyasining Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasiga kelib tushgan murojaati o'rganilganida - BOSS, BOSS HUGO BOSS, HUGO BOSS tovar va xizmat ko'rsatish belgisidan boshqa tadbirkorlik subyekti tomonidan savdo obektiga kirish joyi peshlavhasida qonunga hilof ravishda foydalanib kelayotganligi aniqlandi.
Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan kiritilgan ta'sir chorasi natijasida ushbu huquqbuzarlik holatlari bartaraf etildi.

✅ Qashqadaryoga safar davom etmoqda...
🔹Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turgan adliya vaziri Akbar Tashkulov “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosini joylarga chiqqan holda oʻrganmoqda.
🔹Xususan, adliya vaziri Yakkabog' tumani “Obod” mahallasidagi uchrashuvda mazkur farmon ijrosi yuzasidan tuman adliya boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
🔹Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini oʻrganish, tizimli muammolarni aniqlash va bartaraf etishda oʻzaro hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan zarur koʻrsatma va tavsiyalar berdi.
❗️Mahallada 1009 ta xonadon mavjud bo’lib, aholining asosiy drayveri tadbirkorlik hisoblanadi.

✅ Adliya vaziri A.Tashkulov Ko'kdala tuman adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishmoqda
🔹Akbar Tashkulov Ko'kdala tuman adliya bo'limida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY organlarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.
🔹Adliya vaziri dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.
🔹Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.