Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.6K photos
1.4K videos
32 files
5.22K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ellikqalʼa tumani adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazi yangi binosining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va tuman hokimi B.Niyazimbetovlar nutq soʻzlab, yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar fuqarolarimizning huquqlarini taʼminlashga, ularga tez, oson va qulay davlat xizmatlarini koʻrsatishga, vaqtlarini tejashga xizmat qilishi taʼkidlab oʻtildi.

Markaz aholining barcha qatlamlariga, jumladan, yosh bolali ayollar, nogironligi boʻlgan shaxslar, yoshlar va nuroniylarga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Bino zamonaviy shaharsozlik meʼyorlari asosida qurilgan boʻlib, aholi uchun keng sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari 📣

Davlat xizmatlari markazlari fuqarolarning rejalashtirgan ishlarini yakunlab olishlari va xalqqa qulaylik yaratish maqsadida bugun soat 15:00 ga qadar ish faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

“E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan seminar tashkil etildi

“E-qaror” elektron tizimi orqali monitoring jarayonlarini takomillashtirish, amalga oshirilgan ishlar hamda amaliyotdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish yuzasidan hududiy adliya organlari ishtirokida seminar oʻtkazildi.

Ta'kidlangandek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-iyundagi “Mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga “E-qaror” elektron tizimini joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 390-son qaroriga muvofiq “E-qaror” elektron tizimi respublikaning barcha darajadagi mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatiga joriy etilib, qabul qilinayotgan qaror va farmoyishlarning monitoringini yuritish adliya organlari zimmasiga yuklatilgan.

Vazirlik tomonidan asossiz yashirilgan hamda noqonuniy ravishda eʼlon qilingan mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlari hududiy adliya boshqarmalariga taʼsir choralarini qoʻllash va qarorlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish uchun yuborilib kelinmoqda hamda doimiy ravishda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda.

Seminarda hududiy adliya boshqarmalari masʼul xodimlari tomonidan tizimni takomillashtirish, shuningdek monitoring jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan bir qancha takliflari kelib tushdi.

Jumladan, tizimga bir qancha platformalarni integratsiya qilish hamda tizim orqali qarorlarni qabul qilish, huquqiy ekspertiza hamda monitoring (tahlil) qilish jarayonlariga sunʼiy intellektni joriy etish masalalari muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-3 va 22-10-moddalariga hamda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2025-yil 6-yanvardagi 1-um-son buyrugʻiga asosan:

▫️Yangiyer shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Zokirova Oygul Nishonovnaning 65 yoshga toʻlishi munosabati bilan unga berilgan SI 0019-sonli litsenziyaning amal qilish muddati hamda notarius maqomi tugatildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi Alimardon Abdumovlon oʻgʻli Abdimalikov 2024-yilning dekabr oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Alimardon Abdimalikov Adliya vazirligi tizimida mehnat faoliyatini 2019-yilda Davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishi ustidan nazorat qilish boshqarmasi ish yurituvchisi sifatida boshlagan. 2019–2020-yillarda ushbu boshqarmada katta va yetakchi maslahatchi lavozimlarida ishlagan.

2020–2023-yillarda turli boʻlim va boshqarmalarda faoliyat yuritgan. Shu jumladan, Tashkiliy-tahlil boʻlimi yetakchi maslahatchisi, Davlat xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Maʼmuriy tartib-taomillarni rivojlantirish va monitoringini yuritish boshqarmasi bosh maslahatchisi, Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi sifatida. 2023-yil oktyabr oyidan boshlab Adliya vazirligi Davlat xizmatlari koʻrsatilishini nazorat qilish boshqarmasi bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Alimardon Abdimalikov YIDXP orqali koʻrsatilishi joriy etilgan davlat xizmatlari va servislarning qonunchilik hujjatlarida belgilangan talab va tartib asosida joriy etilganligini tahlil qilish, davlat xizmatlari koʻrsatuvchi vazirlik va idoralar tomonidan davlat xizmatlari koʻrsatilishini doimiy ravishda nazorat qilish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Xususan, “IT talents” dasturi doirasida nodavlat taʼlim tashkilotlariga bir martalik subsidiya ajratish, yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarini qoplab berish, yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun eng yaxshi taklifni tanlab olish boʻyicha davlat xizmatlarini ularni tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, murojaatlar koʻrib chiqilishining har bir bosqichini kuzatib borilishini kuzatib borish imkoniyati yaratilishini taʼminladi.

Vazirlik jamoasi Alimardon Abdimalikovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqlarini samarali himoyasini taʼminlash yuzasidan oʻquv seminari tashkil etildi

Joriy yilning 10-yanvar kuni Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentida masʼul xodimlarning intellektual mulk sohasida bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan oʻquv seminari oʻtkazildi.

Oʻquv seminarda Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi B.Ruziyev va boʻlim boshligʻi F.Dustiyarov tomonidan intellektual mulk obyektlarini samarali muhofaza va himoya qilish, huquq egalari manfaatlarini qonuniy taʼminlash, huquqbuzarliklar uchun taʼsir choralarini qoʻllash hamda milliy va xalqaro qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Ushbu oʻquv seminaridan asosiy maqsad intellektual mulk sohasida oʻzaro hamkorlikni rivojlantirish, kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarga tezkor va taʼsirchan choralar koʻrish mexanizmlarini yaratish hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Ertalabdan xodimlar kirish joyida vatanparvarlik qoʻshiqlari bilan kutib olindi. Bu esa kunni alohida kayfiyat bilan toʻldirib, tantanali va ilhombaxsh muhit yaratdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 14-yanvar kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabartini qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Jumladan, adliya vaziri A.Toshqulov xorij tomoniga maxsus huquqiy rejim asosida faoliyat yurituvchi Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi («ENTERPRISE UZBEKISTAN») va uning huzurida Xalqaro tijorat sudini tashkil etish, milliy qonunchilikni JST bitimlariga muvofiqlashtirish xamda siyosiy-huquqiy sohadagi xalqaro reyting va indekslarda O‘zbekiston Respublikasining pozitsiyalarini yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

S.Chakrabarti o‘z navbatida, Raqamli texnologiyalar xalqaro markazi
va uning huzurida tashkil etilayotgan sud xalkaro standartlariga mos kelishi kerakligini ta'kidlab, bu borada olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholadi. Mazkur soha hamda xalqaro reyting va indekslar sohasida xalqaro ekspertlarni jalb qilishda amaliy yordam ko‘rsatishini ta'kidlab o‘tdi.

Shuningdek, S.Chakrabarti JSTga a'zolik masalasi murakkabligini ta'kidlab, O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan tizimli islohotlar natijasida yaqin orada JSTga a'zo bo‘lishga ishonch bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi adliya va huquq tizimida xalqaro va milliy islohotlarda yaqin hamkorlik qilishga tayyorliklarini bildirilar.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashdi hamda mahallada sayyor qabul oʻtkazdi

Prezident Administratsiyasi va Adliya vazirligi masʼullaridan iborat respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida dastlab Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi, soliq, qurilish boshqarmasi, kadastr palatasi agentligi va boshqa tegishli idoralar masʼullari ishtirokida davlat xizmatlaridan foydalanishda mavjud tizimli muammolarni aniqlash boʻyicha viloyatdagi tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqotda 100 nafarga yaqin tadbirkorlik subyektlari ishtirok etdi. Tadbirda davlat xizmatlarini koʻrsatilishidagi tizimli muammolarga oid fikr-mulohazalar, ularni bartaraf etishga oid takliflar tinglandi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatga oid murojaatlari eshitilib, qonunchilik yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi. Oʻrganish talab qiladigan ayrim murojaatlar koʻrib chiqish uchun nazoratga olindi.

Ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida Buxoro viloyatida “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirgan ishlarni oʻrgandi. Xususan, Jondor tumani “Ushot” mahallasida loyiha doirasida amalga oshirilgan ishlar taqdimoti bilan tanishdi. Mahallada mavjud 712 ta xonadon xatlovdan oʻtkazilib, 4 523 ta huquqiy muammolar mavjudligi aniqlandi. Ulardan 4 140 tasi yoki 91,5 foizi hal etilgan.

Jumladan, 348 nafar shaxsga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlar qoʻllanildi; 30 nafardan ortiq fuqaro oʻzini oʻzi band qilinishi taʼminlandi; mahalla binosida “Adliya kutubxonasi” tashkil etildi; uyma-uy yurilgan holda aholiga 250 ta sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi; “mahalla yettiligi” aʼzolariga yagona huquqni qoʻllash amaliyotini yoʻlga qoʻyish borasida metodik yordam koʻrsatildi; “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya sayli” tadbirlari oʻtkazildi.

Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha tavsiyalar berdi hamda ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflari bilan oʻrtoqlashdi.

Ishchi guruhi tomonidan “Ushot” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun Toshkentda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va «yashil iqtisodiyot»” yilida amalga oshirish boʻyicha Davlat dasturi va uni tasdiqlash toʻgʻrisidagi Prezident Farmoni loyihasining xalqaro hamjamiyat bilan jamoatchilik muhokamasi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov toʻrtinchi yoʻnalishi hisoblangan “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining Qonun ustuvorligini taʼminlash, xalq xizmatidagi davlat boshqaruvini tashkil etish yoʻnalishi boʻyicha 2025-yilda Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan maʼlumot berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM