Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hisobot

📊Norma ijodkorligi faoliyati: son va sifat ko‘rsatkichlari

Norma ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish vakolati doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2022-yilning birinchi choragi kesimida tahlil qilindi.

❗️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tartibga solish ta'sirini baholash faoliyati haqida batafsil ma'lumot infografikada aks ettirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

📊Norma ijodkorligi faoliyati: son va sifat ko‘rsatkichlari

Norma ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish vakolati doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2022-yilning birinchi choragi kesimida tahlil qilindi.

❗️Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi yuzasidan batafsil ma'lumot infografikada aks ettirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

📊Norma ijodkorligi faoliyati: son va sifat ko‘rsatkichlari

Norma ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish vakolati doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2022-yilning birinchi choragi kesimida tahlil qilindi.

❗️Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish faoliyati haqida batafsil ma'lumot infografikada aks ettirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazlariga yuklatilgan vazifa va funksiyalar qanday darajada bajarilayotgani va faoliyat samaradorligini o‘rganish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan davlat idoralari o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi.

O‘tkazilgan so‘rovda 12 ta davlat idoralarining respublikadagi 207 ta tuman va shaharlardagi bo‘linmalari, jumladan, xalq ta’limi, moliya, qurilish, madaniyat, maktabgacha ta’lim va boshqa bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.

So‘rovnoma natijalariga ko‘ra, so‘rovnomada ishtirok etgan idoralar rahbarlarining 88,7 foizi markazlar o‘z faoliyatini yaxshi va a’lo olib borayotganligini va hozirga qadar muammolar kuzatilmaganligini ma’lum qilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Joriy yilning 12-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazining Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining dastlabki yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti Idoralararo ilmiy-uslubiy Kengashining 2022-yilga mo‘ljallangan Ish rejasi muhokama qilinib, tasdiqlandi.

Ish rejada sud ekspertiza sohasidagi mavjud uslubiyotlarni tanqidiy ko‘rib chiqish hamda Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2022-yil davomida ko‘rib chiqilishi lozim bo‘lgan 120 ta uslubiyotni belgilash, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari ishtirokida sud ekspertizasi imkoniyatlaridan keng foydalanishga qaratilgan respublika ilmiy-amaliy seminarini o‘tkazish, Institut tomonidan ishlab chiqilgan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlarini jihozlashga doir talablarni ko‘rib chiqish, sud ekspertiza muassasalari va tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan uslubiy materiallarning ilmiy va amaliy asoslanganligi bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqish kabi bir qator vazifalar belgilandi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri o‘rinbosari Aktam Muxammadiyev Boyovut tumanidagi “Mirishkor” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Navoiyda “Adliya ayollar kengashi” ish boshladi

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan “Oqila ayollar harakati faoliyatini rivojlantirishda NNTlar roli” mavzusida ayollar forumi tashkil etildi.

Tadbirda mahalliy davlat organlarida faoliyat yuritayotgan ayollar, deputatlar, siyosiy partiya, nodavlat notijorat tashkilot vakillari, otinoyilar va mahallalardagi faol xotin-qizlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Ma'muriy adliya sohasida Fransiya bilan hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Adliya vazirligi mas'ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi ayni kunlarda ma'muriy adliya sohasida Yevropa tajribasini o‘rganish uchun Fransiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrif AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) “Huquqiy islohotlar” dasturi doirasida tashkil etilmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Adliya vazirligining “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Xorazm viloyatining Qoʻshkoʻpir, Hazorasp, Xonqa tumanlarida ta'lim sohasi xodimlari uchun huquqiy tadbirlar o'tkazildi.

Tadbirlarda ta'lim tizimi xodimlariga mobil davlat xizmatlari koʻrsatilishi bilan bir qatorda huquqiy maslahatlar berilib, qiziqtirgan qonun hujjatlarning mazmun mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Davlat xizmatlari markazlari xodimlari tomonidan 150 tadan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatilgan boʻlib, ishtirokchilar oʻrtasida davlat xizmatlarini olish madaniyatini, jumladan elektron davlat xizmatlaridan foydalanishga doir koʻnikmalarini shakllantirish borasida “Davlat xizmatlari hamma uchun” shiori ostida taqdimot ham oʻtkazildi.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori (178-son, 12.04.2022 y.) bilan “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.

🔰Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransportni ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

2010-yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023-yil 31-martgacha;
2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-iyungacha;
2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2023-yil 30-sentabrgacha;
2015-yildan keyin berilganlari – 2023-yil 31-dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Latviya Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish departamenti direktori Alise Balode boshchiligidagi delegatsiya Adliya vazirligiga tashrif buyurdi
 
👉Batafsil

@adliyangiliklari