Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

📢📢 Huquqiy fanlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun huquqiy fanlardan “Huquqiy fanlar olimpiadasi” va “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlari o‘tkaziladi.

Maqsad yuridik texnikumlarning bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, olimpiada ishtirokchilariga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan yosh olimlar va pedagog xodimlarni jalb qilgan holda “ustoz-shogird” an'analarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratishdir.

Shuningdek, yuridik texnikumlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘quvchilarning sudda nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda jamoada ishlash qobiliyatini, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirish, o‘quvchilarda kasb etika va umumiy kasbiy-huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini o‘tkazish tartibi ham tasdiqlandi.

Ta'kidlash joizki, har ikkala tanlov ham yuridik texnikumlar o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish va huquqshunoslikka nisbatan hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasasi yana bir davlat grantini qoʻlga kiritdi

Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hay’atining 5-aprel kuni boʻlib oʻtgan yigʻilishida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tayyorlangan “Qishloq xo‘jaligi klasterlari uchun elektron tijorat mexanizmlari asosida tovar (ish, xizmat)larning onlayn savdosiga oid raqamli platforma va uning mobil ilovasini yaratish” nomli innovatsion loyiha ko’rib chiqildi.

Uzoq va qizg’in davom etgan muhokamalar natijasiga ko‘ra mazkur loyiha 801 mln soʻmlik mablagʻ bilan moliyalashtirishga loyiq deb topilib, tegishli qaror qabul qilindi.

Ta’kidlash joizki, mazkur loyiha natijasida mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyektlarining huquqlari kafolatlari yanada mustahkamlanadi hamda klasterlik faoliyatining huquqiy asoslari takomillashtiriladi. Shuningdek, loyiha natijasida sohada iqtisodiy ko’rsatkichlarni yaxshilashga hamda klasterlik faoliyati bilan bog’liq amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolarga huquqiy yechim topishga erishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2022-yil mart oyida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan tayyorlangan “Yuridik terminlar elektron tezaurusi va innovatsion multimedia platformasini yaratish” nomli loyiha 985 mln soʻmlik davlat grantini qo‘lga kiritgan edi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yakkasaroy tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi, zamonaviy binosi ochildi

🏢 Elektron navbat, infokiosk, salomatlik burchagi, bolalar maydonchasi va – elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish imkoniyati. Markaz bir vaqtning o‘zida murojaatchilarga 180 dan ortiq turdagi xizmatlarni ko‘rsatadi.

Tafsilotlar — Toshkent shahar hokimligi videolavhasida.
———

В Яккасарайском районе Ташкента открылся новый современный Центр государственных услуг.

Система электронной очереди, инфокиоск, уголок здоровья, детская площадка, мини-библиотека и — самостоятельное пользование электронными услугами. Центр одновременно оказывает заявителям более 180 видов услуг.

Подробнее — в видео хокимията города Ташкента.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Namanganda o‘qituvchilarga 423 million so‘mdan ziyod ustama haqlari berilmayotgani aniqlandi

Yangi Namangan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan umumiy o‘rta ta'lim maktablari xodimlari hamda pedagog-o‘qituvchilariga lavozim maoshlariga qo‘shimcha ustama haq va rag‘batlantirish to‘lovlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq to‘lanayotganligi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.

Monitoring davomida Yangi Namangan tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarining 150 nafardan ziyod xodimlari hamda pedagog-o‘qituvchilariga lavozim maoshlariga qo‘shimcha ustama haq va rag‘batlantirish tarzidagi to‘lanishi lozim bo‘lgan 423 million 681 ming 646 so‘m mablag‘lar to‘lab berilmaganligi aniqlandi.

Hozirgi kunda mazkur mablag‘lar qayta hisob-kitob qilinib, umumiy o‘rta ta'lim maktablari xodimlariga to‘lab berish masalasi hal etilmoqda.

Yangi Namangan tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

@adliyangiliklari
Adliya vaziri davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Prezident Farmoni loyihasi bo‘yicha davlat rahbariga axborot berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishda davlat xizmatlarini ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Yig‘ilishda adliya vaziri R.Davletov davlat xizmatlarini ko‘rsatishda saqlanib qolayotgan muammolar va ushbu soha rivojlanishini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha axborot berdi.

Xususan, Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Prezident Farmoni loyihasida davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini modernizatsiya qilishning yaqin besh yilga mo‘ljallangan strategiyasi va uni 2022—2023-yillarda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”da belgilangan chora-tadbirlar haqida davlat rahbari va yig‘ilish ishtirokchilariga ma'lumot berildi.

Loyihaga ko‘ra, shaxsni identifikatsiya qilishning “Mobil-ID” tizimi joriy etilishi taklif qilinmoqda. Mobil-ID tizimi — shaxsni mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalaydi va unga elektron raqamli imzosiz barcha davlat xizmatidan foydalanish imkonini beradi.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali 38 ta davlat xizmatidan foydalanishda elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talabini bekor qilish taklif qilinmoqda.

Shu bilan birga, sohani rivojlantirish maqsadida elektron va kompozit davlat xizmatlari ko‘lami kengaytiriladi, davlat xizmatlari sohasi “qog‘ozsiz” tizimga o‘tkaziladi, muddat va hujjatlar qisqartiriladi, yangi davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi, Markazlarda nogironligi bo‘lgan shaxslarga inklyuziv muhit yaratiladi va bepul “Wi-Fi” hududlari tashkil etiladi.

Loyiha bilan shaxsga doir ma'lumotlarning konfidensialligi va ishonchli himoya qilinishini ta'minlash maqsadida ma'lumotlarni “Elektron hukumat” tizimi orqali so‘rab olishning yangi tartibini joriy etish taklif qilinmoqda.

Yig‘ilishda davlat xizmatlarini kamida 70 foizini elektronlashtirish, bunda davlat xizmatlaridan mobil ilovalardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish bo‘yicha ishlarni davom ettirish zarurligi ta'kidlandi.

Davlatimiz rahbari davlat xizmatlari markazlari orqali aholiga tez, qulay va sifatli xizmatlar ko‘rsatish uchun barcha imkoniyatlar ishga solinishi kerakligi, joylarda markazlarning yangi binolarini qurishni tezroq yakunlash zarurligi bo‘yicha topshiriq berdilar.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2022-yilning 15-martidan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

Mazkur aksiya doirasida Toshkent shahrida mazkur tizim xodimlaridan jami 157 ta murojaat kelib tushgan va 150 ta murojaat qanoatlantirilgan, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan jami 335 ta taqdimnoma, sudlarga jami 52 ta daʼvo ariza hamda aybdor mansabdor shaxlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish bo‘yicha mehnat organlariga jami 124 ta maʼmuriy takliflar kiritildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

2022-yil 15-martdan 15-mayga qadar “Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkazilmoqda.

📹 Aksiya doirasida Shirin shahar 2-sonli MTT xodimining huquqlari tiklandi, adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro ishga tiklandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: 2022-yilda 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, jumladan qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish borasida ham tizimli ishlar tashkil etilmoqda.

Xususan, 2021-yil 23-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ‒5263-son qarori, shuningdek Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishning yangi tartib hamda uslubiyoti qabul qilinib, cheklist to‘ldirish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Eng muhimi, yuqoridagi Prezident qarori bilan 2021-yildan boshlab Adliya vaziligi tomonidan “korrupsiyadan xoli qonunchilik” tamoyili joriy etildi hamda 2022 – 2026 yillarda 21 mingdan ortiq amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha besh yillik rejasi tasdiqlandi.

Shunga muvofiq, 2022-yil 26-mart kuni Vazirlar Mahkamasining “2022 yilda normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Joriy yilning 8 aprel kuni Adliya vazirligida mazkur qaror ijrosiga masʼul bo‘lgan 60 dan ortiq vazirlik va idoralar, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar ishtirokida seminar tashkil etildi.

Tadbirda adliya vaziri o‘rinbosari A. Karimov so‘zga chiqib, qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish amaliyotida, xususan vazirlik va idoralar faoliyatida tizimli muammolar uchrayotganligi, cheklist to‘ldirish amaliyoti to‘liq yo‘lga qo‘yilmaganligini taʼkidlab, korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazish sifati va samaradorligi oshirish bo‘yicha tushuntirish berdi.

Jumladan, 2022-yilda Adliya vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda Vazirlar Mahkamasining yuqoridagi qarorida belgilangan ijtimoiy himoya, moliya-kredit, tadbirkorlik, tashqi iqtisodiy faoliyat va bojxona ishi sohalariga oid 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkazishda yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi, ekspertizani joyiga chiqib amalga oshirishi, mutaxassislar, fuqarolar, ayniqsa tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashib ularni qiynayotgan normalarni aniqlab, bartaraf etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish lozimligi taʼkidlandi.

Seminarda berilgan savollarga Adliya vazirligi mutaxassislari tomonidan javoblar berildi hamda ushbu yo‘nalishda o‘zaro tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kelishib olindi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi. Loyiha bilan amaldagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunga bir qator yangi moddalar va qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.

Loyihada sud ekspertining kasb etikasi qoidalari, maxsus bilimlar, mutaxassis fikri, validasiya, nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti, xususiy sud eksperti, sud eksperti attestatsiyasi, sud-ekspertiza muassasalari (tashkilotlari) va sud ekspertlarining davlat reestri hamda sud eksperti qasamyodi kabilar belgilanmoqda.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning malakali sud ekspertizasi xulosalariga bo‘lgan ehtiyoji to‘liq qondirilishini ta'minlash hamda sud ekspertizasi faoliyati yanada ishonchliligini oshirish maqsadida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi muassasa (tashkilot) o‘z faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha ekspertlik faoliyatini amalga oshirishi hamda sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar mutaxassislarining huquqiy maqomlari qonun bilan mustahkamlanmoqda.

Qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat va nodavlat sud ekspertlariga nisbatan ta'sir choralari qo‘llashning aniq mezon va mexanizmlarini belgilash, sud ekspertlarining noqonuniy harakatlari bilan bog‘liq holatlar adolatli va xolis ko‘rib chiqilishini ta'minlash maqsadida davlat sud-ekspertiza muassasalari huzuridagi malaka komissiyasi hamda nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari sud ekspertlari va xususiy sud ekspertlari malaka komissiyalari tashkil etilishi nazarda tutilmoqda.

Kelgusida sud ekspertizasi sohasida manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelishi oldini olishni ta'minlash maqsadida sud ekspertiga ish materiallari yuzasidan ekspertiza o‘tkazishga doir cheklovlar qayd etilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasi hamda Adliya vazirligining sud-ekspertlik sohasini davlat tomonidan tartibga solish sohasidagi vakolatlari belgilanmoqda, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari va xususiy ekspertlari birlashmasini tashkil qilishga doir munosabatlar tartibga solinmoqda.

Qonun loyihasi bilan davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan amalga oshirilgan sud ekspertizasi xulosasi bo‘yicha qo‘shimcha va qayta sud ekspertizasi, komissiyaviy va kompleks sud ekspertizalari nodavlat sud-ekspertiza tashkiloti tomonidan o‘tkazilishi mumkinligi mustahkamlab qo‘yilmoqda.

❗️Mazkur hujjat loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

▫️ https://regulation.gov.uz/uz/d/59577

Muhokama 22-aprelga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari
❗️Давлат органларининг телеграмдаги расмий саҳифаларини кузатиб боринг!

Ўзбекистонда расмий ахборотнинг биринчи манбаси - ахборот хизматлари ҳисобланади. Ҳозирги кунда барча давлат органлари телеграмда ўз саҳифаларини юритишмоқда.

Мазкур телеграм каналларида янги қонун ҳужжатлари шарҳи, аҳамиятли мавзулар юзасидан экспертлар фикри, муҳокамаларга сабаб бўлаётган мавзуларга оид расмий идоралар позициясидан бохабар бўлиш имконияти мавжуд.

🔔 Давлат органларининг расмий каналлари билан танишиб, аъзо бўлишни тавсия қиламиз.
#daydjest

Adliya vazirligi faoliyatining haftalik daydjesti

4-aprel
▪️ Adliya vaziri tizimni ixchamlashtirish bo‘yicha Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bo‘yicha xodimlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” loyihasi doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

▪️ Adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Xo‘jayev Kamoliddin Ulug‘bek o‘g‘li Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi direktori lavozimiga tayinlandi.

▪️ Adliya vazirligi: 934,8 mln so‘m mablag‘lar (ish haqi, ustama boshqa to‘lovlar) soha xodimlariga undirib berildi.

6-aprel
▪️ Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov AQSh Xalqaro diniy erkinlik boʻyicha komissiyasi raisi bilan uchrashdi.

▪️ Davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida bunyod etilgan va zamonaviy IT-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlangan Yakkasaroy tumani Davlat xizmatlari markazining 700 kvadrat metr maydonga ega yangi binosi o‘z faoliyatini boshladi.

▪️ Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti tomonidan “Mintaqaviy muloqot” XNNTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda “Raqamli texnologiyalar sohasidagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish hamda axborot xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy-huquqiy masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

▪️ “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti va Konrad Adenauer nomidagi fondning Markaziy Osiyo bo‘icha vakolatxonasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi.

▪️Yuridik texnikumlar faoliyati yuzasidan seminar tashkil etildi.

7-aprel
▪️ Adliya vazirligi tizimidagi ta’lim muassasasi yana bir davlat grantini qoʻlga kiritdi.

▪️ Adliya vaziri davlat xizmatlarini ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirish bo‘yicha ishlab chiqilgan Prezident Farmoni loyihasi bo‘yicha davlat rahbariga axborot berdi.

▪️ Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Sud ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirildi.

9-aprel
▪️ Adliya vazirligi: 2022-yilda 1 860 ta amaldagi qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o‘tkaziladi.
____________

#Mutaxassis_sharhi

▫️ Avtomobil yo‘llarida inson xavfsizligini ta'minlash borasida yangicha tartib.

▫️ It va mushuklarni saqlash qoidalarini bilasizmi?

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Hududiy adliya organlari faoliyatidan

🔹Marhamat tuman adliya bo‘limi fan olimpiadasi g‘oliblari bo‘lgan o‘qituvchilarga 163 million so‘m ustama pullari undirilishiga ko‘maklashdi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan o‘qituvchining yetti oylik ovoragarchiligiga chek qo‘yildi.

🔹Yangiyer shahar adliya bo‘limi va yuridik xizmat ko'rsatish markazi tomonidan shahar tibbiyot birlashmaiga qarashli 1-son oilaviy poliklinikasida tibbiyot xodimlari uchun targ‘ibot tadbiri hamda sayyor qabul tashkil qilindi.

🔹Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Oqoltin tumani “Shodlik” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.

🔹 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan “Umid” maktab-internati direktoriga toʻlanmay qolgan ustama va ragʻbat pullari toʻlab berilishi ta”minlandi.

🔹 Sharof Rashidov tuman adliya boʻlimi tomonidan “Havastlik” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.

🔹Kattaqo‘rg‘on shahar adliya bo‘limining aralashuvi bilan nafaqaga chiqqan xodimga to‘lanmasdan kelingan 15,8 mln so‘mlik ish haqi va boshqa to‘lovlari undirib berildi.

🔹 Payariq tuman adliya bo‘limi ko‘magida noqonuniy hisoblangan soliq sud qarori asosida to‘xtatildi.

🔹 Nurobod tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan xodimning buzilgan huquqlari tiklandi.

🔹 Paxtachi tuman adliya bo‘limining ko‘magida rus tili fani o‘qituvchilarga 32,5 mln so‘mlik ustama haqlari undirib berildi.

🔹 Qo‘shrabot tuman adliya bo‘limining aralashuvi bilan boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi qaytadan tayinlanishiga erishildi.

🔹“Sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Shirin shahar 2-sonli MTT xodimining huquqlari tiklandi, adliya boshqarmasi aralashuvi bilan fuqaro ishga tiklandi.

🔹 Marhamat tuman adliya bo‘limi aralashuvi bilan 29 nafar shaxslarga ishdan bo‘shatish nafaqasi undirib berildi.

🔹 Baliqchi tuman adliya bo'limi aralashuvi bilan “Toza hudud” DUK tuman filialining 21 nafar xodimlariga to'lab berilmagan ish haqilari sud buyrug'iga asosan undirilishi ta'minlandi.

🔹 Navoiy viloyat adliya organlari tizimida "Mening huquqim" yoshlar aksiyasi tashkil etildi. Aksiyada umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari qamrab olindi.

🔹 Uchquduq tumanida adliya aralashuvi bilan fuqaroning ish stajiga uning bola parvarishi ta’tillarida bo‘lgan davri qo‘shib berildi.

🔹 G‘ozg‘onda adliya ko‘magi bilan iste’mol gazining hisoblash bazasida ko‘rinmagan to‘lov summalari inobatga olinishi ta’minlandi.

🔹 Navbahorda kadrlar bo‘yicha menejerlarga 150 mln so‘m pul mablag‘lari undirib berildi.

🔹 Yangi Namangan tuman adliya bo‘limi tomonidan xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan 12 nafar o‘qituvchiga to‘lanmagan ustama pullari undirib berildi.

🔹 Namanganda o‘qituvchilarga 423 million so‘mdan ziyod ustama haqlari berilmayotgani aniqlandi.

🔹 Namanganda tadbirkorga 171,8 million so‘m undirib berildi.

🔹 “Sog‘liqni saqlash va taʼlim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiya doirasida Toshkent shahrida mazkur tizim xodimlaridan jami 157 ta murojaat kelib tushgan va 150 ta murojaat qanoatlantirilgan, 7 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Ijtimoiy_aksiya

❗️Barcha tibbiyot xodimlari diqqatiga!

▫️Huquqiy muammolaringiz bormi?
▫️Bepul huquqiy maslahat kerakmi?

Adliya vazirligi tomonidan “Sog‘liqni saqlash va ta'lim tizimi xodimlarining huquqlarini himoya qilish” aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkaziladi.

Sayyor qabul 2022-yil 14-aprel kuni Toshkent stomatologiya instituti (eski ToshMI) hududida soat 14:00 da boshlanadi.

Sayyor qabul davomida Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan:

▫️murojaatlar qabul qilinib, huquqiy maslahatlar beriladi;
▫️Davlat xizmatlari markazlari, “Madad” NNT, FHDYO bo‘limlari va notariuslar tomonidan sayyor xizmatlar ko‘rsatiladi.

📢 Sayyor qabulga barcha tibbiyot xodimlarini chorlaymiz!

📍Manzil: Toshkent shahri, 103, Taraqqiyot ko‘chasi. Avtobus: 72, 103, 69. Metro: Mashinasozlar bekati

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

📊Norma ijodkorligi faoliyati: son va sifat ko‘rsatkichlari

Norma ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish vakolati doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2022-yilning birinchi choragi kesimida tahlil qilindi.

❗️Huquqiy ekspertiza faoliyati haqida batafsil ma'lumot infografikada aks ettirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

📊Norma ijodkorligi faoliyati: son va sifat ko‘rsatkichlari

Norma ijodkorligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish vakolati doirasida Adliya vazirligi tomonidan davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati 2022-yilning birinchi choragi kesimida tahlil qilindi.

❗️Idoraviy norma ijodkorlik faoliyati haqida batafsil ma'lumot infografikada aks ettirilgan.

@adliyangiliklari