Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.37K videos
32 files
5.11K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

📺 Adliya vazirligi tomonidan navbatdagi yangi loyiha “Muallif minbari” taqdim etilmoqda.

Agar siz muallif bo‘lsangiz hamda mualliflik huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa biz sizni minbarida tinglaymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

Bolalarni zo‘ravonliklarning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Adliya vazirligi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan ishonchli himoya qilishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

Loyiha bilan tanishing va o‘z fikrlaringizni qoldiring 👉 https://regulation.gov.uz/oz/d/87302

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Mamlakatimizda ekologik vaziyatni yaxshilash va qulay ekologik holatni barqaror saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilishning samarali mexanizmlari yaratish maqsadida Adliya vazirligi tomonidan O‘zekiston Respublikasining Prezidentining “Atrof-muhitni, aholi salomatligini zararli shovqinlar va yoqimsiz hidlar taʼsiridan muhofaza qilish sohasini tubdan takomillashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni loyihasi ishlab chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi: muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishga qaratilgan qonun deputatlar tomonidan qabul qilindi

9-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonuni loyihasi moddama-modda muhokama qilinib, ikkinchi va uchinchi oʻqishda qabul qilindi.

Taʼkidlanganidek, amaldagi qonunchilikda ushbu muammoli yer uchastkalariga nisbatan huquqlarni eʼtirof etishning huquqiy asosi va tartibi mavjud emas.

Ushbu holatlardan kelib chiqib, aholi va tadbirkorlik subyektlarini yillar davomida qiynab kelayotgan muammolarini hal etish, koʻchmas mulk obyektlarini toʻliq davlat roʻyxatiga olinishini taʼminlash hamda yer uchastkalarining oʻzboshimchalik bilan egallab olinishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida mazkur Qonun loyihasi ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasi bilan yer uchastkasi va unda qurilgan imoratga boʻlgan huquqni, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilgan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning aniq tartiblari belgilanmoqda. Shuningdek, loyihada fuqarolar tomonidan ortiqcha egallangan yer uchastkasiga, bogʻdorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar egallagan yer uchastkasiga ijara huquqini eʼtirof etishning huquqiy asoslari belgilab berilmoqda.

Qonunning qabul qilinishi natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga nisbatan ijara huquqi hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini rasmiylashtirish uchun huquqiy asoslar yaratilishiga xizmat qiladi.

Aholining ijtimoiy (propiska, moddiy yordam, maktab, bogʻcha) hamda bino va inshootlarni kommunal tarmoqlarga ulash boʻyicha yuzaga kelayotgan muammolarining hal etilishiga imkon beradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar Senat tomonidan ma’qullandi

Joriy yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 3 ta qonun muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 4 kun qoldi...

Eng uzoq yoʻl ham birinchi qadamdanoq boshlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_loyiha

🗓 Imkon. Matonat. 3 kun qoldi...

Bu shunchaki hayot xronikasi emas, balki qiyinchiliklarni yengib o‘tish va ruhiy kuchning chuqur, shaxsiy qissasidir.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM