Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_tanlov

Ёдингизда бўлса Адлия вазирлиги томонидан “Пандемия 2020: чақириқлар, хулосалар, оқибатлар” номли танлов ўтказилаётганлиги ҳақида эълон берган эдик.

Жорий йилнинг 14 ноябрь кунига қадар танловда иштирок этиш учун 30га яқин журналист ва блогерлардан жами бўлиб 140 га яқин материал келиб тушди. Ҳозирда комиссия аъзолари томонидан танловга келиб тушган материаллар ўрганиб чиқилмоқда.

Эслатиб ўтамиз, танловда иштирок этиш учун 2020 йилнинг 31 ноябрь куни соат 23:59 гача қуйидаги ҳужжат ва материаллар [email protected] электрон почтасига юборилиши лозим:
🔹 Иштирокчи ҳақида маълумот
🔹 Иштирокчининг фотосурати
🔹 Танловда иштирок этувчи материал (Word дастурида ёзилган матн ёки аудио/видеофайл, файлнинг ўзи ёки у жойланган сайт/файл манбасига ҳавола). Барча материаллар эълон қилинганлиги тўғрисида скриншот, pdf-нусха, ҳавола билан тасдиқланиши керак.

Танлов ҳақидаги тўлиқ маълумот билан ушбу манзил орқали танишишингиз мумкин – www.adliya.uz
________________

#Юстиция_конкурс

Министерством юстиции проводится конкурс «Пандемия—2020: угрозы, вызовы, последствия».

По состоянию на 14 ноября текущего года от около 30 журналистов и блогеров поступило почти 140 медиаматериалов. В настоящее время члены комиссии изучают материалы, поступившие на конкурс.

Напомним, конкурсантам до 23:59 30 ноября 2020 года на электронную почту [email protected] необходимо отправить следующие документы и материалы:
🔹информация об участнике;
🔹фотография участника;
🔹материал, предоставленный на конкурс (текст, написанный в программе Word или аудио/видеофайл, сам файл либо ссылка на источник, сайт, на котором они размещены). Все материалы должны быть подтверждены скриншотами, копией в формате pdf и ссылкой.

Подробности о конкурсе можете найти на официальном веб-сайте министерства www.adliya.uz.

Minjust.uz | Telegram | Twitter | Facebook | Instagram

Каналга уланиш/Подписаться на канал: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFZCEkvVhtOzezh5Hw
#Adliya_tanlov

Адлия вазирлиги томонидан журналист ва блогерлар учун “Пандемия 2020: чақириқлар, хулосалар, оқибатлар” номли танлов ўтказилмоқда. Танловнинг ҳакамлар ҳайъати аъзолари билан танишинг.
________________

#Юстиция_конкурс

Министерством юстиции проводится конкурс для журналистов и блогеров «Пандемия—2020: угрозы, вызовы, последствия». Знакомьтесь с членами судейской коллегии конкурса.

Minjust.uz | Telegram | Twitter | Facebook | Instagram

Каналга уланиш/Подписаться на канал: https://t.iss.one/joinchat/AAAAAFZCEkvVhtOzezh5Hw
#Adliya_tanlov

📣 “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi o‘tkaziladi

Adliya vazirligi tomonidan professional yuristlar jamoasini yaratishga bo‘lgan intilishlarni kuchaytirish maqsadida “Eng yaxshi yuridik xizmat” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Tanlovda barcha davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari qatnashishlari mumkin.

Ishtirokchilardan hujjatlar (anketa) 2022-yil 15-fevraldan 15-martgacha [email protected] elektron pochtasi orqali qabul qilinadi.

Hujjatlar 2022-yil 1-aprelgacha ko‘rib chiqilib, g‘oliblar aniqlanadi.

📌 Tanlovda yakunlangan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, ijobiy amaliyotlar inobatga olinadi.

🎁 G‘oliblar sertifikat, qimmatbaho esdalik sovg‘alar va quyidagi miqdorda pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:

● 1-o‘rin – 15 million so‘m;
● 2-o‘rin – 10 million so‘m;
● 3-o‘rin – 5 million so‘m.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

“Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi

Adliya vazirligi tomonidan “Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb ikki oy” doirasida o‘tkazilgan “Jamiyatda ayol: muammo va yechimlar” tanlovi nihoyasiga yetdi.

Uchta nominasiya bo‘yicha tashkil etilgan tanlovning yakuniy bosqichida ovoz berish natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi hamda sertifikat va tegishlicha sovrin bilan taqdirlanadi:

▫️Nargiza Yunusova, “Eng yaxshi jurnalistik material uchun” — televizor;
▫️Hamida Mirsultanova, “Eng yaxshi blogpost uchun” — blender to‘plami;
▫️Muxlisa Azizova, Adliya e'tirofi” — multivarka.

Adliya vazirligi fuqarolarimizni jamiyat hayotida ijtimoiy faol bo‘lishga, xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish orqali jamiyat taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga chorlab qoladi. Zero, huquqni bilish foydali.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

📢📢 Huquqiy fanlar bo‘yicha tanlovlar o‘tkaziladi

Adliya vazirligi yuridik texnikumlari o‘quvchilari uchun huquqiy fanlardan “Huquqiy fanlar olimpiadasi” va “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlari o‘tkaziladi.

Maqsad yuridik texnikumlarning bilimli va iqtidorli o‘quvchi-yoshlarini aniqlash va ularning intellektual salohiyatini oshirish, olimpiada ishtirokchilariga yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan yosh olimlar va pedagog xodimlarni jalb qilgan holda “ustoz-shogird” an'analarini yanada mustahkamlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga keng imkoniyatlarni yaratishdir.

Shuningdek, yuridik texnikumlar o‘quvchilarning nazariy bilimlarini yuridik amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmasini shakllantirish, o‘quvchilarning sudda nutq so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish, o‘quvchilarda jamoada ishlash qobiliyatini, tezkor fikrlash, tahlil qilish hamda optimal qarorlarni qabul qilish ko‘nikmasini rivojlantirish, o‘quvchilarda kasb etika va umumiy kasbiy-huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida Adliya vazirligining yuridik texnikumlari o‘quvchilari o‘rtasida “Jinoyat, fuqarolik, iqtisodiy va ma'muriy sud ishlari bo‘yicha namunaviy sud protsessi” tanlovlarini o‘tkazish tartibi ham tasdiqlandi.

Ta'kidlash joizki, har ikkala tanlov ham yuridik texnikumlar o‘quvchilarining intellektual qobiliyatini rivojlantirish va huquqshunoslikka nisbatan hurmat ruhini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yil 15-maydan 15-iyunga qadar “Qoidalarga yo‘l ham bo‘ysunadi” shiori ostida yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha huquqiy savodxonlik oyligi e'lon qilingan.

Oylik doirasida “Bir qadam” videoroliklar tanlovini o‘tkazish belgilangan.

Tanlovda barcha ishtirok etishi mumkin.

Videoroliklarni baholash va g‘olibni aniqlashda quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:

▫️mavzu mohiyatini to‘g‘ri tushunganlik;
▫️holatni yoritishda ta'sirchan ifoda;
▫️original yondashuv.

Videorolikning davomiyligi 1 daqiqadan oshib ketmasligi kerak.

Tanlovga materiallar 10-iyungacha @birqadamtanlovibot Telegram boti orqali qabul qilinadi.

❗️Tanlovga taqdim etilgan videoroliklar hakamlar hay'ati tomonidan saralanib, ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritiladi.

Tanlov g‘olibi planshet hamda diplom bilan taqdirlanadi.

Huquqiy, ijodiy salohiyatingizni namoyon eting va g‘olib bo‘ling!

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Adliya e'tirofi: ''OAVda huquq'' tanlovining g‘oliblari

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Mamlakatimizda qabul qilinayotgan qonunchilikdagi yangiliklar, ijtimoiy-siyosiy hamda sud-huquq sohasida olib borilayotgan islohatlarni aholiga xolis va tezkor yetkazishda munosib hissa qo‘shayotgan “Sevimli” telekanalining “Zamon” dasturiAdliya e'tirofiga” sazovar bo‘ldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

📣 📣 DIQQAT, FOTOTANLOV!

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida:

"Davlat xizmatlari hamma uchun" mavzusida fototanlov e'lon qilamiz!

📸Nominatsiyalarga mos keladigan suratlaringizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda joylashtiring va qimmatli sovg'alarni yutib o'ling!

💡Tanlov haqidagi barcha ma'lumotni https://ipsd.uz/reports/26 havolasi orqali bilib olishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi 2024-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov E’LON QILADI 📣

Maqsad: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari haqida aholi xabardorligini oshirish, aholi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini mustaqil ravishda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

Hujjatlar 2024-yil 22-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil 👉🏻 https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-adliya-vazirligi-2024-na1g

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining respublika bosqichi boshlandi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @adliya_axborot elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2024-yil 25-noyabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov

📣📣 Jurnalist va blogerlar diqqatiga!

Adliya vazirligi tomonidan Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi post va maqola tayyorlagan ijodkorlar eʼtirof etiladi.

Bunda Konstitutsiyada belgilangan huquqlarni targʻib qiluvchi eng yaxshi ijodiy ishlar jamoatchilik faollari va ekspertlardan iborat komissiya tomonidan saralab olinadi.

Tanlovda ishtirok etish uchun 2024-yilning 1-yanvaridan 25-noyabriga qadar boʻlgan davr oraligʻida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi boʻyicha tayyorlangan hamda ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan yoki nashr etilgan maqola va blogpostlar mualliflar tomonidan Telegramdagi @adliya_axborot elektron manziliga yuboriladi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha oʻtkaziladi:
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi maqola”.
✔️ “Konstitutsiyada belgilangan qoidalarni tushuntiradigan eng yaxshi blogpost”.

🗓 Muddat: 2024-yil 25-noyabrgacha.

Saralab olingan ishlar mualliflari qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM