Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aksiya

“Munchoqtepa”liklar davlat xizmatidan mahallasida foydalandi Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan sayyor xizmatlar koʻrsatilib kelinmoqda. Bundan koʻzlagan asosiy maqsad aholini uzogʻini yaqin mushkulini oson qilishdan iborat.

Shuningdek, aholini davlat xizmatlaridan onlayn tarzda foydalanish boʻyicha tushuntirish targʻibot ishlarini amalga oshirish koʻzda tutilgan. Jumladan, Chust tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan tumanning olis hududida joylashgan Olmos qishlogʻi “Munchoqtepa” mahallasida hududida boʻlib, aholi oʻrtasida “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” shiori ostida oʻtkazilayotgan aksiya boʻyicha tushuntirish targʻibot ishlari olib borildi.

Shu bilan birga, 14 nafar keksa fuqaroga sanatoriylarga navbatga qoʻyish boʻyicha, 1 nafar fuqaroga mavzulik soʻrovlar toʻgʻrisida maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida 2024-yil 20-yanvardan 15-martga qadar amalga oshirilgan ishlar bilan tanishing

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA DOIRASIDA 19 YILLIK NIKOH QAYD ETILDI

Qamashi tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiya doirasida tumandagi olis hudud "Elobod" mahallasida yashovchi Ashuraliyevlar oilasi 19 yildan buyon shaʼriy nikoh asosida yashab kelayotgan edi.

Fuqarolar Husniddin Ashuraliyev va Zulfiya Boboqulovalarning nikohi aksiya doirasida qayd etilib, hujjatlari sayyor tartibda yetkazib berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

AKSIYA DOIRASIDA ENG YOSHI ULUG' INSONNING TUG'ILISHI QAYD ETILDI

Navoiy viloyatida "Hech kim hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida 94 yoshli Anorxon ayaga tug'ilganlik guvohnomasi topshirildi. Anorxon aya Nurota tumanining olis hududlaridan biri — Qizilcha qishlog'ida istiqomat qilmoqda.

Xatlov mobaynida 1930-yil 1-iyulda tug'ilgan Musurmonova Anor onaning shu kunga qadar tug'ilishi qayd etilmaganligi aniqlandi.

Adliya xodimlarining arizasiga asosan, fuqaroga nisbatan sud qarori asosida yuridik fakt belgilanib, tug'ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berildi.

Shu paytgacha onamning nafaqa pullarini olishga doim qiynalganmiz. Shaxsni tasdiqlovchi hujjati bo'lmagani uchun har oy nafaqa berilishidan avval mahalladan kelib rasmga tushirishib ketishardi. Bugun hujjatlarini qo'lga oldik. Endi mushkulimiz oson bo'ldi, — deydi, onaxonning qizlari Shakaroy Yuzboyeva.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

"Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi davomida amalga oshirilgan ishlar natijasi bilan tanishing.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiya doirasida Qorakoʻl “Muruvvat” nogironligi boʻlgan shaxslar uchun Internat uyida yashayotgan 6 nafar fuqarolarning manfaatida sud orqali tugʻilganlik fakti belgilanib, Qorakoʻl tuman adliya boʻlimi FHDY boʻlimi tomonidan fuqarolarga tugʻilganlik haqidagi guvohnomalar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aksiya

Sirdaryolik fuqaro 15 yoshida tug‘ilganlik haqida guvohnoma oldi


2009-yilda tug‘ilgan sayxunobodlik Ocha Umirzakova ota-onasining e’tiborsizligi tufayli 15 yoshga kirguniga qadar tug‘ilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani ololmagan.

“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida Sayxunobod tumanida o‘tkazilgan xatlov jarayonida yillar davomida yechimsiz qolayotgan ushbu muammo aniqlandi.

Tug‘ilganlik haqidagi guvohnomam bo‘lmaganligi sababli jamiyatda hech qachon o‘rnim bo‘lmasligidan qo‘rqib yashadim. Maktabimizda voleybol bo‘yicha o‘tkaziladigan musobaqalarda faol qatnashaman, biroq hujjatim yoqligi uchun viloyat va respublika miqyosidagi musobaqalarga qatnashish nasib etmagan menga, — deydi Ocha Umirzakova.

Aksiya doirasida adliya va FHDY bo‘limining huquqiy ko‘magi bilan mazkur murojaat ijobiy hal etildi, Ocha Umirzakovaga tug‘ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

“Duv-duv gap” koʻrsatuvining (Milliy TV) kechagi sonidan lavha. Koʻrsatuvga kelgan oilada onaning pasporti yoʻq, farzandlariga ham tugʻilganligi haqida guvohnoma rasmiylashtirilmagan. Shu sababli bolalar maktabga chiqa olmayapti, onalar rasman ishga joylasha olmaydi, ijtimoiy himoya ham ololmaydi…

Adliya vazirligi aralashuvi bilan onaga pasport olishiga koʻmaklashildi, 7 nafar sud tartibida tugʻilganligi qayd etilishiga yordam berildi. Videoda hujjatlarning topshirilishi jarayoni. Endi bolajonlar maktabga borishi, taʼlim olishi va kelajagi oʻzgarishi mumkin.

Ikki oy davom etgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi natijasida koʻplab taqdirlar oʻzgardi.

✔️1 639 nafar bugungi kunga qadar tugʻilishi qayd etilmagan shaxslarga tugʻilganlik haqida guvohnoma berildi;

✔️ 10 314 nafar birga yashab kelayotgan fuqarolarning qonuniy nikohi qayd etildi;

✔️ 4 083 nafar shaxslarga nisbatan sudning qayd etilmagan nikohdan ajratish haqidagi qarorlari roʻyxatdan oʻtkazildi;

✔️ 3 246 nafar bugungi kunga qadar oʻlimi roʻyxatga olinmagan shaxslarning oʻlim qayd etilib, yaqin qarindoshlariga guvohnomalari taqdim etildi;

✔️ 11 357 nafar fuqarolarga ID-kartalar berildi;

✔️ 29 118 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 312 nafar fuqarolarning tadbirkorlik subyektlari qayta davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️24 480 nafar fuqarolarning koʻchmas mulk obyektlari davlat roʻyxatidan oʻtkazildi;

✔️15 817 nafar fuqarolarga yoʻqotilgan hujjatlari oʻrniga takroriy guvohnomalar berildi;

✔️1 049 nafar fuqarolarning tugʻilish va oʻlimi haqidagi yuridik faktlarni tasdiqlash yuzasidan sudlarga arizalar kiritildi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

📣 Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

Aksiya 2024-yil 13-maydan 13-iyungacha davom etadi.

Aksiya doirasida quyidagilar tashkil etiladi:
🔹sayyor qabullar;
🔹mehnat yarmarkalari;
🔹yoshlar bilan uchrashuvlar;
🔹“Yoshlar sayli”;
🔹“Targ‘ibot poyezdi” loyihasi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Namanganda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan eʼlon qilingan aksiya doirasida “Sayyor qabul” va yoshlar bilan muloqotlar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Toʻraqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimi tuman Mahallalar uyushmasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi tuman boʻlimi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 37-sonli umumtaʼlim maktabida otaliqqa olingan yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

Shuningdek, yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi tashkil etilib, mavjud boʻsh ish oʻrinlarida ishlash istagini bildirgan yoshlarning 9 nafariga turli kasb va lavozimlarga yoʻllanmalar rasmiylashtirildi.

Chortoq tumani adliya boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan aksiyada tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan milliy gvardiya tuman boʻlimi, aholi bandligiga koʻmaklashish markazi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi 1-sonli kasb hunar maktabida otaliqqa olingan yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi. Yoshlarni bandligini taʼminlash maqsadida aholi bandligiga koʻmaklashish markazi tomonidan oʻtkazilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasida 4 nafar yoshning bandligi taʼminlashga erishildi.

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi 2024-yilning 13-maydan 13-iyunga qadar davom etadi.

@adliyangiliklari