Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.7K photos
1.42K videos
32 files
5.28K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Bugun, 22-yanvar kuni Adliya vazirligida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari koʻrsatilishida yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish boʻyicha ochiq muloqot oʻtkazildi. Unda 90 nafarga yaqin tadbirkorlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish masalalariga bag'ishlangan seminarlar tashkil etildi

Adliya vazirligi “Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini joylarda ijro etish va belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida bajarish boʻyicha saʼy-harakatlarini kuchaytirdi. Ushbu tashabbus doirasida vazirlik xodimlaridan iborat ishchi guruhlar barcha hududlarda qonun ijrosini oʻrgandi.

Asosiy eʼtibor qonunni amalga oshirishga masʼul davlat tuzilmalarini oʻqitishga qaratildi. Xizmat safarlari davomida mahalliy hokimiyat organlari va tashkilotlar xodimlari uchun maxsus seminarlar tashkil etildi. Mazkur tadbirlar qonunni hayotga tatbiq etishning amaliy jihatlarini tushuntirish, davlat organlari va tashkilotlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida va sifatli taʼminlab borish, shu jumladan xatlov davomida toʻplangan maʼlumotlarni avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, oʻrganish davomida hududlardagi xatlov jarayonlari bilan tanishildi. Xatlov jarayonlari tasdiqlangan reja-jadval asosida amalga oshirish hamda qonunda belgilangan muddatlarga qatʼiy amal qilish lozimligi yuzasidan tushuntirish berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qoraqalpog‘istonda adliya organlari tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi

Shu kunlarda Qoraqalpog‘istonning bir qator tumanlarida Adliya vazirligi mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri hamda boshqa vazirlik va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabullar o‘tkazildi. Asosiy maqsad — joylarda aholini qiynab kelayotgan huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni o‘rganish va ularga qonuniy yechim topishdan iborat.

Xususan, bunday sayyor qabullar Beruniy va Qonliko‘l tumanlarida bo‘lib o‘tdi, ularda yaqin atrofdagi qo‘shni tumanlar aholisi ham ishtirok etdi.

Alohida e’tibor uy-joy va yer masalalari, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros olish, aliment undirish bilan bog‘liq murojaatlarga, shuningdek, mehnat va ijtimoiy huquqlar sohasidagi nizolarga qaratildi. 50 ga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi, ularning ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi, bir qismi joyida hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab qiladigan murojaatlar esa adliya organlari va boshqa davlat tuzilmalariga ish yuritishga qabul qilindi. Fuqarolar sayyor davlat xizmatlaridan ham foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Sayyor qabullarda turli vazirlik va idoralar vakillarining ishtiroki murakkab va idoralararo masalalarni hal etishda tezkorlikni ta’minladi. Har bir holat alohida ko‘rib chiqildi, bu esa amaldagi qonunchilik doirasida samarali yechimlar topishga yordam berdi. Bundan tashqari, fuqarolarga ularning huquqlari, ariza berish va davlat xizmatlaridan foydalanish, ijtimoiy yordam olish tartiblari tushuntirib berildi.

Qabullar davomida to‘plangan ma’lumotlardan mintaqadagi davlat organlari faoliyatini takomillashtirish uchun foydalaniladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Joriy yolning 22—23-yanvar kunlari tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatiladigan davlat xizmatlarining sifatini oshirish, ulardagi muammolarni oʻrganish, sohaga oid muammolar va kamchiliklarni bartaraf etish va takliflar ishlab chiqish boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda joylarda tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi.

Xususan, bu kabi uchrashuvlar Toshkent shahrida, Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida tashkil etildi.

Videoda 👉 Toshkentda oʻtkazilgan tadbir tafsilotlari.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida tashkil qilingan oʻquv seminarida nutq soʻzladi

Joriy yilning 22—24-yanvar kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi va Din ishlari qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Xotin-qizlar oʻrtasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirishning dolzarb masalalari” mavzusida oʻquv seminari tashkil qilindi. Unda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyatlar, Toshkent shahar Oila va xotin-qizlar boshqarmalari, tuman (shahar) boʻlimlari rahbarlari ishtirok etdi.

Bir qator davlat organlari rahbarlari qatorida seminarda adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev “Oila mustahkamligini taʼminlashda noqonuniy nikohlarning oldini olish, mediatsiya xizmatini tashkil etish” mavzusida taqdimot qildi. Ta'kidlangandek, bugungi kunda 10 milliondan ortiq oilalar mavjud, yiliga oʻrtacha 280—285 ming yangi oilalar tuziladi. Yangi oilalar tuzilishida yoshlarning ulushi tobora oʻsib bormoqda.

Shuningdek, oilaviy mediatsiya oʻzaro maqbul yechimlarga erishish va munosabatlarda uygʻunlikni saqlashga qaratilgan nizolarni hal qilishning muqobil usuli sifatida muhim ahamiyat kasb etishi eʼtirof etildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Bugun, 24-yanvar kuni Adliya vazirligi huzuridagi Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi faoliyatini boshqarish kengashining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda jamgʻarma mablag‘laridan maqsadli foydalanish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Muhokama davomida kengash aʼzolari tomonidan jamgʻarmaning 2025-yil uchun ajratiladigan mablagʻlar smetasi tasdiqlandi.

Tasdiqlangan smetaga asosan 2025-yilda jamgʻarma mablagʻlari hisobidan nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalarni moliyalashtirish, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlariga subsidiyalar ajratish, sud ekspertlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish maqsadida, 10 nafar sud ekspertlarini xorijiy mamlakatlarda malaka oshirishini taʼminlash va X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlimlarining moddiy-texnik bazasini yangi zamonaviy uskuna va jihozlar bilan taʼminlash xarajatlari uchun mablagʻlar ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, sud-ekspertlik sohasini yanada raqamlashtirish va sud ekspertizasini oʻtkazish jarayonlarida “E-ekspertiza” axborot tizimini joriy etish (integratsiya qilish)ga mablagʻlar ajratilishi belgilandi.

Bu esa oʻz navbatida, sud ekspertizalarini oʻtkazishga sarflanadigan vaqtni qisqarishiga, xulosalarini rasmiylashtirishda ortiqcha qogʻozbozlik, pochta xarajatlari va byurokratik holatlarni barham berilishiga va ekspertiza tayinlovchi xodim bilan ekspert oʻrtasida bevosita aloqa yuzaga kelishi oldi olinishiga, shuningdek davlat sud-ekspertiza muassasalari va sud-tergov organlari oʻrtasida elektron hamkorlik yoʻlga qoʻyilishiga xizmat qiladi.

Tadbir yakunida jamgʻarma faoliyatini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan Adliya vazirligi huzurida Sud-ekspertlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tashkil etilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ijro intizomi - samaradorlik omili

Adliya vaziri o‘rinbosari Sh.Rabiyev va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi mas’ullaridan iborat respublika ishchi guruhi a’zolari tomonidan Andijon viloyat hokimligi majlislar zalida “Ijro intizomi – samaradorlik omili” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Unda viloyatdagi korxona va tashkilotlarda ijro intizomiga mas’ul xodimlar videokonfrensaloqa shaklida shahar va tumanlar hokimliklaridan mas’ullar ishtirok etdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi ishchi guruhi Sirdaryoda

Vazirlikning vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi va tuman adliya boʻlimlari masʼullari ishtirokida faoliyat samaradorligini yanada oshirish, ishlarni tizimli tashkil etish masalalarida amaliy seminar oʻtkazildi.

Tadbirda har bir soha boʻyicha faoliyat koʻrsatkichlari (KPI)ga erishish samaradorligini oshirish, ijro va mehnat intizomini yanada kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida sogʻlom muhitni shakllantirish, ularning kasbiga boʻlgan sadoqatini va adliya qadriyatlariga boʻlgan hurmat hissini yanada oshirish masalalari ham muhokama qilindi.

Seminarning asosiy maqsadi faoliyat koʻrsatkichlarini “Sirdaryo tajribasi” asosida tahlil qilish va strategik rejalashtirish, 2025-yil uchun koʻrsatkichlarning nominal mezonlarini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif ishlab chiqish hisoblanadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Sirdaryoda davlat xizmatlari markazlari uchun amaliy seminar tashkil etildi

Hozirda davlat xizmatlari markazlarida bir kunda oʻrtacha 100 ming fuqaroga xizmat koʻrsatilib kelinmoqda.

Aholi ehtiyojlaridan kelib chiqib, ortiqcha ovoragarchilikka yoʻl qoʻymaslik va qogʻozbozlikni oldini olish maqsadida “Adliya QR” tizimi ishlab chiqilib, bu orqali fuqarolar ariza berish, uni yuklab olish, elektron hujjatlarni operatorga yuborish hamda uni baholash kabi afzalliklar yaratildi.

Seminarda masʼullarga ushbu qulaylikning ijobiy tomonlari, fuqarolarga faol targʻib qilish va ular tomonidan keng foydalanilishini yoʻlga qoʻyish yuzasidan amaliy koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Aholining huquqiy muammolari oʻrganilmoqda

“Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida Sirdaryo tumani “Oqibat” mahallasida vazir kotibiyati boshligʻi A.Sarabekov rahbarligidagi ishchi guruhi tomonidan aholining huquqiy muammolari oʻrganildi.

Tashkil qilingan sayyor qabulda 120 nafardan ortiq fuqaro ishtirok etib, shundan 38 nafarining murojaati joyida hal etildi, 20 dan ziyod murojaat ish yurituviga qabul qilindi, 60 nafariga tushuntirish va huquqiy hujjat loyihasi tayyorlab berildi.

Tadbirda FHDY, “Madad”, notarius, advokat, tijorat banklari tomonidan maslahat burchaklari tashkil qilinib, aholining kundalik hayotidagi muammoli masalalari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, gaz va elektr taʼminoti korxonalari tomonidan sohadagi yangiliklar targʻib qilindi.

Aholi bandligiga koʻmaklashish maqsadida tashkil etilgan mehnat yarmarkasida 10 nafar fuqaroga doimiy ishlash uchun “Inter Milk” MCHJga yoʻllanma berildi, 5 nafar fuqaro “Guliston Ishga Marhamat” monomarkaziga oʻqish uchun yuboriladigan boʻldi. Aholiga 50 turdan ziyod davlat xizmat koʻrsatildi.

Shu bilan birga, tashkil qilingan tibbiy koʻrikda 320 nafar fuqaroning salomatligi nazoratdan oʻtkazilib, ambulator va statsionar davolanish uchun yoʻllanmalar berildi. Tibbiy koʻrik davomida 199 nafar fuqaro sil kasalligi boʻyicha rentgen, EKG, UZI tekshiruvidan oʻtkazildi.

Bundan tashqari, ishchi guruhi tomonidan aholining huquqiy muammolari uyma-uy yurib oʻrganildi hamda “Oqibat”mahallasi yettiligi bilan qonunchilikdagi yangiliklar, ularning faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish masalalarida suhbat oʻtkazildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM