#Adliya_xabari
Andijon viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi idoralarining soʻnggi uch yil davomidagi faoliyati sarhisob qilindi.
Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan Andijon viloyati adliya boshqarmasi hamda uning tizimidagi adliya organlari va muassasalarining oʻtgan 3-yil davomidagi faoliyati muhokama qilindi.
Taʼkidlangandek, hisobot davrida mahalliy davlat hokimiyati organlarining 499 ta normativ tusdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilgan, 3 604 ta normativ-huquqiy hujjatlar davlat hisobiga olingan.
Oʻtkazilgan oʻrganishlarda 417 667 ta qonunbuzilishi holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish boʻyicha 4 922 ta taqdimnoma hamda ularga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan 9 064 ta ogohnoma kiritilgan. Kiritilgan taqdimnomalar natijasida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari foydasiga 548 mlrd 406 mln soʻmdan ortiq miqdorida pul mablagʻlari undirib berilgan. Sudlarga kiritilgan 38 mlrd soʻmdan ortiq 1 166 ta daʼvo arizalari qanoatlantirilgan.
Yigʻilishda amalga oshirilgan ishlar ijrosi, tizimda erishilgan yutuqlar barobarida muammo va kamchiliklar tahlil qilindi. Ularga barham berish hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar belgilab olindi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi
👉Batafsil

Adliya vaziri Sirdaryoda
Akbar Toshqulov “Huquqiy mahalla” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo tumanidagi “Navoiy” mahallasida bo‘lib, tuman adliya bo‘limining taqdimoti bilan tanishdi.
Shuningdek, “mahalla yettiligi” bilan qonunchilikdagi yangiliklar, ularning faoliyatiga metodik yordam koʻrsatish masalalarida suhbatlashib, aholining huquqiy muammolarini hal etish borasida kelgusida birgalikda bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar belgilab olindi.
Uchrashuv davomida “Sirdaryo tajribasi” asosida adliya bo‘limi faoliyatida samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishish uchun ishlarni to‘g‘ri va samarali tashkil etish yuzasidan zarur ko’rsatmalar berildi.
Shuningdek, adliya vaziri Guliston shahar adliya bo’limining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Hamkorlik memorandumi imzolandi
Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Maqsad — qonunchilikni takomillashtirish, qonun ijodkorligi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, fuqarolarning huquqiy madaniyatni oshirishdir.
Hamkorlik doirasida bir nechta yoʻnalishlar belgilab olindi. Jumladan, qonun loyihalarini ishlab chiqish, nazorat-tahlil tadbirlarini oʻtkazish, qonun ijodkorligi sohasida xorijiy mamlakatlar tajribasini oʻrganish va ilgʻor tajribani milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash kabi masalalarda hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.
Shu bilan birga, oʻzaro manfaatli dolzarb yoʻnalishlarda konferensiya, seminar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni tashkil etish rejalashtirilgan.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi
📌 Kanalga ulanish
Hududiy adliya organlari tizimida yilning eng yaxshi xodimlari aniqlandi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligida BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun, 26-fevral kuni adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinma rahbari Matilda Bogner bilan uchrashdi.
Uchrashuvda adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarga soʻngi yillarda mamlakatimizda inson huquqlari va va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ushbu islohotlarda BMT Inson huquqlari boʻyicha Oliy komissari Boshqarmasining Markaziy Osiyo boʻyicha mintaqaviy boʻlinmasining oʻrni haqida gapirib oʻtdi.
Shuningdek, BMT Inson huquqlari boʻyicha kengashining universal davriy hisoboti doirasida Oʻzbekiston Respublikasining davriy hisobotini koʻrib chiqish yakunlari boʻyicha tavsiyalari muhokama qilindi.
Ushbu davriy hisobot doirasida Oʻzbekistonda erishilgan yutuqlar hamda fuqarolik jamiyati institutlarining erkin faoliyati borasida amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy kafolatlari, zamonaviy demokratik talablarga va xalqaro standartlarga javob beradigan normativ-huquqiy baza takomillashtirilganligi natijasida bugungi kunga kelib inson huquqlari va demokratik qadriyatlarni himoya qilish, taʼlim, tibbiyot, madaniyat va boshqa sohalarda qariyb 10 mingta nodavlat notijorat tashkilotlar erkin faoliyat yuritayotgani qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar BMTning tegishli qoʻmitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda Oʻzbekistonning inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida hamkorlikni davom ettirishga kelishib olishdilar.

Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʻyicha xalqaro ekspertlar ishtirokida seminar tashkil etildi
15-fevraldan intellektual mulk huquqiga rioya qilish, kontrafaktga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirishga qaratilgan “Kontrafaktsiz oy” oyligiga start berilgan.
Uning doirasida 25–26-fevral kunlari kontrafaktga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari, xususan, adliya, bojxona, soliq organlari va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlarining kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʻyicha bilim va tajribalarini oshirish maqsadida xalqaro ekspertlar jalb qilingan holda seminar oʻtkazildi.
Tadbirda “React” xalqaro kontrafaktga qarshi kurashish tashkiloti ekspertlari, “Panasonic” brendi vakillari hamda “Settle” advokatlik firmasi mutaxassislari ishtirok etdi.
Seminarda intellektual mulk huquqini buzganlik boʻyicha yetkazilgan zararni qoplash, kontrafakt mahsulotlarni tezkorlik bilan aniqlash boʻyicha master-klass oʻtkazilib, huquqbuzarlik ashyolarini olib qoʻyish hamda bojxona va politsiya organlarining kontrafaktga qarshi kurashish, shuningdek, Qozogʻiston Adliya vazirligining intellektual mulk huquqini himoya qilish amaliyoti haqida axborot berib oʻtildi.

Adliya vazirligi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi va “Madad” NNT bilan hamkorlikda “Aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatish: milliy va xalqaro tajriba” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.
Konferensiyaning maqsadi — aholiga bepul yuridik yordam koʻrsatishning amaldagi holati, milliy va xalqaro tajriba, amaliyotdagi muammolar, qonunchilikdagi boʻshliqlar hamda ularni bartaraf etish yoʻllari hamda takliflarni muhokama qilishdan iborat.
Konferensiyada 20 dan ortiq sohaga aloqador vazirlik va idoralar masʼullari ishtirok etishdi hamda konferensiya konstruktiv muloqot va munozaralarga boy formatda boʻlib oʻtdi.

MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashi ishchi guruhining yigʻilishi boʻlib oʻtdi
MDHga aʼzo davlatlar Adliya vazirlari kengashi ishchi guruhining navbatdagi onlayn yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda Armaniston, Belarus, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston, MDH Ijroiya qoʻmitasi kotibiyati hamda Belarus Notarial palatasi vakillari ishtirok etdi.
Yigʻilishda Oʻzbekiston Adliya vazirligining tashabbusiga koʻra ishlab chiqilgan hamda 2024-yilda Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan MDH adliya vazirlari kengashining 18-majlisida maʼqullangan MDHga aʼzo davlatlar adliya vazirliklari oʻrtasida yagona elektron axborot almashinuvi tizimini yaratish boʻyicha konsepsiyasi loyihasi takomillashtirildi.
Jumladan, konsepsiya yuzasidan Rossiya, Belarus, Qirgʻiziston va boshqa davlatlarning mulohazalari eshitildi hamda oʻzaro fikr almashildi. Ekspertlar ushbu elektron axborot tizimi orqali MDHga aʼzo davlatlar adliya vazirliklari oʻrtasida huquqiy yordam koʻrsatish, notariat va FHDY masalalari boʻyicha oʻzaro hujjatlar almashish imkoniyatini yaratish zamon talabi ekanligini taʼkidlashdi.
Tomonlar konsepsiyada nazarda tutilgan masalalarning tashkiliy va texnik jihatlari bilan bogʻliq masalalarni hal etishga qaratilgan Harakatlar rejasini ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Oliya Majlis Senatida mahalliy Kengashlarning mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyalari, mahalliy Kengashlar kotibiyatlari xodimlari, vazirlik va idoralar mutasaddilari ishtirokida “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyatini tushuntirish yuzasidan seminar oʻtkazildi.
Seminarda fuqarolar hamda tadbirkorlik subyektlariga tegishli boʻlgan bino va inshootlar joylashgan yer uchastkalari olib qoʻyilishi munosabati bilan mulkdorlarning qonuniy huquq va manfaatlari kafolatlarini yanada mustahkamlashni taʼminlash hamda shu munosabat bilan yetkazilgan zararlarni qoplashda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha Adliya vazirligi va boshqa tashkilotlar vakillarining axborotlari eshitildi.
Muhokamada mahalliy Kengashlarning yer uchastkasini olib qoʻyish toʻgʻrisidagi qaror loyihalari “E-qaror” yagona elektron tizimi orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va uning natijasi boʻyicha tegishli huquqiy xulosalar berilishiga alohida eʼtibor qaratishlari zarurligi taʼkidlandi.
Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish boʻyicha yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarning oldini olish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.