Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Guliston tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi

Guliston tuman adliya boʻlimining yangi binosi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi arafasida foydalanishga topshirilgan edi.

Yangi binoda adliya, davlat xizmatlari markazi, FHDY, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, “Madad” NNT bir tom ostidafaoliyat yuritmoqda.

Vazir oʻrinbosari dastlab davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, kichik kutubxona, Wi-Fi hudud, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.

Shundan soʻng, tizim xodimlari bilan muloqot qilinib, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash va onlayn mahalla platformasi orqali kelib tushgan huquqiy muammolarni bartaraf etish, bu borada “mahalla yettiligi” bilan doimiy hamkorlik qilish zarurligi taʼkidlandi.

Uchrashuv mobaynida davlat va huquqiy xizmatlar sifatini yanada oshirish yuzasidan xodimlarning takliflari tinglanib, zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Hujjatlar qayta tiklandi

Namangan viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlar ishtirokida Uychi tumani “Dehqon” MFYda oʻtkazilgan sayyor qabulda “Boʻston” mahallasida yashovchi fuqaro Shoira Asqarova viloyat adliya boshqarmasi boshligʻiga murojaat qilib, yashash xonadoni yonib ketganligi sababli oila aʼzolarining shaxsga doir hujjatlarini qayta tiklashda amaliy yordam soʻragan edi.

Uychi tuman adliya boʻlimi xodimlari tomonidan fuqaro Sh.Asqarova hamda uning oila aʼzolariga tegishli 5 ta tugʻilganlik haqidagi guvohnoma va nikoh guvohnomasi qayta rasmiylashtirib berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#milliy_xotira #adliya

“Adliya vazirligining rivojlanish tarixi”


Adliya vazirligi va “O‘zarxiv” agentligi hamkorligidagi "Milliy xotira" loyihasi doirasida “O‘zarxiv” agentligi hamda “ADOLAT” milliy huquqiy axborot markazi mahsuloti — “Adliya vazirligining rivojlanish tarixi” nomli tizim boshdan kechirgan o‘zgarishlar haqida videorolik.

—-
✔️ “O‘zarxiv” agentligining rasmiy sahifalari:
Telegram | Instagram | Facebook | OK | YouTube
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyevning Sirdaryo viloyatida xizmat safari Boyovut tumanidagi “BOYOVUT COTTON TEXTILE” masʼuliyati cheklangan jamiyati qoshidagi ip yigiruv korxonasi faoliyatini oʻrganish bilan davom etdi.

Adliya masʼullari korxonada ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish, aholi bandligini taʼminlash boʻyicha taklif va rejalari oʻrganilib, zarur tavsiya va tushunchalar berildi.

Shundan soʻng Boyovut tuman adliya boʻlimi faoliyati oʻrganilib, xodimlar bilan muloqot qilindi.

Davlatimiz rahbarining 2024-yil 24-maydagi farmoni ijrosini tashkil qilish, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarni aniqlash, “Onlayn mahalla” tizimiga kiritilgan huquqiy muammolarni bartaraf etish va bu borada “mahalla yettiligi” bilan doimiy ishlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.

Vazir oʻrinbosari Boyovut tumanidagi “Ibrat” mahallasida tashkil etilgan “Adliya kuni” tadbirida ishtirok etdi hamda sayyor qabul oʻtkazdi.

Tadbirda “Ibrat”, “Navroʻz”, “Maʼnaviyat”, “Farhod” mahallalaridan kelgan fuqarolar oʻz muammolari bilan vazirlik masʼuliga murojaat qilishdi.

Sayyor qabul davomida 30 ga yaqin fuqarolarning kadastr, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari masʼullar tomonidan koʻrib chiqildi.

Qabul davomida 5 nafar fuqarolarning murojaatlari joyida hal etildi, 10 nafar fuqarolarga muammolarining huquqiy yechimlari tushuntirildi, qolgan 10 dan ortiq murojaatlar ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi nazoratga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Sud ekspertiza sohasi boʻyicha davra suhbati oʻtkazildi

Adliya vazirligida sud, prokuratura, ichki ishlar organlari, davlat sud-ekspertiza muassasalarining masʼul mutaxassislari, advokatlar va boshqa tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida “Sud ekspertiza sohasida 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar va kelgusidagi vazifalar” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Tadbirda Oʻzbekistonda davlat sud-ekspertlik muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan xorijiy davlatlarning tajribalari asosida fikr va mulohazalar bildirildi.

Jumladan, sohani yanada rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun va“Sud-ekspertlik faoliyatini takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori loyihalarida nazarda tutilgan muhim masalalarni amalga oshirish lozimligi qayd etildi.

Bundan tashqari, nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari faoliyatiga oid amalga oshirilgan muhim islohotlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan ham maʼruzalar qilindi.

Ishtirokchilar sud ekspertiza sohasida kelgusida bajarilishi lozim boʻlgan eng muhim va dolzarb ustuvor vazifalar batafsil muhokama qildi.
Sohani yanada takomillashtirish va mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from HUQUQ TA'LIMI
⌛️“Huquq maktabi” tanlovi natijalari aniqlandi.

📜Tanlov shartlariga koʻra ilovaga kamida 20 nafar doʻstlarini jalb etgan hamda ilovadagi oʻquv kurslarni "oltin sertifikat" bilan tugatgan foydalanuvchilar o'rtasida g'oliblar aniqlandi.

🏅Tanlov yakuniy boschiqi elektron tizimda tasodifiy tanlash yoʻli bilan quyidagi foydalanuvchilar gʻolib deb topildi:

– 1-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasini tarqatish boʻyicha – Asilbek Ibroximov;
– 2-yoʻnalish: “Huquq maktabi” mobil ilovasidagi kurslarda ishtirok etish – Jamshidxon Sultonov.

📱Tanlov gʻoliblariga sovg`alar
( iPhone 16 Pro ) Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan topshiriladi.

🎁"Huquq maktabi" mobil ilovasida bundanda ajoyib yangiliklar Sizlarni kutmoqda.

Ilovadan faol foydalaning!

Kanalga ulanish:
👉@huquq_talimi
#Adliya_aralashgach

Kiritilgan taqdimnoma sabab, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berilishi taʼminlandi

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda vakolatli organlarning koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari monitoring qilinib, aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanib kelinmoqda.

Jumladan, Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmati monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan 309 nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berilmaganligi aniqlanib, Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini maʼmuriy reglamentga muvofiq toʻliq qoplab berilishini taʼminlash yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida jami 132 nafar yoshlarning 236 850 000 soʻm miqdoridagi imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda vakolatli organ tomonidan qolgan 177 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tegishli choralari koʻrilmoqda.

❗️Shu bilan birga aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining "Matonat" filmi "Oltin Humo" mukofotiga sazovor bo‘ldi
.

Kuni kecha boʻlib oʻtgan "Oltin xumo – 2024" kinotaqdimotida "Matonat" filmi "Hakamlar hay’atining maxsus sovrini" bilan taqdirlandi.

"Oltin xumo" milliy mukofoti O‘zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan 2019-yildan beri har yili gʻoliblarga taqdim etib kelinadi. Mukofot kino sohasidagi eng yorqin yutuqlarni taqdirlash va oʻzbek kinematografiyasidagi zamonaviy tendensiyalarga haqqoniy baho berish maqsadida ta’sis etilgan.

Ma’lumot uchun: "Matonat" hujjatli filmida denovlik nogironligi bor ayol Dilorom Yoʻldosheva haqida hikoya qilinadi.

Film 2024-yil 18-oktyabr kuni “Kino san’ati saroyi”da premyera qilindi. Filmda Adliya vazirligining "Madad" ijtimoiy-huquqiy loyihasi doirasida Dilorom Yoʻldoshevaning oddiy hunarmanddan tadbirkorga aylanish jarayonlari aks ettirilgan.

Film taqdimotidan soʻng Dilorom Yoʻldosheva BBCning 2024-yilda dunyoning ilhomlantiruvchi va ta’sirli 100 ayoli roʻyxatiga kiritildi.

2024-yil 13-dekabr kuni Dilorom Yo‘ldosheva O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi.

📹 Filmni tomosha qilish: https://www.youtube.com/watch?v=oTCyEmyI1jo

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM