Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari

Davlat xizmatlaridan foydalanish yanada osonlashadi. 5 turdagi davlat xizmatlari proaktiv tarzda hamda 6 turdagi davlat xizmatlari kompozit tarzda koʻrsatish yoʻlga qoʻyilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oʻtkazilgan davra suhbatida umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan huquqiy fanlar tahlil qilish va ularni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, Adliya vazirligida bir necha yo'nalishda taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Adliya vazirligi tizimida jamoaviy hamjihatlik, ahilchilik, ijobiy va sog‘lom muhitni hamda korporativ madaniyatni, shuningdek, xodimlarda adliya qadriyatlariga bo‘lgan sadoqatni va fidoyilikni yanada mustahkamlash, ularga mehnat faoliyati samaradorligini oshirishga ko‘mak bo‘luvchi motivatsion ish sharoitlarini yaratish hamda madaniy xordiq olishlariga shart-sharoitlar yaratish maqsadida xodimlar o'rtasida turli nominatsiyalar bo'yicha so'rvnoma o'tkazildi.

Do'stona ruhda bo'lib o'tgan so'rovnoma natijalariga ko'ra g'olib deb topilgan xodimlarga esdalik sovg'alari topshirildi.

Shuningdek, sport sinovlarining maxsus talablarini bajarganligi uchun Sport vazirligi tomonidan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" ko'krak nishoni topshirilgan Adliya vazirligi xodimlarini ham taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Adliya vazirligi jamoasi quyidagi hamkasblarini tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi!

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Guliston shahar adliya boʻlimi binosining qurilish jarayonlari bilan tanishdi

Guliston shahri aholi soni va hududi jihatdan viloyatdagi katta hududlardan biri hisoblanadi. Shaharda bugungi kunda 98 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Sirdaryo viloyatida xizmat safarini yangi qurilayotgan Guliston shahar adliya boʻlimi binosining qurilish-pardozlash jarayonlari bilan tanishishdan boshladi.

Shahar markazida qad rostlayotgan ushbu bino Adliya vazirligining byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga barpo etilmoqda.

Ayni kunda binoda qurilish jarayonlari yakunlanib, pardozlash ishlari olib borilmoqda.

Vazir oʻrinbosari pardozlash jarayonlari bilan tanishar ekan, adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, FHDY, notarial va FHDY arxivi, notarius va “Madad” NNTning binoda joylashuvini toʻgʻri tashkil qilish, zamonaviy binoda xalqimizga sifatli va har tomonlama qulay boʻlgan sharoitlarni yaratish, foye va xonalarning yorugʻligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Uchrashuvda qurilish va pardozlash ishlarini sifatli amalga oshirish yuzasidan maslahat va koʻrsatmalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Guliston yoshlar texnoparki faoliyati bilan tanishdi

Texnoparkda yoshlarni ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasida faoliyat yuritishga ragʻbatlantirish va ularga zamonaviy koʻnikmalarni oʻrgatish maqsad qilingan boʻlib, markazda sirdaryolik yoshlarning innovatsion loyiha va gʻoyalari yanada rivojlantirib borilmoqda.

Vazir oʻrinbosari texnopark faoliyati bilan tanishib, faoliyatning toʻgʻri yoʻlga qoʻyilganligi, yoshlar uchun zamonaviyy kasb-hunarlarni oʻrganish imkoniyatlari yaratilganligi holatini tahlil qildi.

Texnopark rahbariyati va xodimlari bilan muloqotda IT sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar, biznes gʻoyalarini amalga oshirish uchun inkubatsiya dasturlarini taqdim etish, investorlar bilan hamkorlik yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, zarur taklif va tavsiyalar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning qariyb 400 million soʻmlik mehnat haqi undirildi

“Muhammadjon Porloq qurilish” MCHJ rahbari Jahongir Berdiqulovni buzilgan huquqlari adliya tomon yetakladi. Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor qariyb 400 million soʻmlik bajargan ishlari uchun ish haqini ololmay sarson boʻlgan.

Payariq tuman adliya boʻlimi tadbirkor murojaati asosida olib borilgan oʻrganishlarda Oqdaryo tuman maktabgacha vamaktab taʼlimi boʻlimi 300 million soʻm hamda Qoʻshrabot tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 171 million soʻmlik 2022-yilda va joriy yilda amalga oshirgan ishlari uchun tadbirkorni haqini toʻlamay kelgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tadbirkor manfaatlarida tuman adliya boʻlimi Payariq tumanlararo Iqtisodiy sudi hamda Ishtixon tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Sud ishni koʻrib chiqib, tadbirkor manfaatiga qaror qabul qildi. Toʻlovlar tadbirkorga toʻlanishi taʼminlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Taxiatosh tuman adliya boʻlimi koʻmagi bilan 10 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini olishda amaliy yordam berildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat organlari orasida birinchilardan bo‘lib “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standarti sertifikatini qo‘lga kiritgan edi.

Mazkur standart talabiga asosan, sertifikatni qo‘lga kiritgan tashkilot har uch yilda qayta standartizatsiyadan o‘tkazilishi va qayta sertifikatni qo‘lga kiritishi lozim.

Shunga ko‘ra, Adliya vazirligida “ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi” xalqaro standartini yangidan olish bo‘yicha o‘tkazilgan to‘liq tashqi audit natijasiga ko‘ra joriy yil 26 dekabrda Xalqaro “SERT International” tashkiloti tomonidan vazirlikka sertifikat qayta yangi muddatga topshirildi.

Mazkur qayta sertifikatlashtirish tizimi vazirlik faoliyatining samaradorligi va sifatini oshirish hamda o‘z nufuzini mustahkamlagan holda faoliyatini xalqaro standartlar asosida amalga oshirish va takomillashtirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM