Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

29 yoshli Shakarboy Ravshanov yosh bo‘lsa-da, hayotning achchiq sinovlariga erta duch keldi. Oilaviy muammolar sabab uning tug‘ilganligi vaqtida qayd etilmasdan qoldi va bu uning kelajak hayotiga katta to‘siqlarni yuzma-yuz qo‘ydi.

Ta’lim, ishga joylashish, boshqa huquq va imkoniyatlar eshigi uning uchun yopiq edi. Chunki unda tug‘ilganligini rasman tasdiqlovchi biror bir hujjat, hatto arxiv ma’lumotlar ham saqlanmagan. Tashkilotlar eshigi oldida sarson bo‘lgach u adliyaga murojaat qildi.

Payariq tuman adliya bo‘limi uning manfaatida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Payariq tumanlararo sudiga ariza kiritdi va sud adliya bo‘limining arizasini qanoatlantirdi. Tuman 1-son FHDY bo‘limi sud qarori asosida tug‘ilganlik guvohnomasi rasmiylashtirib berdi. Shakarboyga pasport olishda ham amaliy ko‘mak berildi. Bugungi kunda u yaxshi kasbni etagini tutgan.

🖥 Каналга уланиш
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Manzilli ravishda oʻtkazilayotgan huquqiy oʻrganishlar odamlarga yopiq boʻlgan koʻplab imkoniyatlar eshiklarini ochmoqda. Xususan, Payariq tuman adliya boʻlimining “Juvozxona” mahallasidagi huquqiy oʻrganishlarida fuqaro Mohira Abdiyeva kenja farzandi 7 yoshga toʻlgani, ammo maktabga qabul qilinmayotganini maʼlum qilgan.

Oʻrganishlarda fuqaro bundan yetti yil muqaddam pasportini yoʻqotgani, moliyaviy muammolar bois, bolaga tugʻilganlik guvohnoma ololmagani aniqlandi.

Adliya boʻlimi homiylarni jalb qilgan holda ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda fuqaroga pasport olishda koʻmaklashdi va shundan soʻng bolaga tuman 1-son FHDY boʻlimi tomonidan guvohnoma rasmiylashtirildi. Fuqaroning farzandi bugun tengqurlari kabi maktabda taʼlim olmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Sergeli tumanida uyi yonib ketgan ayolning farzandlari va o’zining hujjatlari tiklab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi natijasida 3 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Kosonsoy tuman adliya boʻlimi tomonida mahallalarda uyma-uy oʻrganishlar olib borilgan. Mazkur oʻrganishlar davomida Kosonsoy tumanida yashovchi Qodirjon Nasriddinov, Sevaraxon Mirzayeva, Karimaxon Ortiqovaning fuqaroligi yoʻqligi aniqlandi.

Fuqarolarning murojaati asosida oʻrganishlar olib borildi. Oʻrganishlar yakuni boʻyicha toʻplangan hujjatlar Fuqarolik ishlari boʻyicha Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudiga kiritilishi natijasida 3 nafar fuqaroning 20 yildan ortiq Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik fakti belgilanib, Kosonsoy tuman Ichki ishlar boʻlimi migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi tomonidan 3 nafar fuqaroga Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolik pasporti topshirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning 6 nafari adliya himoyasida oʻz haq-huquqini tikladi. Ish sudga koʻchguncha, sobiq xodimlar mehnatga haq toʻlashdagi huquqbuzarlikni anglab tuman adliya boʻlimiga murojaat qoldirgan.

Adliya idorasi mahallalarda harbiy hisobni yurituvchi sobiq xodimlarning manfaati himoyasida mahalla uyushmasi tuman boʻlimiga nisbatan sudga daʼvo arizasi kiritdi va ijobiy natijaga erishdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Muhammadxon ota 70 yoshida tugʻilganlik guvohnomasini oldi


👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan bir oilaning muammosi oʻz yechimini topdi

Mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimi tubdan takomillashtirilib, fuqarolarning bu boradagi huquq va manfaatlari taʼminlab kelinmoqda.

Xususan, Maftuna Milibayeva Yangi Namangan tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimiga murojaat qilib, 1998-yilda tugʻilganligini, 26 yoshga yetgan boʻlsa-da hozirga qadar tugʻilganlik guvohnomasi olmaganligini, bu borada bir necha marotaba davlat idoralariga murojaat qilganligini, biroq murojaati ijobiy yechim topmaganligini bayon qilib, bu borada amaliy yordam berishni soʻragan.

Uning murojaatiga asosan, kerakli maʼlumotlarni olish maqsadida tashkilot va muassasalarga aloqa xati bilan murojaat qilindi. Barcha maʼlumotlar olinib, M.Milibayevaning tugʻilishi qayd etildi.

Tugilishi qayd etilib tugʻilganlik guvohnomasi berilgandan soʻng, fuqarolik pasporti olishda amaliy yordam koʻrsatildi. Unga fuqarolik pasportini olingandan keyin, 2018, 2020 va 2022-yil tugʻilgan farzandlari ham tugʻilishi qayd etilib, guvohnomalari berildi. Shu bilan bir oilaning 4 nafar aʼzosini yillar davomida qiynab kelayotgan muammoga barham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 1 ming 162 nafar xodimning konstitutsiyaviy huquqi tiklandi


Xususan, Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasi xodimlari oylik ish haqi toʻlovlarini oʻz vaqtida berilmayotganligi hamda huquqlarini tiklanishida amaliy yordam berishni soʻrab Fargʻona viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida monitoring oʻtkazilganda, boshqarmaning 1 ming 162 nafar xodimlariga haqiqatan ham ishlangan kunlari uchun oylik ish haqlari toʻlanmasdan, qonunchilik talablari buzilganligi oydinlashdi.

Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 42-moddasiga asosan har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq toʻlashning belgilangan eng kam miqdoridan kam boʻlmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek, ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Yuqoridagilarga asosan, Sirdaryo-Soʻx irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi huzuridagi nasos stansiyalari va energetika boshqarmasiga qonun buzilish holati yuzasidan taqdimnoma kiritildi hamda uning natijasi boʻyicha tashkilotning 1ming 162 nafar xodimlariga haqiqatda ishlangan kunlari uchun 1 mlrd 676 mln soʻm oylik ish haqlari toʻlab berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan fuqaroning muammosiga yechim topildi

Kosonsoy tuman adliya boʻlimiga fuqaro T.Norboyev ariza bilan murojaat qilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tuman boʻlimi Pensiya va nafaqalar tayinlash komissiyasining shu yilning
1-maydagi 33-sonli qarorini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

11 yil kutgan onaning orzusi roʻyobga chiqdi

Beruniy tumanidagi bir onaning 11 yillik muammosi nihoyat oʻz nihoyasiga yetdi. Oʻz farzandlarining tugʻilganligini rasmiy qayd ettirish orzusida yillab sarson boʻlgan ona muammosi Beruniy tuman adliya boʻlimining koʻmagi bilan hal qilindi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM