Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.36K videos
32 files
5.09K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Intellektual mulk sohasida mediatsiyani joriy etish yuzasidan xalqaro hamkorlik yoʻlga qoʻyilmoqda

Adliya vazirligi va Butunjahon intellektual mulk tashkiloti vakillari oʻrtasida uchrashuv tashkil etildi. Unda vazirlik xodimlari bilan bir qatorda Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent mediatsiya markazi masʼullari ham ishtirok etdi.

Asosiy maqsad — Oʻzbekiston intellektual mulk sohasida nizolarni mediatsiya usulida hal etish boʻyicha mustahkam tartib-taomillarni yoʻlga qoʻyishdir.

Uchrashuv davomida mahalliy mediatorlarning Butunjahon intellektual mulk tashkiloti akademiyasida malakasini oshirish, xorijiy ekspertlar ishtirokida oʻquv-treninglarini tashkil etish hamda sohaga oid ilgʻor xorijiy nashrlarni oʻzbek tiliga tarjima qilish kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Toshkent mediatsiya markazi hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining Arbitraj va mediatsiya markazi oʻrtasida intellektual mulk sohasida nizolarni mediatsiya usulida hal etish boʻyicha hamkorlikni yoʻlga qoʻyish yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Millionlab fuqarolar kutgan qonun bugundan kuchga kirdi

Joriy yilning 8-noyabr kunidan boshlab «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar
va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida»gi Qonun rasman kuchga kirdi.

Yaʼni, bugundan boshlab tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda kadastr xodimlari tomonidan xatlov ishlari boshlanadi.

🔖Ushbu jarayonlarga oid eng muhim 7 ta tavsiyalar:

1️⃣ shoshmashosharlik bilan kadastr yoki hokimiyatga murojaat qilmang;

2️⃣ hujjatsiz yerlarga nisbatan tegishli hujjatlarni pul evaziga turli yoʻllar bilan rasmiylashtirib berishni taklif etadigan “firibgarlar”ga aldanib qolmang, bu kabi holatga duch kelgan taqdiringizda huquqni muhofaza qiluvchi organlariga darhol xabar bering;

3️⃣ mahallalarda xatlov oʻtkazish boʻyicha reja-jadval bilan tanishib chiqing hamda sizning mahallangizda xatlov oʻtkaziladigan sana haqida xabardor boʻling;

🖥 Reja jadval bilan Kadastr agentligining rasmiy veb-sayti orqali https://kadastr.uz/uz/etirof-etish-reja-jadvali?region=1726&district=1726277 tanishishingiz mumkin.

4️⃣ xatlov oʻtkaziladigan kunlarda imkon qadar xonadoningizda boʻlishga harakat qiling hamda vakolatli tashkilotlarning xodimlariga joyiga chiqib oʻrganishda shart-sharoit yaratib bering;

5️⃣ maʼlumotlar jamoatchilikka eʼlon qilinganda ular bilan tanishib chiqing hamda eʼtirozingiz mavjud boʻlganda 1 oy muddatda tegishli tashkilotlarga shikoyat qiling;

6️⃣ yer va mulk soligʻi boʻyicha qarzdorligingiz mavjud boʻlsa, ularni toʻlash choralarini koʻring;

7️⃣ Sizga oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va binolarga nisbatan huquqlarni eʼtirof etish maqsadga muvofiq deb topilganligi toʻgʻrisida xabarnoma kelgandan soʻng, belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bir martalik toʻlovlarni toʻlang.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) vakillari bilan uchrashdi.

Tomonlar samarali va barqaror siyosatlarni yaratishda hamkorlik qilish, maʼlumotlar va dalillarga asoslangan tartibga solish yondashuvlarini rivojlantirish, tartibga solish taʼsirini baholash mexanizmlarini takomillashtirish yoʻnalishidagi ikki tomonlama munosabatlarni muhokama qildilar.

Adliya vaziri oʻrinbosari mehmonlarni vazirlik tomonidan amalga oshirilgan ishlar va bu yoʻnalishdagi istiqbolli loyihalar bilan tanishtirdi. Taʼkidlanganidek, Prezident farmoniga binoan tashkil etilgan, 30 nafardan ortiq xodim faoliyat yuritadigan Qonunchilikni tahlil qilish va tartibga solish taʼsirini baholash instituti tufayli Adliya vazirligining tahliliy salohiyati sezilarli darajada kuchaydi. Mazkur institut vazirlikni chuqur tahliliy va ilmiy-tadqiqot koʻmagi bilan taʼminlaydi, bu esa qabul qilinayotgan qarorlarning asosliligini oshiradi.

Uchrashuv doirasida IHTTning Oʻzbekistondagi davlat boshqaruvi boʻyicha sharhida taqdim etgan tavsiyalari va ularni amaliyotga joriy etish boʻyicha hamkorlik masalalari koʻrib chiqildi.

IHTT vakillari Adliya vazirligi tomonidan qonun ijodkorligi faoliyati samaradorligini oshirish va qonunchilik hujjatlari sifatini yaxshilash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning koʻlami va samaradorligini eʼtirof etdilar.

Kelgusidagi hamkorlik yoʻnalishlari muhokama qilinib, jumladan tartibga solish taʼsirini baholash sohasida IHTTning ekspertlari tomonidan koʻmak koʻrsatilishiga kelishib olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov Ashxobodda “Markaziy osiyoda fuqarosizlikka barham berish” mavzusida vazirlar konferensiyasida ishtirok etdi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi Inson resurslari boshqarmasi boshligʻi Sh.Kuchkarov va tizimda korrupsiyaga qarshi kurashish boʻlimi boshligʻi J.Uzakov 4—7-noyabr kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahardagi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari bilan uchrashdi.

Muloqotlar davomida sohada mavjud tizimli muammolar va ularni bartaraf etishga oid belgilangan choralar, korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik hamda unga qarshi kurashish, xodimlarining mehnat intizomi va odob-axloq qoidalariga rioya etishi, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga doir masalalar muhokama qilindi.

Bundan tashqari, mehnat jamoasining ishchanlik kayfiyati va ish jarayonidagi muammolarini aniqlash, ularni bartaraf etish hamda ish unumdorligini oshirishga doir chora-tadbirlar belgilab olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM