Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.15K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Navoiy viloyatida boʻlib turibdi. Maqsad aholining huquqiy muammolarini manzilli oʻrganish, “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishish hamda huquqiy xizmatlar sifatini tahlil etishdan iborat.

Dastlabki manzil Nurota tumani boʻldi. Hududdagi “Gʻofur Gʻulom” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv tashkil etildi.

Aytib oʻtish kerak, oʻzining turizm salohiyati, kashtalari bilan elda mashhur boʻlgan Nurotada bugungi kunda 31ta mahalla bor, aholi soni 90 mingga yaqin. Nurotaliklarning asosiy masalasi bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va kommunal toʻlovlar bilan bogʻliq.

“Gʻafur Gʻulom” mahallasida esa ayni paytda 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Oilalar soni 686 tani tashkil etib, ulardan 168 tasi kam taʼminlanganlar roʻyxatiga kiritilgan.

Muloqot davomida aholini qiynayotgan masalalar, “Online mahalla” platformasida samarali ishlash, huquqiy masalalar yechimida unikal yondashuvlar eʼtibor markazida boʻldi.

Shuningdek, vazir “Chashma” tarixiy qadamjosi va madaniy meros obyektlari faoliyati bilan tanishib, sektor masʼullari bilan muloqot oʻtkazdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📣 “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovi oʻtkaziladi

Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga kirishni istaysizmi? Unda “Boʻlajak adliya xodimi” tanlovida oʻzingizni sinab koʻring!

Tanlovda kim ishtirok etishi mumkin?

Toshkent davlat yuridik universitetining “Yurisprudensiya” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan, umumiy oʻzlashtirish koʻrsatkichi oldingi oʻquv semestri davomida 86 va undan yuqori foizni tashkil etgan hamda adliya tizimida faoliyat olib borish istagi boʻlgan 4-kurs talabalari tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 2 bosqichdan iborat:
▫️ saralash bosqichi (har bir fakultet doirasida);
▫️yakuniy bosqich (TDYU doirasida).

Tanlovda ishtirok etish uchun hujjatlar 1—10-noyabr kunlari qabul qilinadi.

📎Tanlovda qatnashish uchun talabgorlar tomonidan har bir fakultet doirasida tashkil etilgan Tanlov komissiyalariga quyidagi hujjatlar topshiriladi:
▫️ariza;
▫️talabgorning shaxsiy varaqasi;
▫️talabgorning tanlov oʻtkazilishidan oldingi oʻquv semestri (6-semestr) oʻzlashtirish koʻrsatkichlari (transkript).

❗️Saralash bosqichi test va taqdimot shartlari asosida amalga oshiriladi. Yakuniy bosqich test, kazus (muammoli vaziyatga yechim) va blits savol-javob shartlari asosida oʻtkaziladi.

Tanlov natijalariga koʻra, I, II va III oʻrinlarni egallagan hamda tegishli nominatsiyalarga ega boʻlgan ishtirokchilar Adliya vazirligining ishga qabul qilish boʻyicha maxsus komissiyasi xulosasi asosida tanlovsiz vazirlik tizimiga ishga qabul qilinadi.

🖥 Roʻyxatdan oʻtish

👉Tanlov nizomi

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishildi


Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar davomida ishlab chiqarish korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Nurota tumanidagi “Trade production international” MCHJ marmar va granit plitkalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Uning umumiy qiymati 5 million dollar. Mazkur tadbirkorlik subyekti bugungi 120 metr kub mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega.

“Primer textile” masʼuliyati cheklangan jamiyatida hozirda 500 nafardan ortiq xotin-qiz mehnat qilmoqda. Bu yerda maxsus liboslar va bolalar kiyimlari eksporti yoʻlga qoʻyilgan.

Adliya vaziri muloqot davomida bank-kredit, soliq va shartnomaviy munosabatlarga oid masalalar bilan tanishib huquqiy tavsiyalar berdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Maxsus reportaj | Prezident qarorlari – hayotda va nazoratda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Biz_birgamiz

“Maftunkor ranglar jilosi” 6-respublika rasmlar tanlovi va shaxmat boʻyicha musobaqa oʻtkazildi

Bugun, 30-oktabr kuni “Biz birgamiz!” loyihasi doirasida Adliya vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyati hamda Oliy Majlis huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi bilan hamkorlikda 7 yoshdan 17 yoshgacha boʻlgan nogironligi bor bolalar uchun rasm chizish tanlovi va shaxmat musobaqasi oʻtkazildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 30-oktabr kuni Adliya vazirligida Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Ilmiy maslahat kengashining dastlabki yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari, Ilmiy maslahat kengashi raisi Sh. Rabiyev tomonidan kengashga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirilishi, rejalashtirilgan ishlar va bugungi kunda dolzarb boʻlgan bir qator masalalarga ilmiy yondashish lozimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, tadbir davomida kengash aʼzolari tomonidan universitetning ilmiy tadqiqotchilarining soha va hududlarga qisqa muddatli stajirovkaga yuborish, ilmiy-amaliy munozaralarni (crowdsourcing) tashkil etish hamda takliflarni taqdim qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Tadbir yakunida kengash yigʻilishida koʻrib chiqilgan masalalar yuzasidan qizgʻin savol-javoblar qilindi va kun tartibidagi masalalarni takomillashtirish boʻyicha taklif va tavsiyalar berildi.

Maʼlumot uchun, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini taʼminlash hamda davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni keng joriy etish maqsadida adliya vazirining tegishli buyrugʻi bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzurida Ilmiy maslahat kengashi tashkil etilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM