Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.15K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Intellektual_mulk

Intellektual mulk departamenti masʼullari yangiyerlik tadbirkorlar bilan uchrashdi

Muloqot davomida sanoat mulki obyektlarini roʻyxatga olish tartibi va intellektual mulk huquqini buzganlik uchun javobgarlik choralarini kuchaytirish maqsadida qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 30-oktabr kuni adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo boʻyicha direktori Yoonas Xeyskanen boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda adliya va huquq sohasida hamkorlik aloqalari hamda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi tashabbuslar muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari M. Ikramov delegatsiya vakillariga soʻngi yillarda adliya va huquq sohasida Oʻzbekiston — Finlyandiya munosabatlarini yanada mustahkamlash boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar haqida soʻzlab berdi.

Jumladan, uchrashuvda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi koʻmagi bilan Adliya vazirligi tomonidan BMT Taraqqiyot Dasturining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda 2023—2025-yillarga moʻljallangan “Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoyasini kuchaytirish” loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar alohida taʼkidlandi.

Y. Xeyskanen, oʻz navbatida Oʻzbekistonda qonun ustuvorligini va inson huquqlari himoya qilish sohasidagi islohotlarni yuqori baholadi. Shu oʻrinda, aholini bepul yuridik yordam bilan taʼminlanganligi hamda ushbu sohasida faoliyat olib boradigan NNTlar faoliyatiga koʻmaklashish fuqarolarni odil sudlovga erishishda muhim rol egallashini taʼkidladi.

Uchrashuv davomida Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilayotgan ishlar Oʻzbekistonda qonun ustuvorligi va inson huquqlarini himoya qilishni mustahkamlashda ijobiy natija berayotganligi va kelgusida ushbu hamkorlikni davom ettirishdan mamnun ekanliklari bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

📣📣 Tadbirkorlar diqqatiga!

Oʻz brendingizni patentlangan yoki patentlanmaganligi haqida maʼlumotga ega boʻlishni xohlaysizmi? Unda Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilayotgan sayyor qabulda ishtirok eting!

Sayyor qabul davomida tadbirkorlarga oʻz brendiga ega boʻlishning afzalliklari va intellektual mulk obyektlarini roʻyxatga olish tartibi va ularni huquqiy himoya qilish yuzasidan batafsil tushuntirishlar beriladi. Shuningdek, tovar belgisini va geografik koʻrsatkichlarni roʻyxatdan oʻtkazish istagini bildirgan tadbirkorlarning talabnomalarini qabul qilish boʻyicha sayyor xizmatlar koʻrsatiladi.

🗓 Sanasi va vaqti: 1-noyabr, 10:30 da

📍 Oʻtkazilish joyi: Chilonzor tuman adliya boʻlimi binosida (manzil: Chilonzor tumani, Bunyodkor shoh koʻchasi, 7G-uy, Novza masjid yonida).

Roʻyxatdan oʻtish uchun:
📞 +99899-913-33-64

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Navoiy viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida Gʻozgʻon shahar adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, YXKM, FHDY faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Muloqot mobaynida Gʻazgʻon shahrida huquqiy xizmatlar sifati, “mahalla yettiligi” bilan ishni tashkil etish, huquqiy targʻibot targʻibot masalalari eʼtibor markazida boʻldi. Shuningdek, davlat xizmatlari, FHDY, YXKM faoliyati ham tahlil etildi.

Shuningdek, adliya vaziri Navoiy shahrida boʻlib, “Chinor” MFYda “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Bunda “online mahalla” platformasi orqali adliya organlariga yuborilayotgan murojaatlar hamda masalalarni ijobiy hal etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil etildi. Adliya vaziri tomonidan huquqiy muammolarni tizimli oʻrganish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Shundan soʻng, adliya vaziri shahar hududidagi Prezident maktabi faoliyati bilan tanishib, “Rahbar va yoshlar” uchrashuvida qatnashdi.

Muloqot davomida, yoshlarda vatanga sadoqat, ilm olishga intilish, mamlakatdagi islohotlarga daxldorlik hissini oshirib borish xususida soʻz yuritilib, huquqshunoslik kasbining jozibadorligi tushuntirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM