Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

XODIMNING 20 110 000 SOʻMLIK ISH HAQQI UNDIRIB BERILDI

Gʻuzor tuman "Tinchlik" mahallasida yashovchi fuqaro Z.Parmonova 33-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti direktori vazifasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Fuqaro shu kunga qadar ish haqi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib Gʻuzor tuman adliya boʻlimiga murojaat qiladi.

Tuman adliya boʻlimi tomonidan murojaat oʻrganilganda, xodimning shu kunga qadar ish haqqi toʻlanmay kelganligi aniqlandi.

Z.Parmonovaga ish haqini tegishli tartibda toʻlab berish choralarini koʻrish yuzasidan adliya boʻlimi tomonidan Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi boshligʻi nomiga taqdimnoma kiritildi. Fuqaroga Gʻuzor tuman maktabgacha va maktab taʼlim boʻlimi hisobxonasi tomonidan toʻlanmay qolgan 20 110 000 soʻmlik oylik ish haqlari toʻlab berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaroga yetkazilgan zarar undirib berildi


Sirdaryo tuman hokimining tegishli qarori bilan fuqaro M.Nurbekovga Sirdaryo shahar “Yoshlik” mahallasi hududida maishiy xizmat koʻrsatish binosi qurish uchun 254 kv.m yer ajratib berilgan. Biroq ushbu yer maydoni boshqa shaxsga tegishli boʻlgan. Qurib bitkazilgan bino esa buzilishi belgilangan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga 191 mln soʻm undirib berildi

“Shohruh biznes taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari Koson tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor manfaatlari sudda himoya qilindi

Sayxunobod tumanidagi “Elektrqishloqqurilish” aksiyadorlik jamiyati hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi oʻrtasida mahallaga elektr simlarini tortish va transformator oʻrnatish boʻyicha pudrat shartnomasi imzolangan. Biroq bajarilgan ishlar uchun toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

18 nafar oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining 389 mln soʻmlik ustama pullari toʻlab berildi

Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Qamashi tuman oʻrmon xoʻjaligi xodimlari ularga ustama pullari toʻlanmayotganligidan shikoyat qilidi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari unutildimi?

“Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi pudrat shartnomasi asosida huquqiy munosabatga kirishgan edi. Shartnomaga muvofiq jamiyat tomonidan 826 447 296,84 soʻmlik ishlar bajarilgan. Biroq…

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlarga apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida 10 000 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqishda qonun buzilish holatlari aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati joriy etilmaganligi aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuqoridagi maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini joriy etish lozimligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida DXM va YIDXP orqali kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan monitoring tadbirlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga asosiy qarz undiriladigan boʻldi

Pudratchi shartnoma shartlariga asosan loyihada koʻzda tutilgan obyektda mukammal taʼmirlash ishlari majburiyatini oladi. Unitar korxona esa tadbirkorga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratishi, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Biroq...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan homiladorlik va tugʻruq taʼtili uchun toʻlanishi lozim boʻlgan qoldiq summa — 5 161 000 soʻm miqdoridagi mablagʻ toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qishloq shifokorlarining 136 mln soʻmlik ustama pullari undirib berildi


Qarshi tumani "Poshton" va "Hilol" OSHPda umumiy amaliyot shifokorlari tuman adliya boʻlimiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan shikoyat qilib murojaat qilishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning 3 mlrd soʻmdan ortiq pullari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Gurlan tuman adliya boʻlimi tomonidan fuqaro A.K.ning tuman tibbiyot birlashmasida ishlab kelayotgan davrida oylik ish haqlari past tarif koeffitsiyentidan hisoblanib kelinayotganligi va buning natijasida toʻlanmasdan qolgan ish haqlarini undirib berishda amaliy yordam berishni soʻrab qilgan murojaati oʻrganib chiqildi.

Boʻlim tomonidan fuqaro A.K.ga 2021-yildan oʻrganish kuniga qadar jami 89 mln 228 ming soʻm ish haqlari kam hisoblanib toʻlanmasdan kelinayotganligi aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan fuqaroga toʻlanmasdan turgan jami 89 mln 228 ming soʻm miqdoridagi ish haqini undirish yuzasidan fuqarolik ishlari boʻyicha Shovot tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritilib, toʻlanmasdan turgan pul mablagʻini undirish yuzasidan sudning hal qiluv qarori qabul qilinishi taʼminlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

“Yangiqoʻrgʻon mega yoʻl qurilish” masʼuliyati cheklangan jamiyatining Yangiqoʻrgʻon tuman adliya boʻlimiga “Yangiqoʻrgʻon tuman yoʻllardan foydalanish” davlat muassasasidan 471 mln 498 ming soʻm qarzdorlik undirib berish yuzasidan qilgan murojaati oʻrganildi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Nega mahalla idorasi oʻz xodimlariga “otpuska” pullarini bermadi?

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

AKT xodimiga ustama pullari toʻlab berildi


Fuqaro B.Ismatulloyev 2023-yil 16-martdan Yangiyer shahar axborot-kutubxona markazi direktorining tegishli buyrugʻi bilan AKT xodimi lavozimiga ishga qabul qilingan. Biroq unga toʻlanishi lozim boʻlgan ustama pullari toʻlab berilmagan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya tadbirkor manfaatini sudda himoya qildi

Yangiyer shahrida faoliyat yurituvchi “Trans imkon servis” MCHJ rahbari “Oʻzyoʻlkoʻprik” klasterining Sirdaryo filiali davlat muassasasidan norozi, boisi hamkorlik uchun imzolangan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan 60 nafar tibbiyot xodimining 70 million soʻmga yaqin ish haqqi undirib berildi

Yuridik xizmat koʻrsatish markazi tomonidan tumandagi xizmat koʻrsatilishi belgilangan tashkilotlarda mehnat qonunchiligiga rioya qilinish holati oʻrganilishi natijasida ayrim tibbiyot xodimlariga ish haqlari toʻlab berilmaganligi maʼlum boʻldi.

👉Batafsil

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Tadbirkorning qariyb 400 million soʻmlik mehnat haqi undirildi

“Muhammadjon Porloq qurilish” MCHJ rahbari Jahongir Berdiqulovni buzilgan huquqlari adliya tomon yetakladi. Qurilish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkor qariyb 400 million soʻmlik bajargan ishlari uchun ish haqini ololmay sarson boʻlgan.

Payariq tuman adliya boʻlimi tadbirkor murojaati asosida olib borilgan oʻrganishlarda Oqdaryo tuman maktabgacha vamaktab taʼlimi boʻlimi 300 million soʻm hamda Qoʻshrabot tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi 171 million soʻmlik 2022-yilda va joriy yilda amalga oshirgan ishlari uchun tadbirkorni haqini toʻlamay kelgani aniqlandi.

Holat yuzasidan tadbirkor manfaatlarida tuman adliya boʻlimi Payariq tumanlararo Iqtisodiy sudi hamda Ishtixon tumanlararo Iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritdi. Sud ishni koʻrib chiqib, tadbirkor manfaatiga qaror qabul qildi. Toʻlovlar tadbirkorga toʻlanishi taʼminlandi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aralashgach

Kiritilgan taqdimnoma sabab, xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berilishi taʼminlandi

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda vakolatli organlarning koʻrsatilayotgan davlat xizmatlari monitoring qilinib, aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan maʼmuriy jazo choralari qoʻllanib kelinmoqda.

Jumladan, Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga oʻqish va imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berish boʻyicha davlat xizmati monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan 309 nafar yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berilmaganligi aniqlanib, Yoshlar ishlari agentligiga imtihon topshirish xarajatlarini maʼmuriy reglamentga muvofiq toʻliq qoplab berilishini taʼminlash yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida jami 132 nafar yoshlarning 236 850 000 soʻm miqdoridagi imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab berilishi taʼminlandi.

Bugungi kunda vakolatli organ tomonidan qolgan 177 nafar yoshlarning imtihon topshirish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha tegishli choralari koʻrilmoqda.

❗️Shu bilan birga aniqlangan qonunchilik buzilishi holatlari yuzasidan Yoshlar ishlari agentligi masʼul xodimi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM