#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov viloyat tashkilotlarining yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan uchrashdi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi binosida adliya vaziri oʻrinbosari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari va yuridik xizmat koʻrsatiluvchi tashkilotlar rahbari va kadrlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining faoliyati koʻrib chiqilib, sohani rivojlanishga doir taklif mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi.
Bunday davra suhbatlaridan maqsad davlat idora va tashkilotlariga sifatli yuridik yordam koʻrsatishni takomillashtirish, sohasini rivojlantirish va tizimdagi muammolarni hamjihatlikda hal etishdan iborat.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov va BAA Vazirlar Mahkamasi ijrochi direktori Salim Al Shoami o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
👉Batafsil

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Qashqadaryo viloyatidagi yuridik texnikumning qurilish va montaj ishlari bilan tanishdi.
Vazir oʻrinbosari mazkur dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarni oʻzida mujassamlashtirishi va bu yerda yetuk kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini taʼkidlab, qurilish yakunlari boʻyicha muhim tavsiya va takliflar bildirildi.
Yuridik klinika faoliyatiga alohida to'xtalib, kelgusida mazkur bo'limni rivojlantirish maqsadida moddiy qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.
Texnikum xodimlari bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi.

Advokat bo‘lish uchun ikki yillik yuridik staj talab etilishi bekor qilindi

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.
@adliyangiliklari
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Birlashgan Arab Amirliklari Federal milliy kengashi spikerining birinchi oʻrinbosari Tariq Humaid Al-Tayer bilan uchrashdi
Xabar berganimizdek, adliya vaziri A.Toshqulov boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklarida ishchi tashrif bilan boʻlib turibdi.
Tashrif doirasida adliya vaziri Birlashgan Arab Amirliklari Federal milliy kengashi spikerining birinchi oʻrinbosari, Dubay Xalqaro arbitraj markazi Direktorlar kengashi raisi va Dubay Savdo palatasi Maslahat kengashi raisi Tariq Humaid Al-Tayer bilan uchrashdi.
Uchrashuv avvalida A.Toshqulov soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va BAA oʻrtasida doʻstona munosabatlar tobora mustahkamlashib borayotgani, mamlakatlarimiz parlamentlari, hukumatlari, vazirlik va idoralari oʻrtasida yaqin hamda konstruktiv muloqot yoʻlga qoʻyilgani, investitsiyalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va kafolatlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Tariq Humaid Al-Tayer janobi oliylari Oʻzbekiston ishonchli doʻst va vaqt sinovidan oʻtgan hamkor ekanligini, oxirgi yillar ikki davlat munosabatlari shiddatlik bilan rivojlanib borayotganligini va bu aloqalar xalqlarimiz uchun oʻzaro manfaatli ekanligini bildirdi.
Oʻzbekiston va BAA oʻz strategik maqsadlarga ega ekanligi, ushbu maqsadlar koʻp yoʻnalishlarda oʻxshash ekanligini hamda ikki davlatning hukumatlararo komissiyalari juda samarali faoliyat yuritayotganligi taʼkidlab, ikki davlat oʻrtasida ishlab chiqilgan Strategik sheriklik shartnomasini qabul qilinishi kelgusida ushbu aloqalarni yangi bosqicha olib chiqishini maʼlum qildi.
Shuningdek, Amirliklar tomoni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning Toshkent shahrida xalqaro tijorat sudini tashkil qilish boʻyicha tashabbuslarini qoʻllab quvvatlashdi hamda ushbu sud faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish boʻyicha koʻmak berishga tayyor ekanligini bildirishdi.
Tariq Humaid Al-Tayer janobi oliylari investitsion jozibadorlikni oshirishda nafaqat sifatli qonunchilik bazasini yaratish va balki investorlar kapitalining ishonchli himoyasini kafolatlash muhimligini, bunday turdagi sudlar ushbu maqsadlarga xizmat qilishini qayd etdi.
Uchrashuv yakunida, A.Toshqulov davlatlar oʻrtasida olib borilayotgan huquq va adliya sohasidagi islohotlar jarayonida BAA Parlamenti va Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qilishdan mamnun ekanligini bildirdi.