Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
15.4K photos
1.7K videos
33 files
6.12K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Bo‘stonliq tuman davlat xizmatlari markazining yangi binosi bilan tanishdi

Mazkur binoda davlat xizmatlari markazi bilan birgalikda FHDY bo‘limi ham joylashgan bo‘lib, aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda barcha qulaylik va imkoniyatlar yaratilgan.

Vazir o‘rinbosari xodimlar bilan suhbat o‘tkazib, fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatilishida byurokratiya va sansalorlikka yo‘l qo‘ymaslik, xizmatdan oson va qulay shakllarda foydalanilishini taʼminlash lozimligini taʼkidladi.

Shu bilan birgalikda, joriy yilda yo'lga qo'yilishi rejalashtirilayotgan yangi xizmatlar, proaktiv va kompozit shakllariga o‘tkaziladigan davlat xizmatlari xodimlar bilan muhokama qilinib, ularning fikrlari va takliflari olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni!

Barchangizni butun dunyoda arxiv jamoatchiligi tomonidan keng nishonlanadigan 9-iyun — Xalqaro arxivlar kuni bilan samimiy tabriklaymiz.

Mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi yo‘lidagi sharafli va fidokorona faoliyatingizda hamisha muvaffaqiyat yor bo‘lsin!

Hurmat bilan
Adliya vazirligi jamoasi


@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 10-iyun kuni soat 15:00 da O‘zbekiston milliy matbuot markazi binosida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etilmoqda.

Mavzu: O‘zbekistonda advokatura sohasida amalga oshirilayotgan so‘nggi islohotlar, joriy etilgan yangiliklar va kelajakdagi rejalar.

Tadbirda Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi mas'ullari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollariga javob beradi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Savollaringizni @MARKAZ16Uz ga yuborishingiz mumkin.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Muhim

📣 Hurmatli, hamyurtlar!

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan o‘tgan yer osti kabellarida yong‘in holati kuzatilganligi sababli, davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar bo‘lmoqda.

Noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Muhim 📣 Hurmatli, hamyurtlar! O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi binosi yonidan o‘tgan yer osti kabellarida yong‘in holati kuzatilganligi sababli, davlat xizmatlarida pasport va manzil bilan bog‘liq xizmatlarni ko‘rsatishda uzilishlar bo‘lmoqda.…
#Muhim

📣 Hurmatli, hamyurtlar!

Ichki ishlar vazirligining “Manzil” (fuqarolarning doimiy va vaqtincha yashash manzili yuzasidan JShShIR hamda kadastr raqami orqali qidirish) veb-servisi server qurilmalarida nosozliklar kuzatilayotganligi sababli, notariuslar tomonidan koʻchmas mulklar bilan bogʻliq bitimlarni notarial tasdiqlashda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari xizmat safari bilan Qashqadaryoda

Ayni damda adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov xizmat safari bilan Qashqadaryo viloyatida boʻlib turibdi. Dastavval M.Ikramov Qarshi shahri adliya boʻlimi bilan yaqindan tanishdi.

Vazir oʻrinbosari adliya organlari aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va aholining huquqiy madaniyatini oshirishga xizmat qilishi kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. “E- huquqshunos” bilan ishlashdagi afzalliklar, yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi. FHDY boʻlimi xodimlari sohaga oid qonunchilikka oʻzgartirish va tuzatish kiritish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdi.

Shu kuni vazir oʻrinbosari Qarshi shahridagi davlat xizmatlari markazida boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi hamda markaz xodimlari bilan muloqot qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 6-iyundagi 6-son yigʻilish qaroriga asosan Navoiy viloyat adliya boshqarmasining 2024-yil 7-iyundagi tegishli buyrugʻi bilan

▫️Navoiy shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius R.Axmedovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 8-iyundan 1 oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya fuqarolarni eshitadi


Kitob tuman adliya boʻlimi tomonidan tuman Xalq qabulxonasi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi “Beshariq” mahallasida sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida aholiga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, erta nikoh hamda oilaviy ajrimlarni oldini olish va ularni vujudga keltiruvchi sabablarni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

Sayyor qabulda 15 nafar fuqaroning murojaatlariga joyida tushuntirish berilib, 5 nafar fuqaroning murojaati oʻrganish uchun boʻlim ish yurituviga qabul qilindi hamda fuqarolarni qiziqtirgan bir qancha savollar boʻyicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Qabul davomida DXM va FHDY boʻlimi xodimlari tomonidan fuqarolarga bir qancha sayyor xizmatlar koʻrsatildi.

@adliyangiliklari