Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.5K photos
1.38K videos
32 files
5.15K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga 191 mln soʻm undirib berildi

“Shohruh biznes taʼminot” masʼuliyati cheklangan jamiyatining rahbari Koson tumani adliya boʻlimiga murojaat qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor manfaatlari sudda himoya qilindi

Sayxunobod tumanidagi “Elektrqishloqqurilish” aksiyadorlik jamiyati hamda tuman Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish boʻlimi oʻrtasida mahallaga elektr simlarini tortish va transformator oʻrnatish boʻyicha pudrat shartnomasi imzolangan. Biroq bajarilgan ishlar uchun toʻlov toʻliq amalga oshirilmagan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

18 nafar oʻrmon xoʻjaligi xodimlarining 389 mln soʻmlik ustama pullari toʻlab berildi

Qamashi tuman adliya boʻlimi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabullar davomida Qamashi tuman oʻrmon xoʻjaligi xodimlari ularga ustama pullari toʻlanmayotganligidan shikoyat qilidi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Shartnoma majburiyatlari unutildimi?

“Mirob qurilish servis” masʼuliyati cheklangan jamiyati hamda Sirdaryo tuman yoʻllardan foydalanish davlat muassasasi pudrat shartnomasi asosida huquqiy munosabatga kirishgan edi. Shartnomaga muvofiq jamiyat tomonidan 826 447 296,84 soʻmlik ishlar bajarilgan. Biroq…

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagog kadrlarni kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlarga apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-fevraldagi 87-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentiga muvofiq davlat xizmatlari koʻrsatilishi monitoring qilindi.

Monitoring jarayonida 10 000 dan ortiq arizalarni koʻrib chiqishda qonun buzilish holatlari aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining mansabdor shaxsi maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun davlat xizmatlari markazlari (DXM) hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal (YIDXP) orqali apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati joriy etilmaganligi aniqlanib, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga yuqoridagi maʼmuriy reglamentga muvofiq davlat xizmatini joriy etish lozimligi yuzasidan taqdimnoma kiritildi.

Mazkur taqdimnoma ijrosi natijasida DXM va YIDXP orqali kasbiy sertifikatlash natijalaridan norozi boʻlgan talabgorlar uchun apellatsiya shikoyatini berish imkoniyati yaratildi.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa sohadagi davlat xizmatlari koʻrsatilishi yuzasidan monitoring tadbirlari davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Tadbirkor foydasiga asosiy qarz undiriladigan boʻldi

Pudratchi shartnoma shartlariga asosan loyihada koʻzda tutilgan obyektda mukammal taʼmirlash ishlari majburiyatini oladi. Unitar korxona esa tadbirkorga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlarni yaratishi, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirishi belgilangan. Biroq...

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi aralashuvi bilan homiladorlik va tugʻruq taʼtili uchun toʻlanishi lozim boʻlgan qoldiq summa — 5 161 000 soʻm miqdoridagi mablagʻ toʻliq toʻlab berilishi taʼminlandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qishloq shifokorlarining 136 mln soʻmlik ustama pullari undirib berildi


Qarshi tumani "Poshton" va "Hilol" OSHPda umumiy amaliyot shifokorlari tuman adliya boʻlimiga ustama pullari toʻlab berilmayotganligidan shikoyat qilib murojaat qilishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning 3 mlrd soʻmdan ortiq pullari undirib berildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari