Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_seminar

PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI NAZORATI ADLIYA EʼTIBORIDA

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida Prezident hujjatlari ijrosi bilan tanishdi. Viloyat hokimligida tashkil etilgan amaliy seminar davomida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Dastavval ijro intizomi xususida soʻz yuritilib, “Ijro.gov.uz” tizimiga koʻra yuborilgan hujjatlar, ularning ijro holati, hokimlik va tashkilotlar kesimida tanqidiy tahlil etildi.

Suningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni hududlarda joriy etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham mutasaddi idoralar tomonidan maʼlumotlar olindi.

@adliyangiliklari