Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.2K subscribers
13.8K photos
1.44K videos
32 files
5.33K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Ziyo_ulash

"Shayhali" shaharchasida yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi

Bugun, 14-fevral kuni Xalqaro kitob hadya qilish kuni  munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan #Ziyo_ulash aksiyasi doirasida Qarshi shahrining “Shayhali” shaharchasida  kutubxona ochildi.

Qarshi shahar adliya, FHDY, Yuridik xizmat ko'rsatish marlazi hamda davlat xizmatlari markazi  jamoasi nomidan #Ziyo_ulash chellenji doirasida mahallaga 500 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

Siz ham mahallangizga ziyo ulashib, kutubxonalar tashkil qilishda oʻz hissangizni qoʻshishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi Navbahorda

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Navoiy viloyatining Navbahor tumanida davom etdi. Kutubxona tumanning "Qorovultepa" mahallasida tashkil qilindi.

Kutubxonaning ochilish tadbirida faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.

#Ziyo_ulash chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar, shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri andijonlik yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 14-fevralida adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari davomida yuristprudensiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talaba-yoshlar bilan uchrashdi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarning muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda talaba yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan #Ziyo_ulash aksiya doirasida talabalarga Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob to‘plamlari sovg'a qilindi.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Bagʻdod tumanining 4-sektor hududida yoshlar uchun kutubxona ish boshladi

Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Bagʻdod tumanining “Bedarak” mahallasida adliya boshqarmasi tashabbusi bilan yoshlar uchun kutubxona oʻz faoliyatini boshladi. Endilikda qishloq yoshlari axborot resurslaridan foydalanishda 10 km olisda joylashgan tuman markaziga borishmaydi.

Ochilish marosimida adliya tizimi masʼullari bilan birgalikda mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi. “Bedarak” mahallasida ayni kunlarda 4 minga yaqin aholining 47,2 foizini yoshlar tashkil qiladi.

Kutubxonadan joy olgan mingdan ortiq turli adabiyotlar, 41 ming elektron kutubxona fondi hamda doimiy internet tarmogʻiga ulangan kompyuterlardan yoshlar va qishloq aholisi foydalanish, bilim va koʻnikmalarini oshirish imkoniyati paydo boʻldi.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Adliya vazirligi tashabbusi bilan #Ziyo_ulash aksiyasi hududlarda davom etmoqda.

Xalqaro kitob hadya qilish kuni munosabati bilan 34 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Kutubxonalarga 6,7 mingdan ziyod Prezident asarlari, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalari, bolalar va huquqiy adabiyotlar, 26 ta kompyuter va 451 ta mebel jihozlari sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aksiyamizga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi.

#Ziyo_ulash aksiyasiga start berilgandan buyon 100 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilinib, 31 mingga yaqin kitoblar, 66 ta komp'yuter va 1100 dan ortiq mebel' jihozlari sovg‘a qilindi.

Kelgusida aksiya doirasida yana 108 ta mahallada kutubxonalar tashkil qilish rejalashtirilgan.

Barcha yurtdoshlarimizni #Ziyo_ulash aksiyasida ishtirok etishga taklif qilamiz!

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Ma'rifatga eltuvchi yo‘llar har doim ochiq bo‘lgan. Uning ravonligini, imkoniyatlarini oshirish esa o‘z ixtiyorimizda. Bugun o‘sha yo‘llar bizga, ko‘nglimizga yanada yaqinlashmoqda. Faqat unga eshiklarimizni ochsak bas.

Biz bilan bir vaqtda yashayotgan, o‘qiyotgan har bir yosh, har bir shaxs ham ana shunday yo‘llarga muhtoj. Olis qishloqlar, chekka mahallalar, qir-adirlarga tutash hududlarda ham ma'rifatga tashna yoniq qalblar bor. Biz bir loyiha doirasida ularga o‘sha yo‘lni boshlab berishga intilyapmiz.

Adliya chekka manzillar misolida tashabbusni boshlab berdi. Natijada o‘sha qishloq yo shaharcha aholisi, ayniqsa yoshlari mahallasidan uzoqqa chiqmay mo‘'jazgina kutubxonada kitob o‘qishdek sharoitga ega bo‘ldi. #Ziyo_ulash aksiyamizga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, Yoshlar ishlari agentligi, Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi hamda Notarial palata ham qo‘shildi. Keyingisi Siz bo‘ling.

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi Ishtixon tumani "Chag‘atoy" mahallasi binosida tashkil etilgan kutubxonaga 100 dan ortiq turli janrdagi kitoblarni sovg‘a qildi. Ayni paytda ushbu kutubxona mahalla yoshlari bilan gavjum.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

Ziyo ulash” aksiyasi Koʻkdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika boʻylab oʻtkazilayotgan “Ziyo ulash” aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Koʻkdala tumanida davom etdi.

Viloyat markazidan qariyb 70 km uzoqlikda joylashgan “Guliston” mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi. Kutubxonaning ochilish tadbirida adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov, tuman hokimi X.Jo'rayev, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari masʼullari ishtirok etdi.

Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 400 ga yaqin kitoblar shuningdek, adabiyotlarning elektron va audio shakli jamlanmasi sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga zamonaviy va qulay mebel jihozlari, kitob javonlari, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi Ko'kdalada

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi Qashqadaryo viloyatining Ko'kdala tumanida davom etdi. Viloyat markazidan qariyib 70  km uzoqlikda joylashgan "Guliston" mahallasida adliya organlari tomonidan kutubxona tashkil qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Shahrisabz shahrining "Zingiron" yoshlar uchun kutubxona tashkil qilindi
.

Tuman adliya bo'limi tomonidan mahalla kutubxonasiga Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 dan ortiq turdagi kitob toʻplamlari mahallalarga yetkazildi.

"Zingiron" mahallasida kutubxonaning  ochilishi mahalla yoshlarini quvontirdi.

Shahrisabz shahar adliya bo'limi, FHDY bo'limi, Yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda davlat xizmatlari markazi  jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 300 dan ortiq kitoblar sovgʻa qilindi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tashabbusi bilan mahallada kutubxona tashkil etildi

Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan 19-mart kuni Yunusobod tumanidagi “Bogʻi eram” mahallasida kutubxona tashkil etildi.

Navroʻz ayyomi arafasida tashkil etilgan kutubxona ochilishi aholi uchun chinakam sovgʻa boʻldi.

Markaz tomonidan siyosiy-ijtimoiy-ma’rifiy kitoblardan tortib huquqiy bilimlarni oshiruvchi toʻplamlar, o‘zbek va jahon adabiyoti durdonalaridan iborat qariyb 400 dona turli xil kitoblar sovg‘a qilindi.

Kutubxonani tashkil etishdan asosiy maqsad – yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularni turli salbiy illatlardan asrab, ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish, kitobga bo‘lgan muhabbatini uyg‘otishdan iborat.

Madaniy-ma’rifiy tadbirda qatnashganlar kitob eng yaxshi do‘st, eng kuchli tarbiyachi, fikrlash quroli, xazinalar kaliti, tafakkur manbai ekanligini ta’kidlashdi.

@adliyangiliklari
#ziyo_ulash aksiyasining navbatdagi bosqichi

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘yicha o‘tkazilayotgan #ziyo_ulash aksiyasi doirasida Navro‘z bayrami arafasida 108 ta mahallada yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.

Aksiya davomida respublikadagi 213 ta mahallada kutubxona tashkil qilinib, 60 mingga yaqin kitoblar, 155 ta kompyuter va 2 240 dan ortiq  mebel jihozlari sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, 40 ming kitobni o‘zida jamlagan elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Aksiyada adliya organlari bilan birgalikda “O‘zArxiv” agentligi, Notarial palata, Toshkent davlat yuridik universiteti, Yuristlar malakasini oshirish markazi, X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi hamda Intellektual mulk markazi ham ishtirok etdi.

Kelgusida Adliya vazirligi tomonidan kutubxona tashkil qilingan mahallalarda kitobxon yoshlar uchun respublika bo‘yicha tanlov tashkil etilishi rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Ziyo_ulash

"Ziyo ulash" aksiyasi “Mumtoz”da!

Adliya vazirligi tashabbusi bilan respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ziyo ulash" aksiyasi doirasida Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi "Mumtoz" mahallasida X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi tomonidan kutubxona tashkil qilindi.

Kutubxonaning ochilish tadbirida Yashnobod tuman adliya bo’limi, faxriy yozuvchilar, yosh ijodkorlar, maktab o‘quvchilari, jurnalistlar, sektor rahbarlari va davlat tashkilotlari ma’sullari ishtirok etdi.

Ziyo ulash” chellenji doirasida Prezident asarlari, o‘zbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 300 ga yaqin kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

Shu bilan birga, tashkil etilgan kutubxonaga faxriy yozuvchilar tomonidan ham adabiyot tuplamlari tuxfa etildi.

Kitoblar bilan birga adabiyotlarning elektron va audio shakliridan foydalanish maqsadida elektron kutubxona ishini tashkil etilishi uchun zamonaviy kompyuter jamlanmasi taqdim etildi.

Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Ziyo ulash”: Adliya vazirligi kitobxonlikni “bukkrossing” orqali targ‘ib qilish tashabbusini ilgari surdi

Adliya vazirligi aholi orasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan Ziyo ulash” loyihasini davom ettirmoqda.

Ushbu ijtimoiy loyiha o‘tgan yilning fevral oyida boshlangan bo‘lib, O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab olgan edi. Shu vaqt mobaynida adliya organlari ko‘magida 200 dan ortiq mahallada 50 mingdan ziyod kitob — badiiy adabiyot, mahalliy va xorijiy klassika, zamonaviy asarlar, shuningdek, huquqiy qo‘llanmalar to‘plangan kichik kutubxonalar tashkil etildi.

“Bukkrossing”: erkin kitob ayirboshlash

2025-yilda Adliya vazirligi kitobxonlikni yanada qulayroq qilish maqsadida “bukkrossing” — kitoblarni erkin almashish tashabbusini ilgari surmoqda. Endilikda davlat xizmatlari markazlari, yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari, FHDY organlari va “Madad” NNT byurolarida tashrif buyuruvchilar kitoblarni olib ketishlari va o‘z navbatida boshqa kitoblarni qoldirishlari mumkin, bu esa bilimlar aylanishini yuzaga keltiradi.

Bu qanday ishlaydi?

Ziyo ulash” aksiya doirasida tashkil etilgan “bukkrossing” nuqtalaridan birida kitobni tanlang.
Uyda yoki joyning o‘zida, masalan, o‘z navbatingizni kutayotganda o‘qing.
O‘qib bo‘lgach, kitobni qaytarib bering yoki o‘rniga boshqasini olib keling. Shunda boshqalar ham o‘qishdan zavq olishlari mumkin.

Ushbu loyiha nafaqat kitobxonlikni ommalashtirishga, balki har bir kishi jamiyat ma’rifatiga o‘z hissasini qo‘shishi mumkin bo‘lgan bilim almashish madaniyatini shakllantirishga hamda butun mamlakat bo‘ylab jonli kitob almashish maydonlarini yaratishga ko‘maklashadi.

Kutubxona bo‘lmagan hududlarda ushbu tashabbus odamlarga eng yaqin davlat xizmatlari markaziga kirib, cheklovlarsiz kitob o‘qish imkonini beradi.

Tashabbus, shuningdek, kitoblarga ikkinchi hayot berish orqali ongli iste’mol va atrof-muhitni asrashga hissa qo‘shadi.

Tashabbusga qo‘shilmoqchimisiz? Tamoyil oddiy: o‘qib bo‘lgach, boshqaga bering. Kitoblar javonda chang bosib yotgandan ko‘ra, odamlarga foyda keltirgani ma’qul. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashingziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Hasanboy Doʻsmatov “Ziyo ulash” aksiyasiga qoʻshildi

Ikki karra olimpiya chempioni Hasanboy Doʻsmatov Andijon shahar davlat xizmatlari markaziga kitoblar bilan kirib keldi.

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Agar sizda ham oʻqib boʻlgan va uyda turgan kitoblaringiz boʻlsa, oʻzingizga yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga olib boring. Ziyo ulash” javoniga qoʻying va javondan oʻzingizga yoqqan kitobni shunday olib ketavering. Oʻqib boʻlgach, qaytib olib keling va yana boshqa kitobga almashtirib ketsangiz ham boʻladi.

Bu ijtimoiy loyiha, kitoblardan foydalanish bepul. Kitoblar soni ortib ketsa, kam taʼminlangan oilalarga ham sovgʻa qilamiz. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashingziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitob bering, kitob oling — ziyo ulashing

Butun respublika boʻylab Adliya vazirligining “Ziyo ulash” aksiyasi davom etmoqda. Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering.

Ushbu loyiha doirasida Margʻilon shahar adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazida ham tizimda faoliyat olib boruvchi xodimlar hamda ushbu tashkilotlarga kelgan aholi tomonidan markazlarga ixtiyoriylik asosida kitoblar taqdim etilmoqda.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ziyo_ulash

Kitoblar sayohatga chiqadi, bilim ulashadi va oʻzining yangi egalarini topadi. Adliya vazirligining “Ziyo ulash” loyihasi “bukkrossing” tamoyillari asosida davom ettirilmoqda.

Endilikda davlat xizmatlari markazlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari, FHDY organlari va “Madad” NNT byurolarida tashrif buyuruvchilar kitoblarni olib ketishlari va oʻz navbatida boshqa kitoblarni qoldirishlari mumkin, bu esa bilimlar aylanishini yuzaga keltiradi.

Tashabbusga qoʻshilmoqchimisiz? Yagona sharti: oʻqib boʻlgach, boshqaga bering. Kitoblar javonda chang bosib yotgandan koʻra, odamlarga foyda keltirgani maʼqul. Kitoblaringizni eng yaqin davlat xizmatlari markazi yoki boshqa adliya organlariga topshiring. Ehtimol, aynan sizning kitobingiz kimnidir yangi yutuqlarga ilhomlantirishi mumkin. Kitob ulashingziyo koʻpayadi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM