Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.8K subscribers
16.2K photos
1.77K videos
34 files
6.42K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

📌Huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazish qonun bilan tartibga solinmoqda

❗️Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Huquqiy eksperiment to‘g‘risida”gi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ikkinchi va uchinchi o‘qishda qabul qilinib, Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

🔹Mazkur qonun loyihasi huquqiy eksperimentni tashkil etish, o‘tkazish, uning natijalarini baholash va joriy etishga doir munosabatlarni tartibga solish maqsadida ishlab chiqilgan.

Qonun loyihasida huquqiy eksperimentni tashkil etish va o‘tkazishning shartlari, huquqiy eksperiment natijalarini baholash va hayotga tatbiq etish va ularni rasmiylashtirishga oid talablar belgilanmoqda.

❗️Xususan, Qonunda insonning Konstitusiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquqlari va erkinliklarini cheklaydigan, bekor qiladigan yoki insonning holatini boshqacha tarzda yomonlashtiradigan hollarda huquqiy eksperiment o‘tkazilishiga yo‘l qo‘yilmasligi belgilandi.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlarining huquqiy eksperimentda ishtirok etishi, o‘tkazilayotgan huquqiy eksperiment yuzasidan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar bildirilishi kafolatlanmoqda.

📣 Qonunga ko‘ra, huquqiy eksperiment yakunlari bo‘yicha hisobot tayyorlanadi va ommaviy axborot vositalari, Internet jahon axborot tarmog‘i, shu jumladan mas’ul organning rasmiy nashrlari va rasmiy veb-saytlari hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoatchilikka yetkaziladi.

Ma’lumot uchun: huquqiy eksperiment – normativ-huquqiy hujjatning yoki huquqiy normaning samaradorligini amalda muayyan hududda va (yoki) shaxslar doirasi bo‘yicha cheklangan holda, belgilangan vaqt oralig‘ida sinovdan (tajribadan, aprobasiyadan va shu kabilardan) o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlar majmuidir.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Qashqadaryoda yana 60 nafar fuqarolarning o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan uy-joylariga bo'lgan huquqlari e'tirof etildi.

🔹Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining navbatdagi o'n uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

🔹Mazkur sessiyada Qarshi, Shahrisabz shaharlari, Chiroqchi, G‘uzor, Kasbi, Koson, Mirishkor,Nishon, Qamashi, Qarshi tumanlarida yashovchi jami 60 nafar fuqarolarning yakka tartibdagi uy-joylariga va ular joylashgan yer uchastkalariga nisbatan huquqlarini e'tirof etish bo‘yicha xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashining qarori qabul qilindi.

🔹Qonun ijrosi natijasida fuqarolar va tadbirkorlarining mulklari qonuniylashtiriladi, fuqarolar o‘rtasidagi mulkiy nizolar, shu jumladan meros bilan bog‘liq nizolarga yechim topiladi, hududlarni rivojlantirish bilan bog‘liq hujjatlarni ishlab chiqishdagi muammolar kamayadi, bozorda qonuniy kapital aylanmasi paydo bo‘ladi, eng muhimi aholining kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

🔹Eslatib o‘tamiz, qonun ijrosi bo'yicha shu kunga qadar viloyatimizda 142 nafar fuqaroning uy-joylariga bo‘lgan egalik huquqi qonuniy tarzda e’tirof etilgan edi.

🔹Qonun ijrosi Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan doimiy nazoratga olingan bo‘lib, kelgusida ham viloyatning barcha hududlarida reja-grafik asosida huquqlarini e’tirof etish ishlari davom ettiriladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya aralashgach” – 82 millionlik ma'naviy zarar undirildi!

🔹Qarshi tumani, “Kaxlak” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro S. Gulov qonuniy ish haqi va yetkazilgan ma’naviy zararni undirishda amaliy yordam so‘rab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilgan.

🔹Fuqaro Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida faoliyat yuritib kelgan va ma'lum sabablarga ko'ra ishdan vaqtincha chetlashtirilgan. Ishdan chetlashtirilgan davri uchun ish haqlarini undirish uchun S.Gulov viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qildi.

🔹Murojaat adliya boshqarmasi tomonidan o‘rganilib, fuqaro manfaatlarini himoya qilish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

🔹Sudda da’vo ariza ko‘rib chiqildi va sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, javobgar – Qarshi shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hisobidan fuqaro S. Gulov foydasiga 82 million 734 ming so‘m miqdorida ish haqi va ma’naviy zarar undirish belgilandi.

🔹Adliya aralashgach fuqaroga yetkazilgan zarar qoplab berildi va murojaat to‘liq qanoatlantirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari Mahmud Istamov xizmat safari bilan Qashqadaryoda bo’ldi.

Dastlab, vazir o’rinbosari Ko‘kdala tumanida joylashgan, Italiya bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Cotonella” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishish, mavjud muammo va takliflarini o‘rganish maqsadida MCHga tashrif buyurdi.

Mazkur qo‘shma korxona 2023-yil avgust oyida tashkil etilgan bo‘lib, bugungi kunda korxonada 200 ga yaqin ishchi-xodim mehnat qilmoqda. Korxona asosiy faoliyat yo‘nalishi — ichki trikotaj tikuv mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan.

E’tiborga molik jihati shundaki, “Cotonella” MCHJda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 100 foizi Yevropa davlatlariga eksport qilinmoqda. 2024-yil davomida korxona tomonidan 1,5 million AQSH dollarilik mahsulot eksportga chiqarilgan.

Ushbu qo‘shma korxona nafaqat eksport hajmini oshirish, balki mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish va xalqaro hamkorlikni kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari 
 
Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi    
 
🔹“Geografik koʻrsatkichlar toʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra, tovarni muayyan geografik obyekt hududidan kelib chiqqan tovar sifatida identifikatsiyalovchi belgi geografik koʻrsatkich deb eʼtirof etilib, unda tovarning sifati, nom qozonganligi yoki boshqa xususiyatlari uning geografik jihatdan kelib chiqishiga sezilarli darajada bogʻliq boʻladi.  
 
🔹Adliya vazirligi geografik koʻrsatkichlarni huquqiy jihatdan muhofaza qilish sohasidagi vakolatli organ hisoblanadi. Samarqand viloyat adliya boshqarmasi va "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining koʻmagi bilan “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. 
 
🔹Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i  Salohiddin Sattarov bugun Samarqand viloyat  hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyevga  “Samarqand no‘xat sho‘ragi” geografik koʻrsatkich hujjatini topshirdi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#adliya_xabari

Shu kuni adliya vaziri o‘rinbosari “Huquqiy mahalla” konsepsiyasi doirasida Ko‘kdala tuman adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi. Tashrif chog‘ida u “Ko‘kdala” mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.

Shuningdek, aholi orasida qonun hujjatlarining yetkazilish darajasi, fuqarolarning huquqiy xabardorligi holati ham atroflicha tahlil qilindi.

Mahalla yettiligi bilan uchrashuvda fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, profilaktik chora-tadbirlarni samarali tashkil etish, shuningdek, yoshlar va ayollar bilan ishlash borasidagi mexanizmlar muhokama qilindi.

Tuman adliya boʻlimiga biriktirilgan “og'ir toifa”dagi yoshlar bilan olib borilayotgan ishlar , mavjud kamchiliklar, mahallalarda olib borilayotgan targ'ibot tadbirlari, uchrashuvlar,hamda mahallalar kesimida jinoyatchilikni holatlarini nazorat qilish holatlari o'rganildi.

Tashrif yakunida vazir o‘rinbosari tomonidan mahalla va adliya organlari hamkorligida huquqiy madaniyatni oshirish, huquqiy muammolarni hal qilishda mahalla tizimining rolini kuchaytirish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#adliya_xabari

Qarshi tumanida “mahalla yettiligi” faoliyati va PF-80-son Farmon ijrosi o‘rganildi

🔹Kunning ikkinchi yarmida vazir o'rinbosari Qarshi tumanidagi “Hilol” mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida Davlat rahbari tomonidan imzolangan PF-80-sonli Farmon bilan adliya organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

🔹Mazkur tadbir doirasida fuqarolarga huquqiy yordam ko‘rsatish, mahallada jinoyatchilikning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish, aholi muammolarini joyida hal qilish borasidagi amaliy sa’y-harakatlar ko‘zdan kechirildi.

🔹Shuningdek, mahallada yashovchi fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish, ularning murojaatlari bilan ishlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O'zbekiston Respublikasi Adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov tomonidan Ellikqal’a tumani, “Bostan“ MFYda hamda Amudaryo, Beruniy, To‘rtko‘l va Ellikqal’a tumanlarida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

🔹Sayyor qabul davomida ularning yer, kadastr, soliq, kredit, kommunal va boshqa sohalardagi muammolari tinglanib, 20 dan ortiq murojaatlar qabul qilindi. Shundan 12 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berish orqali hal qilingan bo'lsa,qolgan 8 tasi nazoratga olindi.

🔹O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari N. Muxammadiyev va Qoraqalpog‘iston Respublikasi adliya vaziri E. Tursunov Ellikqal’a tumanidagi loyiha qiymati 410 mln so‘m bo‘lgan, mineral suvlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Gold Neo Bo‘ston” MCHJ hamda loyiha qiymati 22 mlrd so‘m bo‘lgan asosiy faoliyat turi to‘qilgan va trikotaj mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Bo‘ston Denim” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

🔹Shunigdek, adliya vaziri o‘rinbosari N.Muxammadiyev tomonidan tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning muammolari va takliflari tinglandi va Qoraqalpog‘iston Respublikasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga yaratilib berilayotgan qulay investitsiya va ishbilarmonlik muhiti, biznes yuritish uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud soliq imtiyozlari hamda davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yaratilgan qulayliklar haqida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chirchiq shahar adliya bo‘limlari faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri Akbar Tashkulov Chirchiq shahar adliya bo'limida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Adliya vaziri dastlab adliya bo'limida bo'lib, o'tgan davr mobaynida bo'lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar, belgilangan samaradorlik ko'rsatgichlariga erishilganlik holati bilan batafsil tanishdi.

Shuningdek, vazir davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

Bundan tashqari, uchrashuv davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev fuqarolarga ko'rsatilayotgan davlat xizmatlari bilan tanishdi.

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Andijon viloyati  Baliqchi tuman adliya bo'limida boʻlib, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga ko‘rsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati, FHDY organlarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi.

Vazir o'rinbosari dastlab davlat xizmatlari markazlarida bo‘lib binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik baza, fuqarolar uchun zarur bo‘lgan maʼlumotlar burchagining mavjudligini ko'zdan kechirdi.

Bundan tashqari, uchrashuvlar davomida xodimlar tomonidan sohani takomillashtirish, kasbiy bilim va malakani oshirish, aholiga huquqiy va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha o‘rtaga tashlangan taklif va mulohazalar muhokama qilinib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot