Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.3K photos
1.34K videos
32 files
5.04K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Payariqda adliya qabuli

Payariq tumani 2-son kasb-hunar maktabida Samarqand viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining sayyor qabuli o'tkazildi. Jumladan, viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i S.Sattorov ham fuqarolarning huquqiy muammolarini qabul qildi.

Unda fuqarolarning elektr ta'minoti, gaz, toza ichimlik suvi, moddiy yordam olish, tibbiy yordam, yer ajratish, uy-joy, subsidiya, davlat xizmatlari va FHDY sohasi hamda boshqa masalalardagi murojaatlari tinglanib, ish yurituviga olindi. 2 ta murojaat joyida hal etildi. 20 dan ortiq fuqarolarga huquqiy tushuntirish berildi. 15 ta davlat xizmatlari sayyor tarzda ko‘rsatildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Chortoq tumanida sayyor qabul tashkil etildi.

Chortoq tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi. Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, tugʻilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 18 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 9 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berildi. Shuningdek, qabulda 6 ta murojaat muddat va oʻrganish talab qilgani bois, adliya boʻlimi ish yurituviga olindi. Jumladan, 3 ta murojaat ishga qabul qilish, 2 tasi FHDY sohasi boʻyicha 1 ta murojaat esa yetkazilgan zararni undirish yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish va hal etish uchun tuman adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Urgut tumanida
sayyor qabul

Urgut tumanidagi "Kenagas" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattorov fuqarolarni qabul qildi.

Qabulda davolanish, kommunal soha, kadastr, bandlik munosabatlari, uy-joy, tadbirkorlik, fuqarolik holati dalolatnomalari va boshqa huquqiy muammolar yuzasidan murojaatlar tinglandi. 16 nafar fuqaroning subsidiya boʻyicha murojaati tinglanib, arizalari DXM xodimlari tomonidan shu yerning oʻzida qabul qilindi. 14 nafar fuqaroning mehnat, kadastr, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanish kabi murojaatlari ish yurituvga qabul qilinib, 11 nafar fuqaroning murojaatlariga huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Oltinkoʻl tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 12 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyati adliya boshqarmasi tomonidan mahallalarda “Adliya kuni“ tadbiri doirasida Qiziltepa tumani “Ayronchi” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.

Qabulda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, moddiy yordam, bank-kredit singari masalalarda murojaatlar kelib tushdi, 16 ta murojaat adliya ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Qarshi tumanida
sayyor qabul oʻtkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Qarshi tumanidagi “Ravot” mahallasida fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan fuqarolarning tugʻilganlik guvohnomasini qayta tiklash, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 10 ta murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 3 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 9 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi. Bundan tashqari, tadbir davomida 3 nafar fuqarolarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnomasi hamda 1 nafar fuqaroning nikoh guvohnomasi qayd etildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Rishton tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan Rishton tumanidagi “Xalqaro kulolchilik markazi”da fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev tomonidan fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, sud hujjatlari ijrosi kabi masalalar yuzasidan 12 ta murojaatlari tinglandi. Sayyor qabul davomida kelib tushgan 5 ta murojaatlar qanoatlantirildi, 7 ta murojaatlar koʻrib chiqish va hal etish uchun ish yurituvga olindi.

Bundan tashqari, tadbir davomida fuqarolarga tugʻilganlik toʻgʻrisida guvohnoma olish, sanatoriyga navbatga qoʻyish, kadastr hujjatlaridan nusxa olish kabi 6 ta sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Andijon viloyati Baliqchi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 nafardan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Bagʻdod tumanidagi “Konizar” MFY dagi “Nuroniylar maskani”da Fargʻona viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi. Unda Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev ham ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida huquqiy masalalarga oid 11 ta murojaat kelib tushdi. Qabul davomida masʼullar tomonidan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, sogʻliqni saqlash, bandlik, ishga joylashish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarda murojaatlar yoʻllandi.

Masalalar atroflicha oʻrganilib, shu kunning oʻzida 3 ta masala joyida ijobiy hal etildi. Qoʻshimcha oʻrganish va vaqt talab etiladigan 5 ta masala qonunlar doirasida koʻrib chiqish uchun adliya ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navbahorliklarning huquqiy masalalari oʻrganildi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. "Sovungar" mahallasi hududida oʻtkazilgan qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, Navbahor tumanida bugungi kunda 117 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Daromad asosan dehqonchilik va chorvachilik orqasidan. Navbahorliklarning asosiy masalasi davlat tashkilotida doimiy ish bilan bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq.

Sayyor qabul davomida ham mazkur yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Farzandini taʼlim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qoʻyish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil maʼlumotlari, soliq va kadastr hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish singari bir qator yoʻnalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.

@adliyangiliklari