#Adliya_va_yoshlar
Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.
Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.
Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.
Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillari uchun tashkil qilingan yuridik xizmatlar bo’yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Mazkur malaka oshirish kurslari ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillarining yuridik xizmatlar ko'rsatish hamda adliya va huquq sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, Xitoy davlatining tajribasi bilan o'rtoqlashish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o'rtasida o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan.
Ushbu tadbirda O'zbekiston delegatsiyasidan tashqari, Xitoy, Rossiya, Eron, Belаrus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Mo'g'iliston, Ozarbayjon, Kambodja va Pokiston davlatlari Adliya vazirliklari vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
Malaka oshirish kurslarida huquq sohasi bo’yicha professor o’qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda ekspertlar tomonidan notariat, advokatura hamda yuridik xizmatlarga oid mavzular bo’yicha o’quv-seminarlar o’tkazilmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.

#videodaydjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

#Adliyadan_javob
❓ Tug‘ilganlikni qayd etishda otaning familiyasi, ismi va ota ismida imlo xatoliklari mavjud bo‘lsa, bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qanday qayd qilinishi mumkin?
— O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni 15-moddasiga asosan agar otaning familiyasi, ismi va ota ismida imlo xatoliklari mavjud bo‘lsa, ota-onaning xohishiga ko‘ra bolaning tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi imlo xatoliklari bartaraf etilgan holda qayd qilinishi mumkin.
Bolaning familiyasiga “-ev”, “-ov”, “-eva”, “-ova” kabi hamda ota ismiga “-evich”, “-ovich”, “-evna”, “-ovna”, “qizi”, “o‘g‘li”, “-iy”, “-xon”, “-xo‘ja”, “-xoji”, “-bek”, “-zoda”, “mir-”, “abdu-” kabi qo‘shimchalarini kiritish yoki shu kabi qo‘shimchalarni familiya va ota ismidan olib tashlash orqali tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvi qayd etilishi mumkin.
_______________
❓ Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi kim tomonidan tasdiqlanadi?
— Otalikni belgilashda ota-onalardan biri ishtirok etmagan taqdirda uning imzosi qonunchilikda belgilangan tartibda (notarius, O‘zbekiston Respublikasining konsullik muassasasining mas’ul shaxsi yoki tibbiyot muassasasi, FHDY organi, harbiy qism yoki jazoni o‘tash muassasasi rahbarining imzosi va muhri bilan) tasdiqlanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik
⚡️Endilikda, litsenziatlar “Litsenziya” axborot tizimida o‘z litsenziya va ruxsatnomalarini to‘xtatib turish uchun onlayn ariza berishlari mumkin
O‘zbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi Qonunining 32-moddasi o‘n ikkinchi qismiga ko‘ra: litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan shaxs litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini olti oygacha muddatga to‘xtatib turish haqida vakolatli organga “Litsenziya” axborot tizimi orqali onlayn ariza bilan murojaat qilish imkoniyati yaratildi.
🖥Murojaatlar:
– "Litsenziya" axborot tizimidagi litsenziatning shaxsiy kabineti orqali yuboriladi.
Xizmatdan foydalanuvchilar: Litsenziat yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatni olgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Ariza yuborilganidan so'ng, Litsenziya yoki ruxsatnomaning amal qilish muddatini olti oygacha bo‘lgan muddatga to'xtatib turish to'g'risida qaror avtomatik shakllantiriladi va arizachiga taqdim etiladi.
❗️Eslatma: agar litsenziat olti oy ichida litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini qayta tiklash to‘g‘risida tizim orqali ariza bilan murojaat etmagan bo‘lsa hujjatning amal qilishi tugatiladi.
Litsenziyaning yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini to‘xtatib turish va qayta tiklash to‘g‘risidagi axborot bir kun ichida maxsus elektron tizimga joylashtiriladi.

❓ Mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir talablar qanday maqsadlarda belgilanadi?
— Mehmon uylari, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlarga doir talablar quyidagi maqsadlarda belgilanadi:
▫️mehmon uyi, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarning vaqtincha yashash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish sohasiga muvofiqligini tasdiqlash;
▫️ mehmon uyi, xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlar egasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar va zarur moddiy-texnik bazasining mavjudligini tasdiqlash;
▫️ xizmat ko‘rsatishning zarur darajadagi sifatini va tashrif buyuruvchilarning (turistlarning) xavfsizligini ta’minlash.
Mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda Oilaviy mehmon uylari faoliyatini tashkil etishda yaratiladigan majburiy sharoitlar ro‘yxati bo‘yicha sharoitlar yaratilgan bo‘lishi shart.
Mehmon uylarida Oilaviy mehmon uylarini jihozlash va ular tomonidan qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish bo‘yicha tavsiyalarga muvofiq qo‘shimcha xizmat turlarini ko‘rsatish hamda Oilaviy mehmon uylarida mavjud bo‘lishi tavsiya etiladigan buyumlar ro‘yxatidagi buyumlarning mavjud bo‘lishi tavsiya etiladi.
Xostellar, o‘tovli va chodirli oromgohlarga doir majburiy talablar standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlar bilan belgilanadi.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 27-noyabrdagi 622-son qarori.

Forwarded from TDYU • ТГЮУ • TSUL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Davlat xizmatlari yangiliklari
#Adliya_so‘rovnoma
🔉Azizlar! Sizning fikringiz biz uchun muhim.
❗️Eslatib o‘tamiz, aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasini yana-da takomillashtirish maqsadida navbatdagi onlayn so‘rov o‘tkazilmoqda.
📝Barchani so‘rovdan o‘tib, davlat xizmatlari sohasini yana-da yaxshilashga o‘z hissasini qo‘shishga chorlaymiz.
✅SO‘ROVNOMA TO‘LDIRISH