Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12K subscribers
13.4K photos
1.35K videos
32 files
5.06K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navbatdagi manzil Gʻuzor tumanidagi “Mustaqillik” mahallasida boʻldi.
Adliya vaziri Akbar Toshqulov ushbu mahallada “yettilik”ning amalga oshirayotgan ishlari bilan tanishdi.

Uchrashuvda tuman adliya boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborot berdi.

Shuningdek, vazir “Adliya mahalla” va “Onlayn mahalla” platformalari bilan ishlash boʻyicha faoliyat bilan tanishib, ishlarni toʻgʻri tashkil etish, xato-kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik hamda belgilangan talablarga qatʼiy amal qilish boʻyicha oʻzining koʻrsatmalarini berdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda 1208 ta huquqiy muammo aniqlanib, 741 tasi qanoatlantirilgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari Yunusobod tumanidagi “Boʻzsuv” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shundan soʻng “mahalla yettiligi” tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati oʻrganildi.

Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar ham berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya xodimlari aholi murojaatlarini oʻrganmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov va Toshkent shahar adliya boshqarmasi xodimlari Yunusobod tumanidagi “Boʻzsuv” mahallasida aholi uchun sayyor qabul oʻtkazdi.

Sayyor qabul davomida kadastr hujjatini rasmiylashtirish, moddiy yordam olish, bola puli, davolanish uchun order, ishgajoylashish, kommunal sohalarga oid masalalarda 30 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Shundan, 4 ta murojaat joyida oʻz yechimini topdi, 9 ta murojaat boʻyicha tegishli huquqiy tushuntirishlar berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab qiladigan 17 ta murojaat ish yurituvga qabul qilinib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Huquqiy muammongiz bormi? Uni qanday hal etishni bilmayapsizmi? Bunda adliya organlari sizga yordam beradi.

Endilikda siz “Online mahalla” elektron platformasi orqali o‘zingizni qiziqtirgan huquqiy masalalarga yechim topish bilan birgalikda buzilgan huquqlaringizni tiklash imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Batafsil 👉 videorolikda

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri intellektual mulk sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi

Adliya vaziriga Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2024-yil davomida hududda intellektual mulk obyektlarini himoya qilishga oid ishlar toʻgʻrisida axborot berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi xodimlari hamda Qashqadaryo adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 16–18-dekabr kunlari savdo nuqtalaridagi realizatsiya qilinayotgan kontrafakt mahsulotlar yuzasidan oʻtkazilgan profilaktik tadbirlar haqida va intellektual mulk obyektlarini roʻyxatdan oʻtkazishda berilayotgan amaliy yordam toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qashqadaryo viloyatida NNT vakillari bilan uchrashdi

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan tadbirda NNT vakillarining faoliyati, muammolari va ularning yechimlari haqida soʻz yuritildi.

Shuningdek, jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga jamoat birlashmalarining oʻrni, fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, aholining birlamchi huquq va erkinliklariga rioya etilishi, nikoh, oila va taraflarning majburiyatlari aytib oʻtildi.

Shu bilan birga aholiga sifatli yuridik va davlat xizmatlari koʻrsatilishi, huquqbuzarliklarni oldini olish hamda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama etildi.

Ishtirokchilar tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatida vujudga kelayotgan huquqiy muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Qarshi shahrida yuridik texnikum binosi foydalanishga topshirildi

Ochilish marosimida adliya vaziri Akbar Toshqulov, viloyat hokimi Murodjon Azimov, hududdagi huquqni muhofaza qiluvchi organ rahbarlari, yoshlar, OAV hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Mazkur bino Adliya vazirligi mablagʻlari hisobidan zamonaviy talablar asosida toʻliq kapital rekonstruksiya qilindi.

Mehmonlar oʻquvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, zamonaviy auditoriyalar, anjumanlar zallari, oʻquv xonalari, kutubxona, ovqatlanish hamda axborot-resurslari maskanlari bilan yaqindan tanishdilar.

Dunyo standartlariga mos ravishda qurilgan, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan mazkur oʻquv bino dizayniga innovatsion yondashilgani har bir detalda oʻz aksini topgan.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov hududiy adliya organlari faoliyatini oʻrganmoqda

Xususan, Toshkent viloyatidagi adliya organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF–80-son Farmoni ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan aholining kundalik hayotida eng koʻp uchraydigan huquqiy muammolarini aniqlash va bartaraf etish borasidagi ishlarga alohida eʼtibor qaratish lozimligi taʼkidlandi.

Bu borada Yangiyoʻl tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazilib sohadagi ustuvor vazifalar, xodimlarning xalqchil adliya tizimini yanada takomillashtirish borasidagi taklif va mulohazalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatlari markazi va FHDY boʻlimida aholiga qulaylik yaratish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan yangi xizmat turlari va xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

Bundan tashqari, vazir oʻrinbosari A.Karimov tuman FHDY boʻlimi arxiv faoliyati bilan ham tanishdi. Boʻlim tomonidan fuqarolarga koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, arxiv boʻlimining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holatini koʻzdan kechirdi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Hududlarda davlat xizmatlarini koʻrsatish samaradorligi va tadbirkorlarga yaratilayotgan sharoitlar oʻrganilmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib, joylarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlar muammolari hamda adliya organlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni tahlil qildi.

Xususan, vazir oʻrinbosari tomonidan Asaka tumanida tadbirkorlar bilan manzilli muloqotlar oʻtkazilib, tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Asakatekstil” MChJ hamda avtotransport vositalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi “ADM Eleсtriсs” MChJ faoliyati yuzasidan soliq, kommunal xizmatlar hamda eksport hajmini oshirish bilan bogʻliq muammolarning huquqiy yechimi muhokama qilindi.

Shuningdek, Marhamat tumani “Rohat” mahallasida qurilayotgan “Mingtepa” gidro elektrostansiyasidagi tadbirkorlar va investorlar bilan oʻtkazilgan muloqot davomida loyihani amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan Andijon viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, tizimli huquqiy muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish ishlari yuzasidan koʻrsatmalar berildi.

Shu bilan birgalikda, Andijon viloyat davlat arxivi, Asaka tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY boʻlimlari faoliyati bilan tanishilib, yangi joriy etilgan xizmatlar samaradorligi oʻrganildi.

📌 Kanalga ulanish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM