#Adliya_xabari
“IDROK” intellektual oʻyinining g‘oliblari aniqlandi
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan yuridik texnikum o‘quvchilari o‘rtasida “IDROK” intellektual oʻyinining Respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.
Respublika bosqichi ikkinchi yo‘nalishida o‘quvchi-yoshlar jamoaviy tarzda “Zakovat” intellektual o‘yinida bellashdi.
Qizg‘in bahs-munozalarlarga boy bo‘lgan intellektual o‘yin natijalariga ko‘ra:
🥇1-o'rin Navoiy viloyati yuridik texnikumi
🥈2-o'rin Namangan viloyati yuridik texnikumi
🥉3- o'rin Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi.
G‘olib jamoalar tegishlicha 10 mln so‘m, 8 mln so‘m va 6 mln so‘m pul mukofotlari hamda esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Intellektual o‘yin davomida o‘quvchi-yoshlar nafaqat bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi, balki o‘zaro muloqot, do‘stlik aloqalarini ham mustahkamladi.
@adliyangiliklari

#Adliya_va_yoshlar
Adliya vaziri tizimdagi faol yoshlar bilan uchrashdi
Joriy yil 15-dekabr kuni Adliya vaziri A. Toshqulov hududiy adliya organlarida mehnat faoliyatini olib borayotgan faol yosh mutaxassislar bilan uchrashdi.
Maqsad – iqtidorli yosh xodimlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularda tizimga bo‘lgan sadoqat va fidoiylik qadriyatlarini shakllantirish, ularning xizmatga moslashuvini, kasbiy rivojlanish jarayonlarini tezlashtirish, yuqori tajribaga ega malakali xodimlarning ish amaliyoti bilan yaqindan tanishishtirish hamda tajriba almashish amaliyotini yo‘lga qo‘yishdir.
Uchrashuvda Adliya vaziri tomonidan tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda yoshlarning alohida o'rni va ishtiroki muhimligi ta’kidlandi.
Yosh mutaxassislar tomonidan faoliyatni yanada takomillashtirish va ularni qo'llab-quvvatlash yuzasidan taklif va tashabbuslari tinglanib, mehnat faoliyati unumdorligini oshirish, ulkan maqsadlarga erishish yuzasidan kerakli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, yosh xodimlar vazirlikda yaratilgan shart-sharoitlar, tarkibiy bo'linmalarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.
Bundan tashqari, ular "Adliya organlari tarixi muzeyi", "Media markazi"da ham bo‘lib, O'zbek Milliy akademik drama teatrida ma'naviy hordiq chiqarishdi.

O'zbekiston Adliya vazirligi delegatsiyasi Xitoyning Pekin shahrida bo’lib o’tayotgan Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillari uchun tashkil qilingan yuridik xizmatlar bo’yicha malaka oshirish kurslarida ishtirok etmoqda.
Mazkur malaka oshirish kurslari ShHTga a’zo davlatlar Adliya vazirliklari vakillarining yuridik xizmatlar ko'rsatish hamda adliya va huquq sohasidagi bilim va ko'nikmalarini oshirish, Xitoy davlatining tajribasi bilan o'rtoqlashish, shuningdek, ishtirokchi davlatlar o'rtasida o’zaro tajriba almashish maqsadida tashkil qilingan.
Ushbu tadbirda O'zbekiston delegatsiyasidan tashqari, Xitoy, Rossiya, Eron, Belаrus, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Mo'g'iliston, Ozarbayjon, Kambodja va Pokiston davlatlari Adliya vazirliklari vakillari ham ishtirok etmoqdalar.
Malaka oshirish kurslarida huquq sohasi bo’yicha professor o’qituvchilar, malakali mutaxassislar hamda ekspertlar tomonidan notariat, advokatura hamda yuridik xizmatlarga oid mavzular bo’yicha o’quv-seminarlar o’tkazilmoqda.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_layfxak
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz nima qilish kerak?
“Mobile ID” tizimidan ro‘yxatdan o‘tish juda oson. Buning uchun siz bir marotaba shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki haydovchilik guvoxonomasi) bilan respublikada mavjud davlat xizmatlari markazlari yoki notariuslarga tashrif buyurishingiz kifoya.
▫️Davlat xizmatlari markazi operatori yoki notariusga shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etasiz va mobil raqamingizni ma'lum qilasiz;
▫️operator yoki notarius tizim orqali sizni “one.id” tizimi orqali ro‘yxatga o‘tganligingizni tekshiradi va ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz ro‘yxatdan o‘tkazadi;
▫️tizim orqali biometrik ma'lumotlaringiz tasdiqlanadi;
▫️ telefon raqamingizga tasdiqlovchi kod yuboriladi va kod tizimga kiritiladi.
Endi siz mobil raqamingiz orqali YIDXP (my.gov.uz) portali va boshqa ko‘pgina moliyaviy xizmatlarga telefoningiz orqali buyurtma berishingiz va tasdiqlashingiz mumkin.