Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.1K subscribers
13.4K photos
1.38K videos
32 files
5.14K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Sovrinli viktorina, “Konstitutsiya tarixi” burchagi va fotoko‘rgazmasi. “Konstitutsiya ko‘chasi”da bayram qanday o‘tdi?

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan 2024—2034-yillarda O‘zbekiston Respublikasida bolalarning odil sudlovdan foydalanilish tizimini yana-da takomillashtirish milliy strategiyasi Loyihasi yuzasidan davra suhbati tashkil etildi.

Davra suxbatida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati aʼzolari, hukumat, fuqarolik jamiyati, xalqaro tashkilotlar vakillari o‘z taqdimotlari bilan ishtirok etishdi.

Ishtirokchilar mazkur loyihani qabul qilish ahamiyati, bugungi kundagi Voyaga yetmaganlar bilan ishlash sohasidagi holatlar muhokama qilinib, yuzasidan o‘zlarining taklif va mulohazalri bildirdilar.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

Adliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiya bayramini yuqori saviyada o‘tkazish borasida amalga oshirilgan ishlar


AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida shu mavzuda brifing bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Ommaviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ish olib boradilar.

Davlat ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligini, ularning axborotni izlash, olish, undan foydalanish va uni tarqatishga bo'lgan huquqlari amalga oshirilishini kafolatlaydi.

Ommaviy axborot vositalari o'zi taqdim etadigan axborotning ishonchliligi uchun javobgardir.

81-modda.

@adliyangiliklari
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Adliya vazirligi tomonidan Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi

Ushbu Nizomda O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vazirligi stipendiyasini tayinlash va to‘lash tartibi belgilandi.

Stipendiya har oylik to‘lov shaklida Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining sport terma jamoalari asosiy yoki zaxira tarkibiga kiritilgan hamda belgilangan mezonlarga mos keluvchi sportchilarga tayinlanadi.

Stipendiya O‘zbekiston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligida tuziladigan Stipendiya komissiyasi tomonidan tayinlanadi.

Sport turlarini rivojlantirish respublika markazlari hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi har chorak birinchi oyining 5-sanasiga qadar belgilangan mezonlar asosida sport terma jamoalari tarkibidagi sportchilardan stipendiyaga nomzodlar ro‘yxatini tuzadi va Stipendiya komissiyasiga taqdim qiladi.

Stipendiya komissiyasi masʼul ijrochilar tomonidan taqdim qilingan stipendiyaga nomzod sportchilar ro‘yxatini va ularning musobaqalarda erishgan natijalarini tasdiqlovchi hujjatlarni 15 kun ichida ko‘rib chiqadi.

Stipendiya komissiyasi yig‘ilishida umumiy ovoz berish yo‘li bilan stipendiya tayinlash va to‘lash to‘g‘risida yoki stipendiya tayinlashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Stipendiya bir yil muddat davomida har oy mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 3 baravari miqdorida to‘lanadi.

Stipendiya harbiylar o‘rtasidagi va talabalar o‘rtasidagi jahon chempionatlarida sovrindor bo‘lganlar uchun ham tayinlanadi.

@adliyangiliklari
#HR_seminar

Adliya vazirligi tomonidan Yuristlar malakasini oshirish markazi bilan hamkorlikda adliya organlari va muassasalarining inson resurslarini boshqarishga mas’ul bo‘linmalari xodimlari uchun o‘quv-seminari tashkil etildi.

Seminarida dastlab, vazirlikning Inson resurslari boshqarmasi xodimlari tomonidan “MinJust HR” avtomatlashtirish tizimi orqali mehnat ta’tillarini berish va rasmiylashtirishning yangi tartibi bo‘yicha, so‘ngra Yuristlar malakasini oshirish markazining Kasbiy koʻnikmalarni rivojlantirish kafedrasi mudiri X.Fayziyev tomonidan mehnat qonunchiligidagi yangiliklar, xodimlarga oid kafolatlar, mehnat intizomi: tushunchasi va uni ta’minlash usullari, xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish va intizomiy jazolarni qo‘llash tartibi bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

O‘quv-seminari yakuni bo‘yicha vazirlik Inson resurslari boshqarmasi boshlig‘i Sh.Kuchkarov ishtirokchilarga HR xizmatiga oid hujjatlarni tayyorlash, mehnat intizomini ta’minlash, xodimlarning kasbiy odob-ahloqini mustahkamlash, inson resurslaridan samarali foydalanish hamda xodimlarga zarur shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalarni berib o‘tdi.

@adliyangiliklari
#Infografika

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Sud ballistika va izshunoslik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

Senzuraga yo'l qo'yilmaydi.

Ommaviy axborot vositalarining faoliyatiga to'sqinlik qilish yoki aralashish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'ladi.

82-modda.

@adliyangiliklari
#Konstitusiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi

O'zbekiston Respublikasining saylov huquqiga ega bo'lgan, yuz ming nafardan kam bo'lmagan fuqarolari, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati, O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo'yicha vakili (ombudsman), O'zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi qonunchilik takliflarini qonunchilik tashabbusi tartibida O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga haqli.

Qonun loyihalarini, qonunchilik takliflarini kiritish va ko'rib chiqish tartibi qonun bilan belgilanadi.

98-modda.

@adliyangiliklari