#Adliya_xabari
“Adolat qanotlari” targ‘ibot guruhi Ishtixonda
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi bayrami munosabati bilan “Obod xonadon”, “Obod ko‘cha” va “Obod mahalla” mezonlari asosida Samarqand viloyatida foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy obyektlarda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan “Adolat qanotlari” guruhi targ‘ibot ishlarini olib borishmoqda.
Ishtixon tumani “Chag‘atoy” mahallasida tashkil etilgan ana shunday tadbirda fuqarolarga yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati, unga kiritilgan o‘zgartishlar va ularning ahamiyati yoritilgan targ‘ibot marterialari tarqatilib, aholi orasida tushuntirish ishlari hamda mavzu doirasida so‘rovnomalar o‘tkazilmoqda.
@adliyangiliklari

Adliya vazirligi mas'ul xodimlari va Toshkent davlat yuridik universitetining targ‘ibot guruhlari tomonidan Toshkent shahridagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida “Konstitutsiya darslari” o‘tkazilmoqda
👉Batafsil

#Infografika
X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Yong’in texnikaviy ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida umumiy ma'lumot infografikada

#Adliya_xabari #Konstitutsiya_haftaligi
“Konstitutsiya ko‘chasi”ga marhamat!
❕O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayrami munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Toshkent shahrining Sayilgoh ko‘chasi va barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Konstitutsiya ko‘chasi” tashkil etiladi.
🔘 Tadbir doirasida:
➖ fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etiladi;
➖ taniqli san'atkorlar ishtirokida gala-konsert, ko‘ngilochar-madaniy va boshqa tadbirlar bo‘lib o‘tadi;
➖ sovrinli viktorinalar o‘tkaziladi;
➖ sayyor qabullar tashkil etiladi.
🗓 Toshkent shahridagi tadbir “Sayilgoh” ko‘chasida 2023-yilning 5-dekabr kuni soat 11:00 da boshlanadi.
Barcha yurtdoshlarimizni “Konstitutsiya ko‘chasi”da o‘tkaziladigan tadbirlarda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
Farzandlar ota-onasining nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qat'i nazar, qonun oldida tengdirlar.
Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta'minlash hamda himoya qilish, uning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan to'laqonli rivojlanishi uchun eng yaxshi shart-sharoitlarni yaratish davlatning majburiyatidir.
Onalik, otalik va bolalik davlat tomonidan muhofaza qilinadi.
Davlat va jamiyat bolalarda hamda yoshlarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni, mamlakatidan hamda xalqning boy madaniy merosidan faxrlanishni, vatanparvarlik va Vatanga bo'lgan mehr-muhabbat tuyg'ularini shakllantirish to'g'risida g'amxo'rlik qiladi.
78-modda.

Huquqiy targ‘ibot aʼlochilari aniqlandi
🎖 Aholining huquqiy savodxonligini oshirish, qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini keng aholi ommasiga tezkor va tushunarli yetkazishdagi xizmatlari uchun bir guruh davlat organlari va tashkilotlar xodimlari, OAV vakillari hamda jamoatchilik faollari “Huquqiy targ‘ibot ishlari aʼlochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
🔘 Jumladan:
▫️Atabek Davronbekovich Babadjanov — Toshkent davlat yuridik universitetining Magistratura va sirtqi taʼlim fakulteti dekani, yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent;
▫️ Dilfuza Rustamovna Irgasheva — “Adolat” milliy huquqiy axborot markazi Huquqiy targ‘ibot ishlarini amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i;
▫️Nazirjon Boltaboy o‘g‘li Kosimov — Bojxona qo‘mitasi Yuridik boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari;
▫️Inobat Qodirovna Normurodova — “O‘zbekiston” telekanali Ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy dasturlar Bosh muharririyati siyosiy sharhlovchisi;
▫️Nilufar Alimovna Sattarova — Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasining Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi;
▫️G‘ulom Ikromovich Sultonov — Navoiy viloyat teleradiokompaniyasi direktori;
▫️ Suxrob Abdikarimovich Ziyadullayev — Soliq qo‘mitasi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori;
▫️Hayot Neʼmatovich Shamsutdinov — O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur ko‘krak nishoni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni asosida taʼsis etilgan.
Ko‘krak nishoni Konstitutsiya kuni arafasida tantanali ravishda o‘z egalariga topshiriladi. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga BHMning 4 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

#Adliyadan_javob
❓ “Avtomobil tarixi” ma’lumotlari avtotransport vositasiga doir qanday axborotlarni o‘z ichiga oladi?
— “Avtomobil tarixi” ma’lumotlari avtotransport vositasiga doir quyidagi axborotlarni o‘z ichiga oladi:
▫️avtotransport vositasining agregat ma’lumotlari (davlat raqami belgisi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sana, rusumi (modeli), ishlab chiqarilgan yili, turi, kuzov (shassi) raqami, to‘la (yuksiz) vazni, dvigatel raqami va quvvati, yonilg‘i turi, rangi, o‘rindiqlar soni, alohida belgilari yoki o‘zgargan agregat ma’lumotlari (mavjud bo‘lsa);
▫️bosib o‘tgan masofasi (mavjud bo‘lsa);
▫️fuqarolik-huquqiy shartnoma (bitim)lar tuzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar (ishonchnoma, ijara, hadya, meros, oldi-sotdi shartnomasi va boshqalar);
▫️yo‘l-transport hodisasi sodir etilganligi (mavjud bo‘lsa);
▫️avtotransport vositasi ishtirokida sodir etilgan qoidabuzarliklar (mavjud bo‘lsa);
▫️avtotransport vositasining garovda ekanligi haqidagi (mavjud bo‘lsa);
▫️avtotransport vositasiga nisbatan taqiq mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi;
▫️bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tgan sana to‘g‘risidagi ma’lumot;
avtotransport vositasiga yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziya varaqasi olinganligi (olinmaganligi) haqidagi ma’lumotlar.
Vakolatli organ manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda “Avtomobil tarixi” ma’lumotlariga qo‘shimcha ma’lumotlar kiritishi mumkin.
___________
❓ “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini olishda ariza beruvchi tomonidan qanday ma’lumotlarni olishga yo‘l qo‘yilmaydi?
— Ariza beruvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan istalgan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini olishga yo‘l qo‘yiladi, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi, mudofaa va davlat xavfsizlik xizmati sohasidagi, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tegishli avtotransport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bundan mustasno.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 9- martdagi 106-son qarori.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Konstitutsiyaning_30_ta_asosiy_qoidasi
Davlat yoshlarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy, ekologik huquqlari himoya qilinishini ta'minlaydi, ularning jamiyat va davlat hayotida faol ishtirok etishini rag'batlantiradi.
Davlat yoshlarning intellektual, ijodiy, jismoniy va axloqiy jihatdan shakllanishi hamda rivojlanishi uchun, ularning ta'lim olishga, sog'lig'ini saqlashga, uy-joyga, ishga joylashishga, bandlik va dam olishga bo'lgan huquqlarini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratadi.
79-modda.

❓ Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar nimaga asosan bekor qilinishi mumkin?
— Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.
@adliyangiliklari
— Tug‘ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuviga kiritilgan otasi haqidagi ma’lumotlar har qanday holda ham faqat sudning qonuniy kuchga kirgan qaroriga asosan bekor qilinishi mumkin.
Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumani adliya bo'limlari va mazkur hududlarda faoliyat yuritayotgan davlat organlari va tashkilotlari mas'ullari fuqaro murojaatlarini qabul qilishdi.
Davlat xizmatlari markazlari fuqarolar eng ko'p murojaat qiladigan maskanlardan biridir. Endilikda kundalik turmush davomida foydalaniladigan xizmatlarning aksariyati ana shu muassasa orqali amalga oshirilmoqda. Sayyor qabul davomida asosan, Uchquduq va Tomdi tumanlarining olis ovullaridan tashrif buyurgan fuqarolar mazkur yo'nalishdagi yumushlarini o'z joyida hal etib ketishdi.

Umummilliy Konstitutsiya imtihonining final bosqichi g‘oliblari aniqlandi