#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining “Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ilmiy asoslanganlik darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2025-yil 22-yanvardagi 29-son qarori bilan qonunchilik hujjatlarini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, endilikda qonun loyihalari majburiy ravishda, qonunosti hujjatlari zaruratga ko‘ra ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Ekspertiza tegishli sohadagi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Adliya vazirligi ilmiy ekspertizadan o‘tkazuvchi davlat ekspertlik ilmiy-tadqiqot muassasalari, davlat ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda davlat oliy ta'lim muassasalarining reyestrini yuritadi.
Ilmiy ekspertizada loyihaning nazariy va ilmiy asoslarga muvofiqligi, sohada mamlakatni rivojlantirish konsepsiya va strategiyalari, zamonaviy yondashuvlarga mosligi o‘rganiladi hamda loyihani takomillashtirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Ekspertiza natijalari bo‘yicha loyiha ilmiy asoslanganligi, yetarli darajada ilmiy asoslanmaganligi yoki ilmiy asoslanmaganligi to‘g‘risida xulosa beriladi.
Ushbu xulosa loyihani Adliya vazirligi va qabul qiluvchi organlarga kiritishda ilova qilinishi shart.
Shuningdek, aholini oldindan xabardor qilish va jamoatchilik fikrini olish uchun vazirlik va idoralar o‘z ishlab chiqayotgan yoki ishlab chiqishni rejalashtirayotgan loyiha to‘g‘risida rasmiy veb-saytiga ma'lumot joylashtirib borishi shart. Ushbu ma'lumotda loyihaning mazmuni, taklif yuborish muddati va aloqa manzillari ko‘rsatiladi hamda kelib tushgan takliflarni ko‘rib chiqish natijalarini ham saytga yuklaydi.
Shu bilan birga, zarur hollarda bevosita manfaatdor tomonlar bilan muhokamalar tashkil qilingan holda ko‘rib chiqiladi.
📌 Kanalga ulanish

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Adliya vazirligi tomonidan Pullik tibbiy xizmat koʻrsatadigan davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash tartibi (roʻyxat raqami 3603, 2025 yil 27-yanvar) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Mazkur tartib bilan Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi davlat davolash-profilaktika muassasalarini moliyalash hamda tibbiy xizmatni tashkil etish bilan bogʻliq qoidalar belgilandi.
Davolash-profilaktika muassasalarida davolanuvchilarga tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etishda barcha smeta va buxgalteriya hujjatlarini yuritish bepul va pullik xizmatlar boʻyicha alohida olib boriladi.
Davolash-profilaktika muassasasida davolanuvchilarga pullik xizmatlar koʻrsatish ushbu maqsadlar uchun ajratilgan alohida boʻlimlarda (yoki ixtisoslashtirilgan pullik boʻlim palatalarida) amalga oshiriladi.
Tibbiy xizmatga toʻlovning eng koʻp qiymati davolash-profilaktika muassasasi tomonidan byudjet mablagʻlari hisobiga koʻrsatilayotgan aynan shunday xizmatlar qiymatining 25 foizidan ortiq boʻlishi mumkin emas.

Adliya vazirligi tomonidan Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3604, 27.01.2025- y.) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizomda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish, taqsimlash va hisobga olish tartibi belgilangan.
➖Giyohvandlik vositalarini saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.
Giyohvandlik vositalari seyflarda saqlanadi. Seyflar yopiq holda boʻlishi kerak.
Giyohvandlik vositalarini jismoniy shaxslarga shifokor retsepti asosida realizatsiya qilish (berish) quyidagi shaxslar tomonidan amalga oshiriladi:
▫️dorixona mudiri;
▫️farmatsevt (provizor);
▫️dorixona farmatsevti assistenti.
Giyohvandlik vositalari Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligidagi dorixonadan mazkur maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan davolash-profilaktika muassasasining retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).
➖Psixotrop moddalarni saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.
Psixotrop moddalar dorixona omborxonalarining seyflarida yoki metall javonlarda saqlanadi.
Psixotrop moddalar Oʻzbekiston Respublikasining tegishli maʼmuriy-hududiy birligidagi dorixonadan mazkur maʼmuriy-hududiy birlikda joylashgan davolash-profilaktika muassasasining retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).
Davolash-profilaktika muassasasining dorixonasida psixotrop moddasining zaxirasi bir oylik ehtiyojdan oshmasligi, boʻlimlarida esa ikki haftalik ehtiyojdan oshmasligi kerak.
Psixotrop moddalar hisobi sahifalari raqamlangan va ip oʻtkazib tikilgan, davolash-profilaktika muassasasi muhri va rahbar imzosi bilan tasdiqlangan maxsus kitobda olib boriladi.
➖Prekursorlarni saqlash, realizatsiya qilish, berish va hisobga olish boʻyicha.
Tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalari metall javonlarda saqlanadi.
Tez alangalanuvchi prekursorlar zich yopiladigan, chidamli (pishiq) shisha yoki metall idishlarda saqlanadi.
Idishlar uchdan ikki qismidan koʻp boʻlmagan hajmda prekursorlar bilan toʻldirilishi kerak.
Tibbiy maqsadlarda qoʻllaniladigan, tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalarini faqat shifokor retsepti asosida realizatsiya qilinadi (beriladi).
Tarkibida prekursor boʻlgan dori vositalarining hisobi sahifalari raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va dorixona rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan hisobga olish kitobida qayd etiladi.

Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.07.02-24 «Qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirish» shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 331, 27.01.2025-y.) hisobga olindi.
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Xususan, qurilish obyektlarini nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
➖nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalar ehtiyojini inobatga olgan holda ularga xizmat koʻrsatuvchi markazlarni binolarning yertoʻla va yarim yertoʻla (sokol) qavatlariga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmasligi;
➖koʻchalardagi piyodalar yoʻlkalarida, yer osti va yer usti piyodalar oʻtish joylarining harakatlanish yoʻlaklarida, jamoat binolarida, koʻzi ojizlar uchun ixtisoslashtirilgan reabilitatsiya markazlarida hamda taʼlim tashkilotlarining ichki va tashqi harakatlanish yoʻlaklarida, shuningdek zinalar va panduslar oldida ogohlantiruvchi va yoʻnaltiruvchi kontrast rangli maxsus taktil yoʻl qoplamalari yotqizilishi;
➖nogironligi boʻlgan va hayot faoliyati cheklangan shaxslar hamda keksalarning harakatlanish yoʻllarida toʻsiq boʻluvchi darchalar, aylanuvchi turniketlar va aylanma eshiklar kabi qurilmalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmasligi;
➖chorrahalar ovozli-aqlli svetoforlar, taktil qoplamalar, piyodalar oʻtish yoʻlagida boʻrttirilgan tasmalar (zebra), rezina panduslar, koʻcha modul toʻsiqlari, chorraha oʻrtasida xavfsizlik orolchasi hamda maxsus yoʻl belgilar boʻlishi;
➖piyodalar yoʻlkasi, trotuarlar va panduslarni qoplashda qoʻltiqtayoqli va oʻrindiqli aravachadan foydalanadigan nogironligi boʻlgan shaxslarning harakatlanishini qiyinlashtiradigan sochma va yirik tarkibli materiallardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmasligi, beton plitali qoplamalar tekis boʻlishi, plitalar orasidagi choklarning qalinligi 1,0 sm dan oshmasligi kabilar.

Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish uslubiyoti (roʻyxat raqami 3605, 2025 yil 7-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu nizom bilan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini monitoringdan oʻtkazish jarayonlarini uslubiy jihatdan tartibga solish tartibi belgilandi.
Unga koʻra, tadbirkorlik faoliyatiga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga hamda atrof-muhitga taʼsir koʻrsatuvchi qonun hujjatlarining ijrosi ular kuchga kirgandan soʻng besh yil davomida, qonunosti hujjatlarining ijrosi esa ular kuchga kirgandan soʻng uch yil davomida majburiy ravishda har yili monitoringdan oʻtkaziladi.
Monitoring normativ-huquqiy hujjatda uning monitoringi oʻtkazilishiga bevosita masʼul etib belgilangan davlat organi tomonidan, masʼul organ belgilanmagan hollarda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshiruvchi vazirlik va idoralar tomonidan amalga oshiriladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishda monitoring rejasi tayyorlanadi hamda u normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsadlardan kelib chiqqan holda shakllantiriladi va tegishli indikatorlar orqali oʻlchanadi.
Monitoring tegishli maʼlumotlarni yigʻish hamda monitoring natijalari boʻyicha hisobotni toʻldirish orqali amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari quyidagicha baholanadi:
▫️86 – 100 foiz — yaxshi natija (tartibga solish maqsadlariga yuqori darajada erishilgan);
▫️71 – 85 foiz — qoniqarli natija (tartibga solish maqsadlariga sezilarli darajada erishilgan);
▫️1 – 70 foiz — qoniqarsiz natija (tartibga solish maqsadlariga lozim darajada erishilmagan).
Vazirlik va idoralar har yili 1-fevralga qadar oʻtkazilgan monitoring natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni majburiy ravishda oʻzlarining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi hamda tegishliligiga qarab “Ijro.gov.uz” va Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimlari orqali Adliya vazirligiga taqdim etadi.

Adliya vazirligi tomonidan “Fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish” Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiya qoidalari (AR-AIR-002) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi (roʻyxat raqami 3608, 19.02.2025 y.).
Ushbu qoidalarda fuqaro havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi belgilangan.
Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (IKAO) veb-saytidagi “Davlat tanish belgilar, milliy gerblar va umumiy havo kemalar belgilari” roʻyxatida davlat tanish belgisi nazarda tutiladi.
Roʻyxat belgisining va davlat tanish belgisining oʻlchamlari
Har bir roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi guruhidagi harflar va raqamlar bir xil balandlikka ega boʻlishi kerak.
Havodan yengil havo kemalaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining qanotlaridagi qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 50 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Havodan ogʻir havo kemalarining fyuzelyajidagi hamda vertikal dum qanoti yuzasidagi (shu jumladan, vertolyot dum balkasidagi) qayd etiladigan harf va raqamlarning balandligi 30 sm dan kam boʻlmasligi lozim.
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisini qayd etish uchun qoʻllaniladigan harflar lotin alifbosining bosh harflaridan, raqamlar esa, arab raqamlaridan tashkil topadi. Harf va raqamlar bir xil oʻlchamda, naqshlarsiz boʻlishi lozim.
Fuqaro havo kemasining tashqi konstruksiyasi elementlariga boshqa belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qayd etiladi.
Bunda, ushbu belgilar fuqaro havo kemasining tashqi yuzasiga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi koʻrinishini yomonlashtirmaydigan tarzda qayd etiladi.

Davlat tanish belgisi lotin alifbosining “UK” ikkita harfidan, roʻyxat belgisi besh arab raqamlaridan (masalan, UK 32001) tashkil topadi.

“Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari hisobga olindi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan SHNQ 2.05.07-24 “Avtoturargohlar” shaharsozlik normalari va qoidalari (hisob raqami 335, 24.02.2025-y.) hisobga olindi.
Mazkur shaharsozlik normalari va qoidalari aholi punktida joylashgan avtomobillar, mikroavtobuslar, mototransport va velotransportlar avtoturargohlarini loyihalashga oid talablarni belgilaydi.
Xususan, avtoturargohlarni loyihalashtirishda quyidagilar inobatga olinishi kerak:
➖nogironligi boʻlgan shaxslar uchun avtomobillarni saqlash joylarini yer usti avtoturargohlarining birinchi qavatiga, yer osti avtoturargohlarining yuqoridan birinchi qavatiga “Nogironlar” yoʻl belgilari oʻrnatish orqali joylashtirish;
➖avtoturargohlarda ularga xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun xizmat xonalari (nazorat va kassa punktlari, sanitariya uzellari nogironligi boʻlgan shaxslar uchun moʻljallangan xonalar), muhandislik-texnik taʼminoti tarmoqlari, yoʻlovchi liftlari, yuvish joylari, avtomobillar shinalarini saqlash xonalarini loyihalash;
➖koʻp qavatli avtoturargohlarda avtomobillar harakatlanishi uchun panduslar, qavatlararo qiya yopmalar, maxsus avtomobil liftlari yoki mexanizatsiyalashgan qurilmalar boʻlishi;
➖avtoturargohlar ikki va undan ortiq qavatda joylashtirilganda, yongʻin vaqtida havo bosimi beriladigan shaxtalarga kamida ikkita yuk liftini oʻrnatish zarurligi;
➖yopiq turdagi avtoturargohlardagi elektromobillar va gibrid avtomobillar uchun quvvatlantirish stansiyalari bilan jihozlangan avtomobil-oʻrinlarni oʻz ichiga olgan xonaning bir qismi 1200 m2 dan oshmaydigan alohida yongʻinga qarshi seksiyaga ajratilishi;
➖elektromobillar va gibrid avtomobillarni quvvatlantirish stansiyalari oʻrnatilgan avtomobil-oʻrinlariga ega yopiq avtoturargohlar, maydonidan qatʼi nazar avtomatik yongʻin oʻchirish qurilmalari bilan jihozlanishi;
➖koʻp kvartirali uylarda uyning birinchi qavatida kvartiralar joylashgan holda uyning birinchi qavati bilan yer osti avtoturargohini noturar qavat yoki texnik qavat bilan ajratilishi;
➖avtoturargohlar turidan, sigʻimi va foydalanish sharoitidan kelib chiqib (elektr taʼminoti, elektr yoritish, avariya (evakuatsiya) rejimidagi yoritish, suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqazib yuborish, isitish, ventilyatsiya, avtomatik yongʻin oʻchirish signalizatsiyasi, video kuzatuv) muhandislik tizimlari va jihozlari bilan taʼminlanishi kabilar.

Anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyati toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3610, 2025 yil 28-fevral) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu Nizom bilan qimmatli qogʻozlar bozorida anderrayting faoliyatini amalga oshirish tartibi, shuningdek qimmatli qogʻozlarni chiqarish va (yoki) joylashtirishda emitent va anderrayter oʻrtasidagi munosabatlarning asoslari belgilandi.
Unga koʻra, anderrayting faoliyati investitsiya vositachilari va tijorat banklari tomonidan amalga oshiriladi.
Bunda, anderrayting faoliyatini amalga oshirish uchun:
➖investitsiya vositachilari qimmatli qogʻozlar bozorini tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi tomonidan berilgan investitsiya vositachisi sifatida faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga;
➖tijorat banklari esa Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan berilgan bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega boʻlishi lozim.
Emitent va anderrayter oʻrtasidagi qimmatli qogʻozlarni joylashtirish jarayonidagi oʻzaro munosabatlar ular oʻrtasida tuzilgan anderrayting xizmatlarini koʻrsatish toʻgʻrisidagi shartnoma bilan belgilanadi.
Qimmatli qogʻozlarni joylashtirishda ehtimoliy zarar koʻrish tavakkalchiligini taqsimlash maqsadida anderrayterlarning vaqtinchalik birlashmasi tashkil etilishi mumkin.

📣 Ayrim davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkaziladi
Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkazilmoqda. Bu esa xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
✔️ Jamoat birlashmalari yoki uyushmalar tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
➖ Rieltorlarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Baholovchilarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish;
➖Baholovchilarga toifalar berish;
➖ Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
➖Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.
✔️ Akkreditatsiyadan oʻtgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar:
➖Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish;
➖Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);
➖Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonini nazorat qilish;
➖Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlarini nazoratdan oʻtkazish;
➖“M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori.
📌 Kanalga ulanish
Davlat xizmatlarini soddalashtirish va aholiga qulaylik yaratish maqsadida 2025-yil 1-iyuldan 11 ta davlat xizmatlari xususiy sektorga oʻtkazilmoqda. Bu esa xizmat koʻrsatish sifatini oshirish va raqobat muhitini yaratishga xizmat qiladi.
➖ Rieltorlarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Baholovchilarning malaka imtihonlarini oʻtkazish va ularga malaka sertifikati berish;
➖Sud boshqaruvchisi malaka attestatsiyasini berish;
➖Baholovchilarga toifalar berish;
➖ Gid (gid-tarjimon), ekskursiya yetakchisi va yoʻriqchi-yoʻl boshlovchilarga malaka sertifikatini berish;
➖Tibbiyot tashkilotlarini akkreditatsiyadan oʻtkazish.
➖Hisoblagichlarni qiyoslashdan oʻtkazish;
➖Karantin ostidagi mahsulotlarni zararsizlantirish (fumigatsiya);
➖Kichik hajmdagi noturar bino va inshootlarni qurish hamda rekonstruksiya qilish jarayonini nazorat qilish;
➖Yakka tartibdagi uy-joylarning qurilishi hamda rekonstruksiya qilish ishlarini nazoratdan oʻtkazish;
➖“M” va “N” toifalardagi gʻildirakli yangi transport vositalarining ekologik toifa talablariga muvofiqligini sertifikatlash.
Asos: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-fevraldagi PQ-78-son qarori.
❗️ Davlat xizmatlari borgan sari qulay va yaqin boʻlishi uchun islohotlar davom etadi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
Seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi
Adliya vazirligi tomonidan Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining “Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2000-11, 2025-yil 11-mart) davlat roʻyxatidan oʻtkazildi.
Ushbu hujjat bilan Qimmatli qogʻozlar emissiyasi va emissiyaviy qimmatli qogʻozlar chiqarilishlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga (roʻyxat raqami 2000, 2009-yil 30-avgust) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.
Unga koʻra, korporativ obligatsiyalar emitentning bunday obligatsiyalar chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadagi oʻz kapitali miqdori doirasida chiqarilishi mumkinligi haqidagi talab ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyalariga nisbatan tatbiq etilmasligi belgilandi.
Shuningdek, korporativ obligatsiyalar oʻz kapitali miqdori doirasidan yuqori boʻlgan taqdirda, emitent ortiqcha boʻlgan summaga garov xati hamda ipotekani qayta moliyalashtirish tashkilotining banklarga nisbatan talab qilish huquqini taʼminot sifatida taqdim etishi mumkinligi belgilandi.
Bundan tashqari, emitent tomonidan seriyali obligatsiya dasturi asosida seriyali obligatsiyalarni chiqarish hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi belgilandi.
Bunda, obligatsiya dasturida:
➖emitentning vakolatli boshqaruv organi tomonidan obligatsiya dasturi boʻyicha qabul qilingan qaror;
➖obligatsiya dasturi doirasidagi obligatsiyalarning turi va soni, ularni chiqarish shakli, nominal qiymati va umumiy hajmi;
➖obligatsiya dasturining amal qilish muddati (ikki yildan oshmasligi lozim);
➖obligatsiya dasturi doirasida joylashtiriladigan obligatsiyalar egalarining huquqlari va boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi.