#Adliya_xabari
Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyatida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyat adliya boshqarmasining huquqiy axborotni tarqatish borasidagi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Mazkur jarayonda, dastlab, Farg'ona shahrining "Soybo'yi" mahallasida "mahalla yettiligi" a'zolari bilan uchrashib, huquqiy axborotni muntazam yetkazilish holati, aholining huquqiy bilimlarini yanada oshirishda mahalla faollarining roli yuzasidan suhbatlashildi.
✅ Shuningdek, mas'ullar viloyat Kambag'allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasida bo'lib, edo.ijro.uz platformasi orqali kelib tushayotgan qonun hujjatlarini qabul qilish jarayoni bilan tanishib, tizim faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan mutasaddilarning fikr-mulohazalarini tingladi.
✅ Bundan tashqari, Farg'ona shahridagi "Tantana tekstil" MChJda amalga oshirilayotgan ishlar va yaratilgan sharoitlar bilan tanishilib, korxona vakillariga tadbirkorlik subyektlari uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar va ulardan foydalanish tartibi bo'yicha tushuntirishlar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vazirligi mas'ullari Farg'ona viloyatida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda.
✅ Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish, hududlar infratuzilmasini yaxshilash va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
✅ Qo‘qon shahridagi Temir yo‘lchilar madaniyat uyi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 dan ortiq fuqaroning kadastr, aliment, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik, tabiiy hamda suyultirilgan gaz, elektr taʼminoti bilan bogʻliq murojaatlari qabul qilindi.
✅ Kunning ikkinchi yarmida Ishchi guruh vakillari O'zbekiston tumani hokimligida tegishli mutasaddi xodimlar bilan tumandagi olib borilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar va ularni bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, O‘zbekiston tumani "Beruniy" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati bilan tanishilib, ijtimoiy soha, xususan, xotin-qizlar va yoshlarni ish bilan ta'minlash, ularni tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilganligi hamda maktabgacha ta'lim muassasasi faoliyati bilan tanishildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Respublika ishchi guruhi tomonidan Farg‘ona viloyatida o'rganishlar olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilarning malakasi oshirildi.
🤔 Hududiy adliya organlarining yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilari uchun Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida tashkil etilgan malaka oshirish kurslari nihoyasiga yetdi.
🤔 Shu munosabati bilan tinglovchilarga sertifikat topshirish tadbirida Adliya vazirligi mas'ul xodimlari ishtirok etdilar.
🤔 Tadbirda so'z olganlar malaka oshirish kurslari sohadagi zamonaviy tendensiyalar hamda muammoni hal qilish (problem-solving) metodi asosida ishlab chiqilganligi, bunda tinglovchilarning kasbiy kompetensiyani rivojlantirish asosiy maqsad sifatida belgilanganligini ta'kidladi.
🤔 Tadbir so'nggida tinglovchilarga malaka oshirganlik to'g'risidagi sertifikatlar topshirilib, ularning kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilandi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha bosh maslahatchilarning malakasi oshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
✅ Respublika ishchi guruhi tarkibidagi Adliya vazirligi mas'ullari tomonidan xalq bilan muloqotni tashkil etish orqali ularning muammolarini aniqlash va hal etish maqsadida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
✅ Jumladan, joriy yilning 23-may kuni Marg'ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazi binosida sayyor qabul tashkil etildi. Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning notariat, davlat xizmatlari, kadastr, aliment, uy-joy, tibbiy va ijtimoiy yordam, bandlik, tadbirkorlik va boshqa shu kabi masalalar bilan bogʻliq murojaatlari qabul qilindi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Respublika ishchi guruhi tomonidan sayyor qabul tashkil etildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Qo'qon shahri va Rishton tumanida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
✅ Adliya vazirligi mas’ullari tomonidan Farg‘ona viloyati Rishton tuman adliya bo‘limining huquqiy axborotni tarqatish yo‘nalishidagi faoliyati o‘rganilib, aholi, ayniqsa yoshlar, xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarini qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, preferensiyalar, subsidiyalar, grantlar va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning boshqa turlari, hamda ulardan foydalanish tartibi haqida xabardor qilish masalalari muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, mas’ullar O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Qo‘qon shahar bo‘limida elektron tizim orqali bo‘limga kelib tushayotgan qonunchilik hujjatlarini qabul qilish, shuningdek, Yagona huquqiy axborot almashish tizimi orqali “Online-mahalla” platformasiga yuborilayotgan huquqiy targ‘ibot materiallari bilan tanishish holatini o‘rgandi.
✅ Bundan tashqari, "Mahalla yettiligi", shuningdek, "Mahalla huquqshunosi" loyihasi asosida mahalla raislarining huquqiy bilimlarini oshirib borish, ularga o‘z faoliyatlariga oid normativ-hujjatlarni qo‘llash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish yuzasidan Adliya bo‘limi mas’ullariga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Qo'qon shahri va Rishton tumanida huquqiy axborotni tarqatish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar o'rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
✅ Xususan, vazir o‘rinbosari Sirdaryo tumanidagi eng yirik qadoqlash mahsulotlari ishlab chiqaruvchi “Sirdaryo Mega Luks” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda metall konstruksiyalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Wangda group” qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
✅ Uchrashuvlar davomida mamlakatimizda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tildi.
✅ Shuningdek, tadbirkorlarga o‘z soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida ma’lumotlar berildi.
✅ Bundan tashqari, tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi hamda faoliyatda vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Adliya vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev sirdaryolik tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.
✅ Adliya vazirligi ishchi guruhi Buxoro viloyatining Romitan va Peshku tumanlarida Davlat xizmatlari markazlari va FHDY boʻlimlari tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarning sifatini hamda bu borada fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni o'rganib, ushbu hududlardagi FHDY arxivlari faoliyatini ko'zdan kechirdi.
✅ Shuningdek mazkur tuman (shahar) larda davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlarida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan bevosita muloqot qilib, ularning fikrlari va takliflari tinglandi.
✅ Mas’ullarga aholining huquqiy muammolarni aniqlash va hal etish, davlat xizmatlarini koʻrsatish sifatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan tegishli ko'rsatmalar berildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyati o'rganildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
➡️ Adliya organlari va muassasalari xodimlariga navbatdagi martaba darajalari O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutida maxsus malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomlaganidan so‘ng berilishi belgilangan.
🔎 Ayni paytda Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilar bilimini baholash ishlari olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
🔎 Ayni paytda Institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tinglovchilar bilimini baholash ishlari olib borilmoqda.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
✅ Bugun, 27-may kuni Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga muvofiqlikni baholash organlarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda mahsulotlarni o‘z ixtiyori bilan chaqirib olgan tadbirkorlarga yengillik berishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.
👉Batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👉Batafsil
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Koʻchmas mulk rasmiylashtirish. Muammolar. Takliflar” mavzusidagi Oʻzbekiston notariuslarining II Milliy kongressi o'z ishini boshladi.
Mazkur tadbirda Namangan "Xalqaro gullar festivali"ning logotipi tovar belgisi va xizmat ko'rsatish belgisi sifatida Adliya vazirligi tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgani e'lon qilindi.
Bugun maxsus guvohnoma Namangan viloyat adliya boshqarmasi rahbari tomonidan Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqovga topshirildi.