Adliya yangiliklari/Новости юстиции
12.2K subscribers
13.8K photos
1.44K videos
32 files
5.34K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ 0(371)-207-04-54
📥 [email protected]
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.iss.one/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_onlayn

⚡️Ayni damda "Adliya vazirligi davlat xizmatlari sohasida raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijalari hamda bu borada kelgusidagi rejalar" mavzusida onlayn muloqot davom etmoqda.

Savollarga Adliya vazirligi mas'ul xodimlari javob beradi.

📹 Jonli efirni mazkur havola orqali kuzatib borishingiz mumkin 👉 https://www.youtube.com/embed/bg8hqIN3cWI

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Yuristlar malakasini oshirish markazi tomonidan “Mintaqaviy Muloqot” (Sloveniya) nodavlat notijorat tashkilotining O‘zbekistondagi filiali bilan hamkorlikda joriy yilning 31-oktabr va 1—2-noyabr kunlari mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yuridik xizmatlari xodimlarining yer munosabatlari sohasidagi qonunchilik hujjatlarini huquqiy ekspertiza qilish bo‘yicha bilimlarini oshirishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv-seminarlari tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Ochiq_adliya

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi tomonidan 2023-yilning 8-noyabr kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazilishi munosabati bilan malaka imtihoni jarayoni soat 09-00 dan boshlab videotasvirga olinib, Internet tarmog‘ida to‘g‘ridan-to‘g‘ri uzatiladi.

@adliyangiliklari
#Infografika

Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi faoliyati haqida umumiy ma'lumot

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Xususan, o'tgan hafta davomida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Toshkent shahridagi barcha tumanlar adliya bo‘limlari, davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o‘rganildi.

Masʼullar, o'rganish jarayonini dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlashdi.

Shu o‘rinda, poytaxt davlat xizmatlari markazlaridada joriy qilingan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlarini ko’rsatish jarayonlarini ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda, fuqarolarga tez, oson va sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida joriy qilingan “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati o’rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta’kitlandi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan, FHDY organi, FHDY arxivi hamda notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Pop tumanidagi “mahalla beshligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Namangan viloyatiga tashrifi davomida Pop tumanidagi "Abdulla Qahhor" mahallasida boʻlib, “mahalla beshligi” bilan muloqot qildi.

Muloqot davomida aholi muammolarining huquqiy yechimi, sohaga oid qonun hujjatlarining ijrochilarga yetkazilishi ahvoli hamda mahallani jinoyatdan holi hududga aylantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o’rganilib, zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Akbar Toshqulov yoshlar yetakchisi bilan suhbatlashganda yoshlar daftariga kiritilgan uyushmagan yoshlarning bo’sh vaqtini maqsadli o’tkazish va ularning bandligini ta’minlashda yoshlar tadbirkorligi uchun qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahallaning xotin-qizlar bo’yicha maslahatchisi bilan muloqotda xotin qizlarning ijtimoiy hayotidagi huquqiy muammolari hamda zo’ravonliklardan himoya qilinganligining qonunchilikda belgilangan kafolatlari to’g’risida batafsil ma’lumotlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Namangandagi yirik korxonalar faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Namangan viloyatidagi yirik korxonalardan biri bo’lgan “Chust textile” MCHJ faoliyati bilan yaqindan tanishib, korxona xodimlari bilan muloqot qildi.

Ma’lumot uchun: Korxona 2007-yilda tashkil qilingan bo‘lib, bugungi kunda 3000 nafardan ortiq fuqaro faoliyat yuritadi.

Adliya vaziri tadbirkor bilan faoliyatda eksport va brend olish sohalarini tartibga soluvchi hamda mehnat qonunchiligini qo’llash amaliyoti haqida suhbatlashdi.

Shuningdek, tovarlarni eksport qilish bilan bog’liq qonunchilik va huquqni qo’llashdagi muammolar ko’rib chiqilishi bildirildi.

@adliyangiliklari