#TashkentLawSpring2023
"Toshkent huquq bahori" (“Tashkent Law Spring”) an'anaviy forumida ishtirok etmoqchi bo'lganlar diqqatiga!
Uchinchi marta o'tkazilayotgan xalqaro yuridik forumi ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
❗️Forum davlat byudjetidan bir so'm ham olinmagan holda, faqat o‘zini-o‘zi qoplash hisobiga o‘tkaziladi.
Barcha tashkiliy xarajatlar Forumning rasmiy hamkorlari, shuningdek, roʻyxatdan oʻtish toʻlovlari hisobidan qoplanadi.
Har bir xorijiy ishtirokchi uchun ro‘yxatdan o‘tish yig‘imi miqdori 500 AQSh dollari, har bir milliy ishtirokchi uchun — 2 500 000 so‘mni tashkil etadi.
Forum doirasida ishtirokchilar turli mamlakatlardagi hamkasblari bilan muloqot qilish uchun qulay maydonga ega bo‘ladilar. Shuningdek, huquq olaminig xalqaro miqyosda etirof etilgan yetuk ekspertlari ma'ruzalarini tinglash hamda ular bilan onlayn va oflayn muloqot qilish imkoniyati ham mavjud bo'ladi.
O‘tgan yillar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, forum geografiyasi 40 dan ortiq davlatni birlashtiradi.
Ishtirokchilarning to‘lovlari hisobidan quyidagi xarajatlar qoplanadi:
🔹ishtirokchining xohishiga ko‘ra yalpi majlis, muhokama sessiyalari va mahorat darslarida qatnashish;
🔹Forumning ikki kuni davomida kofe-breyklar, tushlik, kechki ovqatlar, shu jumladan yakuniy gala-kechki ovqat.
Forumda ishtirok etish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak:
https://reg.tashkentlawspring.uz/
@adliyaimd

👍1
#TashkentLawSpring2023
Bir haftadan so‘ng “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumiga start beriladi
17–18-may kunlari Toshkentda Markaziy Osiyo mintaqasida huquq sohasidagi muhim voqealardan biri hisoblangan “Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi bo‘lib o‘tadi. Forum O‘zbekiston Adliya vazirligi boshchiligida ikki yilda bir marta o‘tkaziladi.
Forumning asosiy mavzusi — “Fundamental huquqlar – abadiy qadriyatlar”. “Tashkent Law Spring” xalqaro, xorijiy va mahalliy ekspertlar tomonidan fundamental huquqlar prizmasi orqali zamonaviy huquqiy tendentsiyalarni muhokama qilish uchun ochiq platforma vazifasini bajaradi.
Forum huquq sohasidagi zamonaviy ilm-fan yutuqlarini O‘zbekistonda va jahonda ommalashtirishga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan.
Forum doirasida oʻtkazilishi rejalashtirilgan tadbirlar mavzulari:
🔹 "Nizolarni muqobil hal etish: mediatsiyadan arbitrajgacha";
🔹"Sifatli norma ijodkorligi orqali qonun ustuvorligi qadar";
🔹 "Yuridik sohada raqamli texnologiyalar";
🔹"Davlat xizmatlari: muvaffaqiyatlar, vazifalar va istiqbollar";
🔹"Korrupsiyaga qarshi siyosat";
🔹"Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida";
🔹"Zamonaviy huquq uchun yuridik kadrlar";
🔹"Sud ekspertizasi rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari".

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TashkentLawSpring2023
Yana bahor. Yana Toshkent. Va yana "Tashkent Law Spring".
Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — abadiy qadriyatlar”
Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirokidagi III Xalqaro yuridik forumi poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.
Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi!
20dan ziyod mamlakat, 600dan ortiq ishtirokchi, 132 ma'ruza, 16 muhokama sessiyasi!
Unda huquqiy soha rivojlantirishning eng dolzarb masalalari bo‘yicha xorijiy ekspertlarning chiqishlarini kuzatishingiz mumkin.
Mutaxassislarning fikrlari, tahlilchilarning xulosalari, ochiq muhokamalar!
“Tashkent Law Spring” III Xalqaro yuridik forumi.
📆 17—18-may kunlari

Bugun "Tashkent Law Spring" — "Toshkent huquq bahori" xalqaro forumi boshlanadi.
Forumning asosiy mavzusi: “Fundamental huquqlar — barhayot qadriyatlar”.
III Xalqaro yuridik forumda Buyuk Britaniya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Shvetsiya, Yaponiya va boshqa davlatlarning qonunchilik va sud-huquq sohasidagi yetakchi ekspertlari ishtirok etadi.
Dastur doirasida yalpi majlislar, davra suhbatlari, mahorat darslari va onlayn taqdimotlar o‘tkaziladi.

Forum dasturi bilan tanishish uchun👉 https://tashkentlawspring.uz/site/agenda
Forum spikerlari bilan tanishish uchun👉 https://www.tashkentlawspring.uz/speaker/index#
Forumni www.tashkentlawspring.uz sayti orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.

👍2
#TashkentLawSpring2023
Intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar muhokamasi
Tashkent Law Spring xalqaro yuridik forumi doirasida “Intellektual mulk ekotizimi – O‘zbekistonning innovatsion va sanoat muhitini shakllantirish vositasi sifatida” muhokama sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Muhokama sessiyasida intellektual mulk sohasi bo‘yicha bir qator xalqaro tashkilotlar, xususan, Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT), BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), Yevroosiyo patent tashkiloti (EAPO) vakillari, xalqaro miqyosdagi taniqli ilmiy-tadqiqot muassasasi ilmiy xodimlari (Maks Plank institute va Klemson universiteti), xorijiy davlatlarning intellektual mulk idoralari mas’ullari (CNIPA, Xitoy), huquqshunoslar hamda patent vakillari o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.
Sessiya davomida ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulkning zamonaviy tendensiyalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan qiziqarli ma’ruza va taqdimotlar namoyish qilindi.
Xususan, ma’ruzachilar tomonidan intellektual mulk ekotizimini yaratish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajriba va undagi dolzarb muammolar, intellektual mulk sohasidagi xalqaro hukumatlararo tashkilotlarning o‘rni, vazifalari va afzalliklari, zamonaviy intellektual mulk huquqi va siyosatini yuritish, intellektual mulkni samarali himoya qilish bo‘yicha davlat tashkilotlarining o‘zaro hamkorligi, mamlakat brendi sifatida intellektual mulk obyektlari, xususan, geografik ko‘rsatkichlarni targ‘ib etish masalalarida ma’lumotlar berildi.
Sessiya yakunlangach, ma’ruzachilar va qatnashchilar o‘zaro aloqlarni mustahkamlash va kelgusidagi hamkorlik to‘g‘risida kelishib oldilar. Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, muhokama sessiyasi samarali hamda soha mutaxassislari uchun foydali bo‘ldi.

👍4