Intellektual mulk yangiliklari
2.38K subscribers
4.13K photos
499 videos
42 files
1.99K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
Samarqand viloyati adliya boshqarmasida Adliya vazirligi vakillari hamda Samarqand nonvoylar uyushmasi raisi o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.

🔸Uchrashuvda vazirlik vakillari tomonidan “Samarqand noni” geografik ko‘rsatkichidan foydalanish, uni samarali nazorat qilish hamda brend sifatida targ‘ib etish masalalari muhokama qilindi va Samarqand nonvoylar uyushmasi faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar belgilandi.

🔹Shuningdek, Fransiya, Italiya, Turkiya va Gruziya kabi mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, geografik ko‘rsatkich asosida mahsulotni tijoratlashtirish imkoniyatlari yuzasidan takliflar bildirildi.

🔸Shu bilan birga, uchrashuvda uyushma raisi “Samarqand noni” brendini milliy non pishirish an’analari asosida rivojlantirish va uni xalqaro darajada targ‘ib qilish borasidagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. O‘z navbatida, vazirlik vakillari bu yo‘nalishda metodik va amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildilar.

❗️Ma’lumot uchun: “Samarqand noni” 2025-yil 14-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lib, joriy yil may oyida Samarqand shahrida “Samarqand noni – xalq brendi” shiori ostida ilk bor festival bo‘lib o‘tgan edi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Shveysariyaning Jeneva shahrida bo‘lib o‘tayotgan Butunjahon Intellektual Mulk Tashkiloti (BIMT) a’zo davlatlar Bosh assambleyasining 66-sessiyasi doirasida adliya vaziri A. Tashkulov va BIMT Bosh direktori janob D. Tang o‘rtasida ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazildi.

🔸Uchrashuvda janob D. Tangning may oyida O‘zbekistonga amalga oshirilgan rasmiy tashrifi davomida erishilgan hamkorlik tashabbuslari muhokama qilindi. Jumladan, 2027 – 2030-yillarga mo‘ljallangan yangi Milliy intellektual mulk strategiyasini ishlab chiqish, istiqbolli geografik ko‘rsatkichlarni aniqlash, ularni xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish va targ‘ib qilish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

🔹Shuningdek, joriy yilning sentyabr – oktabr oylarida “Tadbirkor ayollarni o‘qitish, murabbiylik qilish va hamkorlarni tanlash” dasturi loyihasining yakunlovchi bosqichini o‘tkazish masalasi muhokama qilindi. Ushbu muhim tadbirni Toshkent yoki Samarqand shaharlarida tashkil etish taklif etildi.

❗️Ma’lumot uchun: 2024-yil 3-sentabrdan 2025-yil 31-yanvargacha davom etgan BIMTning “Tadbirkor ayollarni o‘qitish, murabbiylik qilish va hamkorlarni tanlash” onlayn dasturida o‘zbekistonlik tadbirkor ayollarning ishtiroki ta’minlandi.

🔹Shu bilan birga, adliya vaziri BIMT bosh direktoriga barcha hamkorlik yo‘nalishlarida ko‘rsatilayotgan doimiy ko‘mak uchun minnatdorchilik bildirdi hamda O‘zbekistonning geografik ko‘rsatkichlarini keng targ‘ib qilish maqsadida 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan Bosh assambleya yig‘ilishi doirasida BIMT binosida maxsus ko‘rgazma tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

🔸Uchrashuv doirasida muhim hujjat – BIMTning Arbitraj va Mediatsiya markazi hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.

🔹Mazkur memorandum intellektual mulk sohasidagi nizolarni xalqaro standartlar asosida, muqobil nizolarni hal etish vositalaridan foydalangan holda hal etishga, shuningdek, mahalliy mediatorlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan.

🔸Uchrashuv BIMT va O‘zbekiston o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladigan muhim qadam bo‘ldi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
“ZOMIN QOZON PATIRI” – O‘zbekistonning 20-GEOGRAFIK KO‘RSATKICHI! 🇺🇿

🔸Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🔹Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

🔸Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va sariyog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

🔹Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

🔸Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-iyuldagi 427-son qarori bilan intellektual mulk sohasidagi ayrim davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha quyidagi ma’muriy reglamentlar tasdiqlandi:

▪️Intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
▪️Integral mikrosxemalar topologiyalarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti;
▪️Tovar kelib chiqqan joy nomi va tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti.

🔹Ushbu ma’muriy reglamentlar bilan intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalar bo‘yicha arizalar hamda integral mikrosxemalar topologiyalari va tovar kelib chiqqan joy nomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha talabnomalar topshirish qoidalari, ularni ko‘rib chiqish tartibi hamda muddatlari belgilanmoqda.

🔸Shuningdek, tegishli hujjatlarni Adliya vazirligining im.adliya.uz maxsus axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal orqali elektron shaklda yuborish imkoniyati yaratilmoqda. Bunda, ariza berilgandan keyingi bosqichlardagi barcha harakatlar ham elektron shaklda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.

🔹Shu bilan birga, intellektual mulk obyektlariga oid shartnomalarning asl nusxalarini taqdim etish talabi ham bekor qilinmoqda.

🔸Buning natijasida, aholi uchun respublikaning barcha hududlaridan, jumladan olis bo‘lgan hududlardan ham onlayn tarzda talabnoma topshirish imkoniyati yaratiladi hamda ortiqcha qog‘ozbozlikka chek qo‘yilishiga erishiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍1🔥1
🏆 “5 sportchi – 5 brend: G‘alaba faqat maydonda emas!”

Sport olamida o‘z nomini brendga aylantirgan afsonalar bilan tanishing. Ular faqat mashhur emas, balki muvaffaqiyatli tadbirkorlar ham!

1. Michael Jordan – “Jordan Brand” (Nike)

🏀 Afsonaviy basketbolchi.
🔥 Nike bilan hamkorlikda yaratgan “Air Jordan” krossovkalari bugungi kunda ko‘p milliard dollarlik brend hisoblanadi.
💼 Har yili 100 million dollardan ortiq daromad oladi, hatto sportni tark etganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham!
“Jordan” — nafaqat sport, balki moda va streetwear industriyasida ham yetakchi.
💬 Izoh: “Jordan faqat basketbolchi emas, u o‘z nomini global savdo belgisi darajasiga ko‘targan birinchi sportchi.”

2. Cristiano Ronaldo – “CR7”

⚽️ Futbol olamining eng mashhur yulduzlaridan biri.
👕 “CR7” brendi ostida: kiyim-kechak, atir, ichki kiyimlar, mehmonxonalar va hatto fitnes markazlari mavjud.
💰 U brendini ijtimoiy tarmoqlar orqali faol reklama qiladi – dunyodagi eng ko‘p kuzatuvchiga ega shaxs hisoblanadi.
💬 Izoh: “Ronaldo o‘zini faqat maydonda emas, bozorda ham tanita oldi.”

3. Maria Sharapova – “Sugarpova”

🎾 Dunyoning eng taniqli tennischilaridan biri.
• 2012 yilda o‘zining “Sugarpova” nomli premium konfet brendini ochdi.
• Har yili 20 million dollar daromad ko‘radi, mahsulotlari 30 dan ortiq davlatda sotiladi.
• Brend dizayni, tabiiyligi va yuqori sifati bilan ajralib turadi.
💬 Izoh: “Sharapova nafaqat kortda chempion, balki u shirinliklar imperiyasining asoschisi.”

4. Conor McGregor – “Proper No. Twelve”

🥊 UFC yulduzi, irlandiyalik jangchi.
• 2018 yilda o‘zining Proper No. Twelve viski brendini yaratdi.
• 2021 yilda brendning ulushlarini 600 million dollarga sotdi.
• UFC tarixidagi eng yuqori gonorar olgan jangchilardan biri bo‘lib, biznes orqali boyligini bir necha barobarga oshirdi.
💬 Izoh: “McGregor ringdan tashqarida ham million dollarlik zarba bera oladi.”

5. Lewis Hamilton – “+44”, “Neat Burger”, media va moda brendlari

🏎 Formula 1 tarixidagi eng muvaffaqiyatli poygachilardan biri.
+44 fashion line, Neat Burger (vegan fast food) va kino-prodaksion studiya – hammasi uning bizneslari.
• Hamilton tadbirkorlik orqali ekologik, etik va inklyuziv qadriyatlarni ilgari surmoqda.
💬 Izoh: “Hamilton – biznesda ham eng zo‘r poygachi.”

Ular shunchaki mashhur sportchi yoki millioner emas — ular ishlab chiqaruvchi, ta’sir ko‘rsatuvchi va yaratib beruvchi shaxslar.

📣 Siz ham o‘zingizning brendingizni yarating va ulardan ilhom oling! 🏁

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
👍2🔥2👏21
"Nihol" mukofoti sovrindori Guljahon Xolxo'jayeva mualliflik huquqlarini buzganligi uchun jarimaga tortildi.

🔸Muallif huquqi buzilgan yana bir holatda Mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamoat birlashmasi tomonidan xalqimiz orasida "Salomiy" taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomovga tegishli bo'lgan "Senmiding" nomli shе'r
muallifning ruxsatisiz ijro etilganligi holati yuzasidan huquqiy chora ko'rilishini so'rab qilingan murojaat Adliya vazirligi tomonidan o‘rganilib chiqildi.

🔹O‘rganish mobaynida Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Senmiding” nomli qo‘shiq she’ri, xonanda Guljahon Xolx 'jayeva tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlanib, holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.

🔸Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug'bek tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlandi.

❗️Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.


Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1👏1
Mashhur “Zodac” farmatsevtik vositalarining kontrafakt nusxalarini ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga chek qo‘yildi!

🔸Fransiyaning “ОPELLA HEALTHCARE GROUP SAS” kompaniyasiga tegishli “Zodac” tovar belgisiga o‘xshash belgilardan noqonuniy foydalanish holati yuzasidan Adliya vazirligiga murojaat kelib tushdi.

🔹Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va sotuvga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Zodac” tovar belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash — “Зодак ент” belgilaridan ruxsatsiz foydalanilganligi aniqlandi.

🔸Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha qonuniy chora ko‘rildi va huquqbuzarlikni bartaraf etish yuzasidan jamiyatga nisbatan belgilangan tartibda ta'sir chora qo‘llanildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tovar belgilari sohasidagi qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:
BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;
BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;
BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.


🔸Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📌 “ZOMIN QOZON PATIRI” – O‘zbekistonning 20-GEOGRAFIK KO‘RSATKICHI! 🇺🇿

Adliya vazirligi tomonidan Zomin qozon patiri geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

Geografik ko‘rsatkich – bu mahsulotning ma’lum hududga xosligini va sifatini huquqiy jihatdan himoya qiluvchi belgi. U mahsulotning kelib chiqish joyini, an’anaviy retseptini va o‘ziga xos xususiyatlarini davlat darajasida kafolatlaydi.

Zomin qozon patiri – Jizzax viloyatining Zomin tumanida qadimdan tayyorlanadigan non mahsuloti bo‘lib, alohida qorilgan xamir, mahalliy sut va saryog‘ bilan qozonda pishiriladi. U o‘zining noyob ta’mi va sifat xususiyatlari bilan ajralib turadi.

Endi “Zomin qozon patiri” O‘zbekiston davlat reyestrida 20-geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, uning nomi, sifati va kelib chiqish manbai qonuniy himoyaga ega bo‘ladi.

ℹ️ Bu hududiy brendni rivojlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash va iste’molchilarga sifatli, original mahsulotni taqdim etishga xizmat qiladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Men_bilgan_adliya

Adliya organlariga oxirgi marta qachon murojaat qilgansiz...? Adliya organlari va muassasalari faoliyati va ular tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni qanday baholaysiz..?

Ushbu savollarga tadbirkor, "Nurafshon-Nur" va "Nurtex" brendi asoschisi, "Yil tadbirkori" va "Yil ayoli" milliy tanlovlari respublika bosqichi g'olibi, "Shuhrat" medali sohibi Toshmuhammedova Muhabbat Baxtiyorovna javob berdi.

Batafsil 👉 videoda.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1👏1
Intellektual mulk huquqini himoya qilish boʼyicha tadbirkorlar va davlat organlari ishtirokida uchrashuvlar tashkil etildi.

🔸Аdliya vazirligi hamda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – Oʼzbekiston liberal demokratik partiyasi tomonidan Toshkent viloyatidagi "Аngren" erkin iqtisodiy zonasida faoliyat olib boruvchi tadbirkorlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

🔹Tadbirda tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarda qoʼllanilayotgan belgilarni tovar belgisi sifatida roʼyxatdan oʼtkazish va intellektual mulk huquqiga rioya qilish yuzasidan huquqiy tushunchalar berildi.

🔸Shuningdek, “Limaks Gold” MChJga tegishli boʼlgan tovar belgilaridan noqonuniy foydalanayotgan shaxslarga nisbatan chora koʼrish boʼyicha murojaati qabul qilindi.

🔹Shu bilan birga, Toshkent viloyat bojxona boshqarmasida tovarlarni elektron bojxona rasmiylashtiruvidan oʼtkazish jarayonlarida kontrafakt mahsulotlarni aniqlash boʼyicha master-klass tashkillashtirildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Toshkent shahar adliya boshqarmasi huzurida Apellyatsiya kengashlari ish boshladi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
1
🔴 Kontrafakt dori ishlab chiqaruvchisiga chora ko‘rildi!

Adliya vazirligiga Ukrainadagi “Фармак” kompaniyasiga tegishli “Эдем” tovar belgisiga o‘xshash belgidan noqonuniy foydalanish holati bo‘yicha murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida o‘tkazilgan tekshiruv davomida tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan va savdoga chiqarilgan farmatsevtik vositalar qadoqlarida “Эдем” belgisiga fonetik jihatdan o‘xshash belgidan ruxsatsiz foydalanilgani aniqlandi.

Tekshiruv natijasida aniqlangan huquqbuzarlik bo‘yicha ushbu subyektga nisbatan o‘zganing tovar belgisiga o‘xshash belgidan qonunga xilof foydalanganligi va avval ham xuddi shunday huquqbuzarlik sodir etganligi sababli bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari (75 million so‘m) miqdorida jarima qo‘llanildi.

❗️Eslatib o‘tamiz, tovar belgilariga oid qonunbuzarliklar quyidagi oqibatlarga olib kelishi mumkin:

BHMning 15 baravaridan 50 baravarigacha miqdorda ma’muriy jarima;

BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha miqdorda moliyaviy jarima;

BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon undirilishi.

🔴Hurmatli tadbirkorlar! Brendingizdan noqonuniy foydalanish holatlari boʻyicha Adliya vazirligining “1008” ishonch telefoni orqali xabar berishingizni yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali murojaat qilishingizni soʻraymiz!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM