Intellektual mulk yangiliklari
1.92K subscribers
3.89K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Birmurojaatizidan

Kontrafakt dori fosh etildi
.

🔎 “Sanofi” kompaniyasining (Fransiya) murojaatiga asosan “A.Ph.” MChJda adliya organlari tomonidan belgilangan tartibda tekshiruv o‘tkazildi.

– Tekshiruv davomida “Sanofi” kompaniyasining ruxsatisiz “MAGNE B6” tovar belgisiga o‘xshash bo‘lgan “MAGNE B6” belgisidan dori vositalarining qadoqlarida foydalanilayotganlik holati aniqlandi.

– Ushbu holat bo‘yicha “A.Ph.” MChJ rahbariga nisbatan MJtkning 177-moddasi (O‘zganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanish) bilanma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborildi va sud qaroriga ko‘ra MChJ rahbariga 6,8 mln so‘m jarima jazosi tayinlanib, huquqbuzarlik bartaraf etildi.