Intellektual mulk yangiliklari
1.92K subscribers
3.89K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🖥Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

📝Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🗓Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

📌Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📄Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📎 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

🟣To‘lanadigan yig‘im miqdori:

💳 Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 4 baravari

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chirilad

Kanalga ulanish 😊👇🏻
@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Siz @adliyaimd kanali orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:👇

▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari;
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javoblar;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar;
▪️Kontrafakt mahsulotlar va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlar;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorijiy mamlakatlarning tajribalari;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar;
▪️ Intellektual mulkni bilish darajasini oʻrganish maqsadida blits intervyular.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Ijodkorning har bir asari uning farzandi. Uni oʻgʻirlamang! Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan!

@adliyaimd
#adliya_xabari

O'zbekiston delegatsiyasi a'zolari Turkiyada bo'lib o'tayotgan "Noqonuniy savdo va kontrafakt farmatsevtika mahsulotlariga qarshi kurashish" mavzusidagi mintaqalararo seminarda ishtirok etmoqda.

Ayni damda Turkiyaning Istanbul shahrida AQSh Ichki xavfsizlik masalalari bo’yicha tergov departamenti tomonidan tashkillashtirilgan "Noqonuniy savdo va kontrafakt farmatsevtika mahsulotlariga qarshi kurashish" mavzusida mintaqalararo seminar bo’lib o’tmoqda.

Ushbu seminarda boshqa vakolatli davlat organlari qatorida vazirlikning Intellektual mulk departamenti hamda vazirlik huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas'ul xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Mazkur mintaqalararo seminardan asosiy maqsad kontrafakt mahsulotlar realizatsiyasiga qarshi kurashda ilg'or xorijiy tajribani o'rganish hamda o'zaro malaka almashish hisoblanadi.

Eslatib o'tamiz, seminar davom etmoqda, tafsilotlari bilan tanishitirib boramiz.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
#qonunchilikdagi_yangiliklar

▪️Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi.

🔹Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-959-son, 10.09.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun huquq egasining talabiga ko‘ra huquqbuzar tomonidan tovon to‘lash tartib-taomili joriy etilishini nazarda tutuvchi qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

📌Xususan, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Firma nomlari to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risidagi“, Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi Qonunlariga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra:

💵Huquq egasi o‘zining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsdan zararlarning qoplanishi o‘rniga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishi mumkin.

📃Bunda tovon zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyatidan va patent egasining mutlaq huquqini buzgan holda sanoat mulki obyektidan foydalanayotgan shaxsning aybi darajasidan kelib chiqib, ish muomalasi odatlari hisobga olingan holda to‘lanadi.

🧑🏻‍⚖️Tovon miqdori taraflarning kelishuviga muvofiq yoki sud tomonidan belgilanadi.

🛜Shuningdek, qonun bilan intellektual mulk huquqlarining internetdagi himoyasi kuchaytirildi.

🛑Xususan, o‘zga shaxslarga tegishli bo‘lgan intellektual mulk obyektlaridan qonunga xilof tarzda foydalanish veb-saytdan va (yoki) veb-sayt sahifasidan yoxud boshqa axborot resursidan foydalanishni belgilangan tartibda cheklashga sabab bo‘lishi nazarda tutildi.

⚠️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Qonunchilikdagi yangiliklar
#13sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafakt

Bugunda savdo doʻkonlarida turli mahsulotlarning asli bilan birga uning sifatsiz nusxalarini ham koʻp bora uchratamiz. Baʼzida eʼtibor qilamiz, baʼzida esa yoʻq, koʻp hollarda esa ularning farqini bilmaymiz ham.

Mahsulotlar nomini diqqat bilan oʻqisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab oʻzgartirilganini koʻrish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda isteʼmolchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Koʻpchilik tadbirkorlar oʻzgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mualliflik_huquqi
#Bilasizmi?

🔒❗️ Oʻzganing ijod namunasidan uning ruxsatisiz foydalanish ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.


Kanalga ulanish:
@adliyaimd
Imudon” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqargan korxona moliyaviy jarimaga tortildi.
 
Adliya vazirligiga “Abbott Products Operations AG” kompaniyasi oʻziga tegishli “IMUDON” dorivositasining kontrafakt nusxasi sotilayotganligi toʻgʻrisida murojaat qildi.

Murojaatga asosan belgilangan tartibda “A” MChJda tekshiruv oʻtkazilganda “Abbott Products Operations AG kompaniyasining “IMUDON” dorivositasiga adashtirib yuborish darajasida o’xshash bo’lgan “Nest IMUDON” nomi ostida kontrafakt dori vositasi ishlab chiqarilayotganligi aniqlandi.

Taʼkidlab oʻtish joizki “A” MChJ ilgari ham“Magne B6” dori vositasining kontrafakt nusxasini ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanganligi uchun korxona rahbari S.F. maʼmuriy javobgarlikkatortilgan edi.

Biroq, korxona rahbari S.F. tegishli xulosa qilmasdan noqonuniy harakatlarni sodir etib kelgan. Natijada, “A” MChJga 68 mln soʻm moliyaviy jarima qoʻllanildi.

Maʼlumot uchun, “Tovar belgilari, xizmatkoʻrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlaritoʻgʻrisida”gi Qonunga koʻra tovar belgisidan yoki adashtirib yuborish darajasida u bilan oʻxshash boʻlgan belgidan tovarlarda, tovarlarning etiketkalarida, oʻrovlarida qonunga zid ravishda foydalanilganda ular kontrafakt deb hisoblanadi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
Vazirlik mas’ullari “Bitmas xazina” kitob festivali yuzasidan oʻtkazilgan konferensiyada ishtirok etdi

Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida mas’ul tashkilotlar tomonidan “Bitmas xazina” kitob festivali tashkil etildi. Festivalda o‘zbek adiblari, olimlar, noshirlar, poligrafiya, kitob-savdo tashkiloti, nashriyot mutaxassislari, kitobxonlar, talaba-o‘quvchilar ishtirok etdi.

Festival doirasida noshirlik, tarjimonlik, ijodkorlik hamda shunga o‘zshash boshqa sohalarda faoliyat yurituvchi shaxslar ishtirokida “Asarlarni nashr etish hamda tarjima qilishda mualliflik huquqiga oid dolzarb masalalar” mavzusiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazildi.

Ushbu konferensiyada Adliya vazirligi ma’sul xodimi tomonidan noshirlik, tarjimonlik sohalarida mualliflik huquqiga rioya etilishi, shartnomaviy munosabatlarning shakllantirilishi kabi bir qator dolzarb masalalar bo‘yicha tegishli tushunchalar berildi.

Shuningdek, konferensiya davomida sohaga oid barcha savollarga batafsil javoblar berildi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
#Bilasizmi #aвызнали #didyouknow

Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

📘O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan

▪️davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

▪️farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);

▪️muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);

▪️umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);

▪️tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
Namanganda sayyor qabul o'tkazildi.

Joriy yilning 17-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi tomonidan Namangan viloyati Adliya boshqarmasida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish, muhofaza hujjati bo‘lgan patentning mohiyati va ahamiyati, intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish, Yangi O‘zbekistonning 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar bo‘yicha har tomonlama foydali bo‘lgan axborotlar berildi.

Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Shuningdek, tadbirda qatnashgan ishtirokchilarga intellektual mulk bilan bo‘liq faoliyatlari jarayonida muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi hamda intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini yaxshilash, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari yuzasidan fikrlar bildirildi.

Kanalga ulanish: 👇
@adliyaimd