Intellektual mulk yangiliklari
2.37K subscribers
4.12K photos
497 videos
42 files
1.99K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
Intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish mavzusida seminar-treninglar davom etmoqda.

Joriy yilning 17-18-sentabr kunlari Namangan muhandislik-texnologiya instituti va Namangan muhandislik-qurilish institutida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas'ullari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida muassasa professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, izlanuvchilar, ilmiy ish bilan shug‘ullanuvchilarning intellektual faoliyat natijalarini muhofaza qilish, muhofaza hujjati – patent mohiyati va ahamiyati haqidagi tushunchalar keng yoritib berildi. Shu bilan birga intellektual mulk obyektlarini tijoratlashtirish orqali daromadga ega bo‘lish haqida ham tushunchalar berildi.

Bundan tashqari, ishtirokchilarning o‘z tarmog‘ida mavjud muammolarini o‘rganish, ularni bartaraf etish yo‘llarini ko‘rib chiqish masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish:👇
@adliyaimd
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Интeллектуал мулк департаменти нима иш қилади?| Локация 1-сон

Санъаткорларни чақирмаса ҳам текинга келадиган манзил. Хўш улар нега келади? Департамент муаммоларни ҳал қила оляптими? Контрафакт маҳсулотларнинг ечими қаерда? Ёпиқ эшиклар ортида нималар бор? Сирлар тўлиқ очилди!

Батафсил 👉 https://youtu.be/r7XLJ_VN2sE

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👍5🔥21👏1
Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.
 
Intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida joriy yilning 20-sentyabr kuni Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.Sagdullayev boshchiligida soha mutaxassislari va Surxondaryo viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu sayyor qabul tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati tarzida bo‘lib o‘tdi.

Unda sohaga oid mavjud savollar eshitildi, o‘rganildi va ularni yechish yo‘llari haqida muhokamalar qilindi.

Shu bilan birgalikda intellektual mulk obyektlari muhofazasini ta’minlash, ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni takomillashtirish to‘g‘risida ham tushintirishlar berildi.

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Asaxiy.uz asoschisining ortida kim turibdi?

Asaxiy nomi qayerdan kelgan, ma'nosi nima? Ijodkorlar maddoh bo‘lib ketgani qanchalik haqiqat? Million dollarga sotib olingan kitob o‘zini oqladimi? «Shaytanat»lar yo‘qligiga sabab ijodkorlar qadr topmaganida deydi «Qaroqchi»ning obyektiv markazida bo‘lgan tadbirkor Firuz Allayev.

To‘liq video 👉 https://youtu.be/zlGOiGzCmRo

@adliyaimd
1👍1🔥1
Dunyo tarixini o'zgartirgan ixtirolar. (2-qism)

1. Internet (1960-yillar)
Dastlab harbiy maqsadlarda ishlab chiqilgan ARPANET tarmog'i, keyinchalik internetga aylanishi bilan butun dunyoni o'zaro bog'ladi. Bugungi kunda internet hayotimizning ajralmas qismidir.

2. Mobil telefon (1973-yil)
Martin Kuper tomonidan yaratilgan mobil telefon, odamlarni harakatda bo'lgan holda ham bog'lash imkoniyatini berdi va kommunikatsiya usullarini tubdan o'zgartirdi.

3. Sun’iy intellekt (1950-yillar - hozirgi kungacha)
Sun’iy aql dasturlari dastlab 1950-yillarda paydo bo'lgan bo'lsa-da, oxirgi yillarda uning rivoji juda tez sur'atlarda amalga oshmoqda. Sun'iy intellekt texnologiyalari kundalik hayotda ko'p joylarda qo'llaniladi.

4. GPS tizimi (1978-yil)
Global joylashuv tizimi (GPS), geografik joylashuvni aniqlashda yordam beruvchi muhim ixtirodir. Bu tizim transport va navigatsiya sohalarida inqilob yasadi.
👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️ADLIYA OGOHLANTIRADI.

Bugungi kunda dorixonalarimizda bir-biriga oʻxshash koʻrinishdagi yoki yozuvdagi dori-darmonlarning mavjudligidan baʼzida izlagan dori-darmoningizni topish va tanlashda qiynalib qolamiz.

Xususan, “JURABEK LABORATORIES” MCHJ QK tegishli Oʻzbekiston Respublikasi hududida huquqiy muhofazaga ega boʻlgan “ORSA” yozuvli tovar belgisidan ruxsatsiz holda foydalanilgan boshqa tadbirkorlik subyekti tomonidan ishlab chiqarilgan biologik faol qoʻshimcha mahsuloti va uning qadogʻida foydalanib kelinayotgan “ORSA” yozuvli kontrafakt mahsulotni koʻrishingiz mumkin.


Hurmatli xaridorlar! Kontrafakt mahsulotlarga aldanib qolmanag!

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd
👍2🔥2👏1
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Ertaga, 25-sentabr kuni Adliya vazirligi tomonidan AOKAda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etiladi.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

Qachon
25-sentabr, 12:00

Qayerda
AOKA binosi (Toshkent shahri, Navoiy koʻchasi, 30)

Qoʻshimcha maʼlumot uchun: 0(371)-207-04-54

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

EHM uchun yaratilgan dastur yoki ma’lumotlar bazasining referati qanday ma’lumotlarni o’z ichiga oladi?


Batafsil videoda…

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
👍2
#Matbuot_anjumani

Adliya vazirligi tomonidan AOKAda “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda kelgusidagi rejalar” mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

👉Onlayn translyatsiya

@adliyaimd
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Studiya 24 | Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#bilasizmi?

EHM uchun yaratilgan dasturlarni va ma’lumotlar bazalarini rasmiy ro’yxatdan o’tkazish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibidan xabardormisiz?

Batafsil videoda…

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Brend o‘zi nima?

Batafsil javob 📎 videoda

Kanalga ulanish:👇🏻
@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM