Intellektual mulk yangiliklari
2.04K subscribers
3.94K photos
474 videos
42 files
1.86K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Eslatma

Iste'molchilar diqqatiga! Kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati mavjud.

Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko‘rsatish markazlari binolarida, “O‘zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirilgan.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔻“Kontrafakt” soʻzi fransuz tilidan tarjima qilinganida “Mualliflik huquqini buzish” degan maʼnoni bildiradi.
U har qanday shaxsning intellektual mulk huquqlarini buzgan holda ishlab chiqarilgan barcha mahsulotga tegishli.

🔻Bunday mahsulot ishlab chiqaruvchilar bozorda keng tarqalgan, ommalashgan, taniqli brendlar va logotiplarni oʻz mahsulotiga joylashtirish yoki shunga monand holat orqali xaridorlarni oʻziga ishontirishga harakat qiladilar va aksariyat hollarda bunga erishadilar ham.

❗️Bu kabi mahsulotlarning sifati tegishli idoralar nazoratidan oʻtkazilganida ular isteʼmolga yaroqli va inson salomatligi uchun xavfsiz boʻlishi mumkin, biroq ularni ishlab chiqarish va sotish noqonuniy hisoblanadi.

🌐
На русском
🌐
In English

@adliyaimd
#ESLATMA

🛑Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi tasvir orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!

❗️Kontrafakt bu xuddi "Adidas" tovarini xarid qilaman deb “Abibas”ni adashtirib sotib olishga oʻxshaydi. Asosiysi arzon mahsulotni koʻrganda uni sotib olishga shoshilmang.

Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan. Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.
🌐На русском 🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

🔰Hozirgi kunda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi 8 ta mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tib hozirda shulardan 3 tasi amalda faoliyat yuritmoqda.

📌Bular:
– O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi (uzip.uz);
– O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati (
uzavtor.uz);
– San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (
siip.uz).

Bunday tashkilotlarning tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish mutlaqo bepul hisoblanadi.

❗️Yuqoridagi jamoat birlashmalari mualliflar yoki ularning vorislariga tegishli bo‘lgan ijod namunalarini himoya qilishlari hamda buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam beradi.

@adliyaimd
#ESLATMA

Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi tasvir orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!

Kontrafakt bu xuddi "Adidas" tovarini xarid qilaman deb “Abibas”ni adashtirib sotib olishga oʻxshaydi. Asosiysi arzon mahsulotni koʻrganda uni sotib olishga shoshilmang.

Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan. Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.

На русском In English

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

❗️Noqonuniy sotilgan tovarlarga nisbatan “kontrafakt” va “qalbaki” kabi tushunchalar ko‘pchilik uchun ma’no jihatidan o‘xshash bo‘lishi mumkin, ammo ular sinonim emas.

🔻Kontrafakt mahsulot bu - intellektual mulk huquqlarni buzgan holda ishlab chiqarilgan va sotiladigan tovarlardir.

Kontrafakt ishlab chiqaruvchilar taniqli brendlar va logotiplarni o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarga joylashtirish orqali xaridorlarni chalg‘itishga urunadilar.

🔻Qalbakilashtirish bu - mahsulot xomashyosini, xossalari va mezonlarini ataylab o‘zgartirish yoki ularni almashtirib qo‘yish tushuniladi.

Odatda, qalbaki mahsulot ishlab chiqaruvchilar asl brend, logotip yoki mahsulot dizaynini o‘zgartirmagan holda yashirin sexlarda, iste’molga yaroqsiz, talab va me’yorlarga mos kelmagan holda tayyorlaydilar.

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

Kontrafakt mahsulotni qanday aniqlash haqida tushunchaga ega emasmisiz? Unda yuqoridagi video orqali haqiqiy tovar va kontrafakt oʻrtasidagi farqni taqqoslashingiz mumkin!

Eslatma! Tovar belgisidan noqonuniy foydalanib, iste’molchini chalg’itganlik uchun javobgarlik belgilangan. Hurmatli tadbirkor, oʻzganing tovar belgisidan ruxsatsiz foydalanishdan saqlaning, oʻz brendingizni yarating va uni rivojlantiring.

🌐На русском
🌐In English

@adliyaimd
#ESLATMA

🔰Hozirgi kunda mualliflar va boshqa huquq egalarining huquqlarini jamoaviy asosda boshqaruvchi va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiluvchi 8 ta mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar davlat ro‘yxatidan o‘tib hozirda shulardan 3 tasi amalda faoliyat yuritmoqda.

📌Bular:
– O‘zbekiston mualliflik va turdosh huquq egalari jamoat birlashmasi (uzip.uz);
– O‘zbekiston Respublikasi mualliflik va turdosh huquqlarni himoya qilish jamiyati (
uzavtor.uz);
– San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi (
siip.uz).

Bunday tashkilotlarning tuzilishi mualliflarning o‘z huquqlarini himoya qilishda ortiqcha vaqt sarflamasdan xotirjam ijod bilan shug‘ullanishlari uchun qulay imkoniyat yaratib beradi va ushbu tashkilotlarga a’zo bo‘lish mutlaqo bepul hisoblanadi.

❗️Yuqoridagi jamoat birlashmalari mualliflar yoki ularning vorislariga tegishli bo‘lgan ijod namunalarini himoya qilishlari hamda buzilgan huquqlarini va qonuniy manfaatlarini tiklashda yordam beradi.

@adliyaimd
#ESLATMA

🤔Mashhur kompaniya hech qachon ishlab chiqarmagan boshqa mahsulotlarni uddaburonlar tomonidan tayyorlab sotilishi va uning nomidan foydalanilishi haqida eshitganmisiz?

👉Misol uchun, krem va losyonlar savdosi bilan shugʻullanadigan taniqli kosmetika kompaniyasi hech qachon pudra ishlab chiqarmagan boʻladi.
Ammo savdo rastalarida aynan shu kompaniya mahsulotini uchratsangiz ajablanmang. U kontrafakt boʻlib chiqishi mumkin.

👉Yoki boshqa kompaniya hech qachon bir martalik ishlatiladigan shampunlarni ishlab chiqarmagan boʻlishi mumkin. Bu “shampun”lar oddiy suyuq sovun boʻlib chiqsa-ku osongina qutulgan boʻlasiz.

🤦🏻‍♀️Ammo ularning tarkibi allergik qoʻzgʻatuvchi turli qoʻshimchalardan iborat boʻlsa, sizni uzoq dermatolog muolajasi va dorilarning uzundan-uzun roʻyxati kutib turadi.

HURMATLI ISTE’MOLCHILAR, OʻZINGIZGA VA BOSHQALARGA DOIM HAQIQIY MAHSULOTLARNI RAVO KOʻRING! KONTRAFAKTGA KOʻNMANG!

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ESLATMA

©️Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda u sud orqali himoya qilinadi. Mualliflik huquqi buzilishining keng tarqalgan turlariga plagiat ya’ni ko‘chirmachilik, madaniy o‘g‘rilik, ijod namunalaridan muallif ruxsatisiz tijorat yoki tijorat bo‘lmagan maqsadlarda foydalanish kiradi.

💵Bunday hollarda huquqbuzar muallif huquqlarini tiklashi, unga yetkazilgan zararlarni to‘lashi lozim.

❗️Oʻzbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

Mualliflik huquqini buzishga qaratilgan vositalar, asarning kontrafakt nusxalari yo‘q qilib tashlanishi kerak.

@adliyaimd
#ESLATMA

📄Intellektual mulk obyektini muhofaza qiluvchi GUVOHNOMA va PATENT tushunchasi nimani anglatadi?

👉Guvohnoma va patent - intellektual mulk obyekti ma'lum bir shaxsga tegishli ekanligini tasdiqlovchi yuridik kuchga ega hujjat.

💢Bu hujjatlar orasidagi farq faqat obyekt turida hisoblanadi.

🔰Masalan, tovar belgisini huquqiy muhofazalovchi hujjat guvohnoma bo‘lsa, ixtiro uchun muhofaza hujjati patent hisoblanadi.

@adliyaimd