Intellektual mulk yangiliklari
1.92K subscribers
3.89K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Ochiq_adliya

📢📢 Adliya JAMOATChILIKKA HISOBOT beradi!

Nima?
Ochiq muloqot va savol-javob tarzidagi suhbat.

Maqsad — Adliya vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta'minlash, uning 2022-yildagi faoliyati va istiqboldagi rejalarini keng jamoatchilikka yetkazish, OAV va jamoatchilik vakillari bilan samarali qayta aloqani mustahkamlashdan iborat.

Adliya vazirligi tomonidan mana to‘rtinchi yildirki, jurnalistlar, blogerlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida tizimdagi mavjud muammolar ochiq muhokama qilinadigan uchrashuv o‘tkazib kelinmoqda.

2023-yil ham bundan mustasno emas. Vazirlik rahbariyati ishtirokida bo‘lib o‘tadigan media iventda nafaqat vazirlik faoliyati tahlil qilinadi, balki jamiyatda huquqiy sohadagi asosiy tendensiyalar ham ko‘rib chiqiladi. Jurnalist va blogerlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga vazirlik bo‘ylab media tur tashkil etiladi.

Qachon?
28-mart, soat 11.00 da

🏢 Qayerda?
Toshkent shahri, Sayilgoh ko‘chasi, 5

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

Adliya vazirligi jamoatchilikka hisobot berdi

👉Batafsil

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

▫️5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida,
▫️6-yanvar kuni Samarqand hamda Namangan shaharlari, shuningdek, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Adliya vazirligi binosida tashkil etiladigan tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

📣📣 Adliya vazirligida Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbirda adliya tizimidagi faoliyatga oid turli burchaklar tashkil qilinadi.

Mazkur burchaklarda sud-ekspertizaga oid jihozlar, davlat xizmatlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar, Toshkent davlat yuridik universitetning ta'lim jarayoniga tegishli tarqatma materiallar, arxiv hujjatlaridan na'munalar, intellektual mulkka tegishli ixtiro, foydali model, sanoat namunalari, Lex.uz faoliyati, “Adolat” Milliy huquqiy axborot markazi tomonidan nashr etilayotgan eng so‘nggi qo‘llanma, kitoblar bilan tanishib, mahoratli gidlar yordamida vazirlikka oid qiziqarli ma'lumotlarga ega bo‘lasiz.

Shuningdek, mehmonlar adliya tarixi, kutubxona, muzey, media markaz faoliyati bilan tanishadi.

Manzil: Toshkent sh., Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

👉Ro‘yxatdan o‘tish

@adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ochiq_adliya

Ochiq eshiklar kuniga tayyorgarlik jarayoni

Ertaga, 5-yanvar kuni Adliya vazirligi binosida, 6-yanvar kuni Samarqand va Namangan shaharlari, Chilonzor tuman davlat xizmatlari markazlarida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi.

Barchangizni Adliya vazirligi va tizim faoliyati bilan yaqindan tanishuvga – Ochiq eshiklar kuniga taklif etamiz!

Manzil: Sayilgoh ko‘chasi, 5, Adliya vazirligi binosi.

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Davlat xizmatlarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1322) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

@adliyaimd
#Ochiq_adliya

⚠️ Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

📲 Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

▫️adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
▫️yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
▫️FHDY organlari;
▫️davlat xizmatlari markazlari;
▫️"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
▫️X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
▫️“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
▫️Personallashtirish agentligi;
▫️Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
▫️Intellektual mulk markazi;
▫️davlat notarial idoralari va arxivlari;
▫️Yuristlar malakasini oshirish markazi;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Yuridik texnikumlar;
▫️TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

❗️Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Kanalga ulanish: 👇🏻
@adliyaimd