#Adliya_tabrigi
❗️9-may — Xotira va Qadrlash kuni
Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!
Xotira o'zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko'taradi.
@adliyaimd

👍3❤1
#Adliya_hisobot
2024-yil I chorakda
▫️ “Artel”dan “Korzinka”gacha: xorijda roʻyxatdan oʻtgan milliy brendlarimiz

🔥4❤1
Forwarded from hudud24.uz | Расмий канал
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Эски дўстлар", мерос, рухсатсиз ижро: Жўраевлар иши нима билан тугайди?
Қўшиқлар ҳам мерос бўлиб ўтадими? Кафе, ресторанларда қўйилган ва ижро этиладиган қўшиқлар учун ҳам жарима ундириладими? Асар учун рухсат олиш тартиби қандай?
"Ҳуқуқий ошхона"нинг навбатдаги сони интеллектуал мулк мавзусига бағишланди. Бунда сиз ижодкорнинг асари қачон халқ мулкига айланиши, қўшиқларни эгасидан рухсат олиб куйлашнинг қонуний тартиблари, отанинг ижодий мулкига фарзандлари қанчалик ҳақли бўлиши, умуман, интернет оламида "тренд"да бўлган Жўраевлар ишининг ҳуқуқий томонлари ҳақида муҳим маълумотларга эга бўласиз.
Тўлиқ видео: 👉 https://youtu.be/_8tPKFvEFrY
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

👍9❤1🔥1👏1
#Adliya_xabari
Bugun “Genetik resurslar va an’anaviy bilimlarga oid xalqaro huquqiy hujjatni tuzish” mavzusidagi konferensiya oʻz ishini boshladi
Joriy yilning 13–24-may kunlari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan Jeneva shahrida “Genetik resurslar va an’anaviy bilimlarga oid xalqaro huquqiy hujjatni tuzish” bo‘yicha Diplomatik konferensiya oʻtkazilmoqda.
Konferensiyada Oʻzbekiston nomidan Intellektual mulkni ro‘yxatga olish va rivojlantirish boshqarmasi mas’uli ishtirok etmoqda.
Xalqaro nufuzli konferensiya haqidagi tafsilotlar keyingi xabarlarda berib boriladi.

👍5❤1
#Adliya_xabari
“Jannat onalar oyog‘i ostida” filmidan ruxsatsiz foydalangan shaxslar jarimaga tortildi
Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida Qirg‘iziston Respublikasi ijodkorlari tomonidan suratga olingan “Jannat onalar oyog‘i ostida” filmi huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan namoyish etilganligi ma’lum bo‘ldi.
Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan jarima jazosi tayinlandi.
Mualliflik va turdosh huquq obyektlaridan ruxsatsiz, noqonuniy ravishda foydalanish javobgarlikka sabab bo‘lishi to‘g‘risida ogohlantiramiz.
Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.

🔥3❤1
#Adliya_xabari
Buxoro viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 13-may kuni Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar o‘rtasida davra suhbati o‘tkazilib, ularga muammo tug‘dirayotgan savollarga javob berildi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq fikr va tajriba almashishdan iborat bo‘ldi.

👍4
#Adliya_xabari
Joriy yilning 13–24-may kunlari Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) tomonidan Jeneva shahrida “Genetik resurslar va an’anaviy bilimlarga oid xalqaro huquqiy hujjatni tuzish” bo‘yicha Diplomatik konferensiya boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edik.
Diplomatik konferensiyaning birinchi kunida va ikkinchi kunning birinchi yarmida tadbirni oʻtkazish tartib-taomili, konferensiya raisi, uning oʻrinbosarlari, 2 ta asosiy qoʻmita va xalqaro hujjat loyihasini 6 ta tilga tarjima qiluvchi Tahririy komissiya tarkiblari tasqinlandi.
Shu bilan birga, konferensiya kuzatuvchilari akkreditatsiyadan oʻtkazilib, ularning hamda Butunjahon intellektual mulk tashkilotiga a’zo davlatlarning bayonotlari tinglandi.
Hozirda xalqaro hujjat loyihasini moddama-modda koʻrib chiqish va muhokama qilish uchun birinchi asosiy qoʻmita oʻz ishini boshladi.

❤3
#Qaror_ijrosi
Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni yana bittaga ko‘paydi
Davlat rahbarining PQ–4965-son Qaroriga asosan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari rolini oshirish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-may kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida navbatdagi 33-TIQQMni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilish Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.T.Sagdullayev, Buxoro Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.I.Raxmatov va universitet rektori D.I.Ro’ziyevalar boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori va universitet rektori tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
Aytish joizki, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

❤2
#Adliya_loyiha
Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar Senat tomonidan ma’qullandi
Joriy yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 3 ta qonun muhokama qilindi.
👉Batafsil

👍2
#Adliya_xabari
Toshkent shahrining oliy ta’lim muassasalarida Intellektual mulk sohasi bo‘yicha navbatdagi seminar-treninglar bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 15-may kuni Аdliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan Mirzo Ulug‘bek nomidagi Milliy universitet va Toshkent davlat texnika universiteti TIQQMlari hamkorligida ushbu muassasalarda faoliyat olib borayotgan o‘zlarining intellektual mehnatlari mahsulini huquqiy muhofaza qilishdan manfaatdor ilm egalari va professor-o‘qituvchilar tarkibi uchun “Xorijiy patent tashkilotlari”, Ixtirolar va foydali modellar uchun xorijiy patent olish afzalliklari va xususiyatlari”, “Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash” mavzularida o‘quv seminarlari o‘tkazildi.
Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘ngi yillarda Intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi. Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy faoliyati mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

#Qiziqarli_faktlar
Intellektual mulk huquqi to‘g‘risidagi qiziqarli faktlar
Intellektual mulk huquqi to‘g‘risidagi birinchi qonun 314 yil ilgari qabul qilinganligini bilarmidingiz? Ushbu qonun Buyuk Britaniya qirolichasi Ann sharafiga nomlangan. Qonunga ko‘ra mualliflar o‘z asarlariga 14 yil davomida qonuniy ega bo‘lib, agar yuqoridagi muddatdan so‘ng ham muallif tirik bo‘lsa, uni yangilash huquqiga ega bo‘ladi. Bu qonun intellektual mulk huquqiga tamal toshini qo‘ygan desak adashmagan bo‘lamiz.
Intellektual mulk sohasi nafaqat yerda balki kosmosda ham tarqalgan.
Bu juda hayratlanarli. Ammo bu huquq haqiqatdan mavjud. Masalan, Xalqaro kosmos stansiyada astronavt qo‘shiq yozsa, mualliflik huquqi uni yaratgan kosmonavtning millatiga tegishli bo‘ladi. Bu insoniyat izlanishlar va inovatsiyalar chegaralarini kengaytirishda davom etar ekan, intellektual mulk huquqlari rivojlanishga moslashishdan dalolat beradi.
Hid uchun ham intellektual mulk huquqini olishi mumkin
Xushbo‘y tovar belgilari tushunchasi hamma tomonidan qabul qilinmaydi va uni ro‘yxatdan o‘tkazish mezonlari mamlakatdan mamlakatga farq qiladi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda Savdo belgilarini ekspertizadan o‘tkazish bo‘yicha qo‘llanmada hid, agar u funksional bo‘lmasa (ya’ni, tovarlarning tabiiy qo‘shimcha mahsuloti bo‘lmasa) va o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lsa, tovar belgisi bo‘lishi mumkinligini belgilaydi. Roʻyxatdan oʻtgan hid savdo belgisiga misol sifatida Verizon chakana savdo doʻkonlarining oʻziga xos xushboʻy hidini olamiz, u 2014-yilda Qoʻshma Shtatlar patent va savdo belgilari idorasida roʻyxatdan oʻtgan. Xushboʻy tovar belgilarining qiziqarli imkoniyatlari bo‘lishiga qaramay, ularni aniqlashdagi qiyinchiliklar tufayli ulardan foydalanish nisbatan kam uchraydi.

❤3👍3🔥3👏2
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida»gi farmoniga sharh
#24may #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
#24may #uzbekiston24
mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Forwarded from O'zbekiston 24 ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob
Savol: Bir vaqtning oʼzida topshirilgan oʼxshash talabnomalarning qaysi biriga nisbatan ustuvorlik belgilanadi?
Javob: Аgar davlat ekspertizasi jarayonida patent berish haqidagi o‘xshash talabnomalar ayni bitta ustuvorlik sanasiga ega ekanligi aniqlansa, u holda patent oldinroq sana bilan jo‘natilganligi isbotlangan talabnoma bo‘yicha, basharti jo‘natilgan sanalari ham bir xil bo‘lib chiqsa, qaysi birida ro‘yxatga olish kirim raqami oldin qayd etilgan bo‘lsa, shu talabnoma bo‘yicha beriladi.
На русском
In English

❤3👏3🔥1
Яратилган асарга бўлган муаллифлик ҳуқуқи икки ёки ундан ортиқ фуқароларнинг биргаликдаги ижодий меҳнати натижасида яратилган асар бўлиши мумкинми?
(Нотўғри жавобни белгиланг)
(Нотўғри жавобни белгиланг)
Anonymous Quiz
19%
Асарнинг мустақил мазмунга эга бўлган қисмидан ўз хоҳишига кўра фойдаланишга ҳақли бўлганда
17%
Муаллифларнинг асари бир бутунни ташкил этса
34%
Мустақил мазмунга эга бўлмас тегишли бўлади
30%
Ҳаммуаллифларга биргаликда тегишли бўлади
👍3❤1
#Adliya_xabari
Surxondaryo viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Joriy yilning 23-may kuni Surxondaryo viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ullari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazildi.
Ushbu sayyor qabulda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar bilan birga davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar tomonidan o‘z faoliyatlari jarayonidagi mavjud muuammolar bo‘yicha berilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.
Shuningdek, intellektual mulk obyektlari bo‘yicha taqdim etilayotgan talabnomalar sifatini oshirish, xususan, talabnomalarni to‘g‘ri tuzish, topshirish, ular bo‘yicha ish yuritish masalalari bilan bog‘liq muammolar haqida fikrlar bildirildi hamda ularni ijobiy hal etish yuzasidan maslahatlar berish va amaliy ko‘maklashishdan iborat bo‘ldi.
Shu bilan birgalikda intellektual mulk obyektlari muhofazasini ta’minlash, ularni samarali himoya qilish mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish va amalga oshirish hamda bu yo‘nalishdagi amaliyotni takomillashtirish to‘g‘risida ham tushintirishlar berildi.