Intellektual mulk yangiliklari
2.38K subscribers
4.13K photos
500 videos
42 files
1.99K links
Adliya vazirligining rasmiy kanali
Kontrafakt mahsulotlar,
Mualliflik huquqi,
Qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo’ling
Download Telegram
Хонанда Авазбек Олимов судда ютқазди. Ундан шоира фойдасига 170 млн сўм ундириш белгиланди

Қўшиқчи шоира Маҳлиё Аҳророванинг “Гўзал ёрим” шеърини унинг рухсатисиз йиллар давомида “Севар ёрим” номи остида куйлаб келгани учун товон пули ва маънавий зарар тўлайдиган бўлди.

👉 https://kun.uz/kr/46514478

Kun.uz расмий канали
👍3
#Adliya_xabari

Surxondaryo viloyatining bir qator oliy ta’lim muassasasalarida intellektual mulk sohasi bo‘yicha seminar-treninglar boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 23-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ullari ishtirokida Termiz davlat universiteti va Termiz Muhandislik-texnologiya instituti qoshida tashkil etilgan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlarida navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi.

Mutaxassislari «Ixtiro va foydali modelga talabnoma tuzish tartibi», «Sanoat namunasining huquqiy muhofazasi» mavzularida ma’ruzalari bilan ishtirok etdilar. Shu bilan birga, mazkur tashrifda so‘nggi yillarda intellektual mulk sohasidagi o‘zgarish va yangiliklar, qabul qilingan qarorlar haqida aytib o‘tildi.

Xususan, hozirda amaldagi muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan huquq egalariga o‘z aqliy mehnat mahsullarini tijoratlashtirish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida markazda “Intellektual mulk obyektlarini fuqarolik muomalasiga kiritish va tijoratlashtirishga ko‘maklashish” bo‘limi faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tdilar.

@adliyaimd
3👍1
6953631.pdf
769 KB
Ikkita yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi

Sanoat namunalarini xalqaro ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi Gaaga bitimining Jeneva aktiga (Jeneva, 1999-yil 2-iyul) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-929-son

Ijrochilar, fonogramma tayyorlovchilar va eshittirish tashkilotlari huquqlarini muhofaza qilish to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyaga (Rim, 1961-yil 26-oktyabr) O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi haqida O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, 05.06.2024 yildagi O‘RQ-930-son

@adliyaimd
👍82🔥1
Forwarded from Faxriddinovna
👍1
#Adliya_xabari

Ikkita yangi qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro hujjatlarga qo‘shildi. Bu aslida nima beradi? Nimalar O‘zgaradi?


👉Batafsil

@adliyaimd
👍3
Ўзбекистонда медиамаҳсулотлардан фойдаланиш устидан назорат кучайтирилади

Президент томонидан «Ижрочилар, фонограмма тайёрловчилар ва эшиттириш ташкилотлари ҳуқуқларини муҳофаза қилиш тўғрисидаги халқаро конвенцияга Ўзбекистоннинг қўшилиши ҳақида»ги қонун имзоланди.

Батафсил 👉 https://yuz.uz/a/oz/101816

Batafsil 👉 https://yuz.uz/a/uz/101816

Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
5👏2👍1
“Notcoin”, “Hamster Kombat”. O‘zbekistonda kriptovalyuta olish va sotish qay darajada qonuniy?

Kriptovalyutaga oid milliy qonunchilik qanday? Kriptovalyuta olish  va sotish qay darajada qonuniy? Buning uchun qanday javobgarlik belgilangan? Aynan qanday harakatlar uchun kishilar javobgarlikka tortilmoqda? Hudud24.uz quyida shu xususida so‘z yuritadi.

👉Batafsil

@adliyaimd
👍4
Иккита янги қонун билан Ўзбекистон Республикаси халқаро ҳужжатларга қўшилди. Бу аслида нима беради? Нималар ўзгаради?

Кейинги йилларда мамлакатда интеллектуал мулк соҳасида кенг қамровли ишлар амалга оширилмоқда. Бу борада интеллектуал мулк соҳасидаги, шу жумладан муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар соҳасидаги халқаро ҳужжатларга қўшилиш масаласига алоҳида эътибор қаратилмоқда.

Батафсил 👉 Ўқиш

Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2🔥1
Forwarded from Qashqadaryo.adliya.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kontrafaktga_toqatsiz_boʻling

❗️Diqqat! Kontrafakt mahsulot xarid qilish “uddaburon tadbirkor”ni moliyalashtirish hisoblanadi.

📣Hurmatli iste’molchilar! Kontrafaktga aldanib qolmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/qashqadaryoviloyatadliya
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyaimd
👍21🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat_Kontrafakt

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi kontrafakt mahsulotlardan ogohlantiradi:


❗️Kontrafakt mahsulot tadbirkorlik huquqlarining buzilishi va insofsiz raqobatning ko'rinishidir.

📣 Hurmatli iste’molchilar! Oilangiz va yaqinlaringizga faqat haqiqiy mahsulotni ravo koʻring. Kontrafaktga aldanib qolmang!

👮‍♂️ Unutmang, Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik kodeksiga binoan oʻzganing tovar belgisidan qonunga xilof ravishda foydalanganlik uchun javobgarlik belgilangan.

🔸Batafsil👆👆👆

Bizni kuzating👇👇👇
https://t.iss.one/qonun_va_huquq
👏1
#Adliya_xabari

Intellektual mulk huquqlarini buzish 340 million soʻmgacha tovon puli toʻlanishiga sabab boʻlishi mumkin

Bugun, 21-iyun kuni Oliy Majlis Senatining 53-yalpi majlisida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan “Intellektual mulk obyektlarini huquqiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun maʼqullandi.

Qonunda tovar belgisi, firma nomi, ixtiro, foydali model, sanoat namunasi, seleksiya yutugʻidan qonunga xilof ravishda foydalanish holatlarida huquq egasi huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan (6,8 mln soʻm) 1000 baravarigacha (340 mln soʻm) tovon toʻlashni talab qilish huquqiga ega boʻladi.

Tovon huquqbuzarlik holatlarida huquq egasiga yetkazilgan zararning qoplanishi oʻrniga talab qilinishi mumkin. Alohida taʼkidlash lozimki, tovon toʻlanishini talab qilishda zarar yetkazilganlik faktini isbotlash talab etilmaydi.

Shuningdek, qonunda Internet tarmogʻidagi axborot resurslari (veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqdagi sahifalar va boshqa) egalarining oʻzlari yuritayotgan axborot resursida intellektual mulk huquqlarining buzilishini oldini olish, bunday resurslarda sodir etiladigan sohaga oid huquqbuzarliklar uchun javobgarliklarini kuchaytirish nazarda tutilmoqda.

Qonunchilikdagi ushbu oʻzgarishlar intellektual mulk sohasida huquqbuzarliklarning oldiniga olishga, intellektual mulk egalarining oʻz huquqlarini samarali himoya qilishga imkon yaratadi.

@adliyaimd
👍1
#Adliya_xabari

Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni o‘ttiz to‘rtaga yetdi

 
Davlat rahbarining PQ–4965-son Qaroriga asosan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari rolini oshirish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida navbatdagi 34-TIQQMni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.
 
Yig‘ilish Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktor o‘rinbosari M.Mansurov va universitet rektori B.T.Mardonovlar boshchiligida bo‘lib o‘tdi.

Markaz direktori o‘rinbosari va universitet rektori tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.
 
Aytish joizki, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

@adliyaimd
#Adliya_xabari

O‘zbekiston intellektual mulk sohasidagi yana bir xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilmoqda

👉Batafsil

@adliyaimd
👍1
#Diqqat_kontrafakt

☝️Siz ko‘rib turgan tasvirda mashhur brendlarning originali va ularning kontrafakt nusxalari keltirilgan.

🔰Mahsulotlar nomini diqqat bilan o‘qisangiz kontrafakt mahsulot nomi ataylab o‘zgartirilganini ko‘rish mumkin. Bu uning kontrafakt ekanligini bildiradi.

📌Kontrafakt - bu tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz hamda iste’molchini adashtirish darajasida foydalanishdir. Ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zgalarning mashhur brendlaridan foydalanib, xaridorni jalb qilishga urinadi. Bu esa huquqbuzarlik sanaladi.

На русском
In english

@adliyaimd
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

Ijodkorning har bir asari uning farzandi. Uni oʻgʻirlamang! Mualliflik huquqi qonun bilan himoyalangan!

@adliyaimd
2
#Bilasizmi

Elektron kutubxonalarda asarlarning barcha uchun o‘qish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtirish qonuniymi?

👉
Batafsil

@adliyaimd
1