Intellektual mulk yangiliklari
1.93K subscribers
3.9K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Tushuntirish

Shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi

So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan
60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilganligi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.

Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan respublika hududida amal qilayotgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda, xoh shaxsiy telefondan, xoh uyingizda, xoh mashinangizda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.

Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalangan. Shu tufayli, muallifga sud tomonidan ushbu kafe mualliflik huquqini buzganlik uchun tovon puli toʻlanishi lozimligi belgilangan.

Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Tushuntirish
 
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida “qalbaki mahsulotlar iste’molining O‘zbekistondagi real holati isbotlangan” sarlavha ostida video joylanib, go‘yoki Adliya vazirligining intellektual mulk departamenti tomonidan ushbu holat bartaraf etilmayotganligi haqidagi holat to‘liq o‘rganilmagan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

👉Batafsil

@adliyaimd