Intellektual mulk yangiliklari
1.93K subscribers
3.9K photos
470 videos
42 files
1.84K links
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Intellektual mulk departamentining rasmiy kanali
Download Telegram
#Adliyadan_javob

Savol: ®️Tovar belgisi qanday ro‘yxatga olinadi?

Javob: O‘zbekiston Respublikasida tovar belgisini ro‘yxatga olish jismoniy yoki yuridik shaxs tomonidan Adliya vazirligining Sanoat mulki muhofazasi portaliga (im.adliya.uz) talabnoma topshirish orqali amalga oshiriladi.

✔️Portalda tovar belgisi sifatida belgini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza shakllantirish jarayonida quyidagilar amalga oshiriladi:

One ID tizimi orqali portalga kirish;
belgi egasining JSHSHRI yoki STIR raqami kiritilish orqali huquq egasini ko‘rsatish;

talabnoma patent vakili yoki ishonchli vakil orqali berilgan taqdirda talabnoma beruvchining ishonchnomasini portalga biriktirish;

ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan belgining tasvirini portalga biriktirish va belgini tasvirlovchi bandlarni to‘ldirish;

belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlanganlar orasidan tegishli sinflar va tovarlar ro‘yxatini belgilash;

kiritilgan ma’lumotlarga aniqlik kiritgan holda arzani yakunlash;

Tegishli davlat boji ariza yakunlangandan so‘ng onlayn shaklda invoys raqamiga to‘lov qilish orqali amalga oshiriladi.

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Адлия_хабари

❗️Умуммиллий Конституция имтиҳони бўлиб ўтмоқда

📝 Эслатиб ўтамиз, танлов 2 босқичда ўтказилиб, 1-босқич тест синовлари ҳисобланади.

⚠️ Тест синовлари 3 та тоифа учун алоҳида ташкил этилади. Шунга кўра, бугун – 28 ноябрда ўтказиладиган тест синовларида имтиҳонда қатнашиш учун рўйхатдан ўтган ҳуқуқшунослар ва олий таълим муассасаларида ҳуқуқшунослик мутахассислиги бўйича ўқиётган талабалар иштирок этади.

Рўйхатдан ўтганлар тест синовларини 14:00 га қадар ишлаши мумкин.

Барча иштирокчиларга омад ва муваффақият тилаймиз!

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
2023-47.pdf
18.7 MB
📺📺

Inson va qonun gazeta
sining (2023-yil 28-noyabr) 47-sonida Adliya vazirligi Intellektual mulkni huquqiy himoya qilish boshqarma bosh maslahatchisi Madina Mahmudova muallifligida Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasida intellektual mulk qonun bilan muhofaza qilinishi kafolatlari yuzasidan yangi maqola chop etildi.

Maqola bilan gazetaning 6-betida tanishishingiz mumkin.

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Savol: Patent nima?

Javob: Ixtiroga patent - bu ixtironing ustuvorligi, muallifi, ixtiro egasining unga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etishga doir mutlaq huquqini tasdiqlaydigan muhofaza hujjatidir.

Savol: Ixtiroga patent kim tomonidan beriladi?

Javob: Patent vakolatli davlat organi hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlariga muvofiqligi davlat ekspertizasini o‘tkazish natijasida aniqlanadi. Agar ekspertiza natijalariga ko‘ra ixtironing ko‘rsatilgan shartlarga muvofiqligi aniqlansa, u holda O‘zbekiston Respublikasi hududida 20 yil davomida amal qiladigan patent beriladi.

Savol: Patent egasi qanday huquqlarga ega bo‘ladi?

Javob: Patent egasi ixtirodan foydalanish va undan foydalanish huquqini boshqa shaxslarga berish borasida mutlaq huquqqa ega. Patentining amal qilish muddati tugagan ixtiro omma mulkiga aylanadi. Ya’ni, boshqa shaxslar tomonidan foydalanish uchun ochiq bo‘ladi.

🌐На русском
🌐In English

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

Navoiy viloyatida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi

👉
Batafsil

@adliyaimd
#Biz_birgamiz

Irodasi baland yoshlarning 5 yillik ijod mahsullari jamoatchilikka taqdim etildi

👉Batafsil

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

❗️Қандай ҳолатлар муаллифлик ва турдош ҳуқуқлар бузилишига олиб келади?

🔰Қонунчиликка кўра, муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқларни бузилишга қуйидагилар киради:

▫️муаллифларнинг шахсий номулкий ҳуқуқларини бузиш;

▫️ижрочининг исми-шарифга бўлган ва ижрони ҳар қандай тарзда бузиб кўрсатилишидан ёки ҳар қандай бошқача тарзда тажовуз қилинишидан ҳимоя қилиш ҳуқуқларини бузиш;

▫️ҳуқуқ эгаси ёки мулкий ҳуқуқларни жамоавий асосда бошқарувчи ташкилот билан шартнома тузмасдан асарлар ёки турдош ҳуқуқлар объектини такрорлаш, тарқатиш ёки ундан бошқача тарзда фойдаланиш;

▫️ҳақ тўлаш тўғрисидаги талабларни бузиш;

▫️асарлардан ёки турдош ҳуқуқлар объектларидан ҳуқуқ эгаси ёки мулкий ҳуқуқларни жамоавий асосда бошқарувчи ташкилот билан тузилган шартнома бўйича олинган ҳуқуқларни ошириб юборган ҳолда фойдаланиш;

▫️ҳуқуқ эгаларининг мулкий ҳуқуқларини бошқача тарзда бузиш.

⚠️ Асарларнинг
ва турдош ҳуқуқлар объектларининг такрорланиши ёки тарқатилиши муаллифлик ҳуқуқи ва турдош ҳуқуқларни бузган ҳолда амалга ошириладиган нусхалари контрафакт нусхалар ҳисобланади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bilarmidingiz?

«Beozor jinoyat» dek ko‘ringan plagiat uchun ham javobgarlik borligi haqida BILARMIDINGIZ? Bu qonunda belgilangan.

Ushbu video tushuntirish orqali to'liq ma'lumotga ega bo'ling👆

@adliyaimd
#Qaror_ijrosi

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida seminar-trening oʻtkazildi

👉
Batafsil

@adliyaimd
#Qaror_ijrosi

Qashqadaryo viloyatida intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq navbatdagi seminar-treninglar o‘tkazildi

Batafsil

@adliyaimd
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🔰Муаллифлик ҳуқуқи бузилган тақдирда у суд орқали ҳимоя қилинади. Муаллифлик ҳуқуқи бузилишининг кенг тарқалган турларига плагиат яъни кўчирмачилик, маданий ўғрилик, ижод намуналаридан муаллиф рухсатисиз тижорат ёки тижорат бўлмаган мақсадларда фойдаланиш киради.

▶️ Бундай ҳолларда ҳуқуқбузар муаллиф ҳуқуқларини тиклаши, унга етказилган зарарни тўлаши лозим. Муаллифлик ҳуқуқини бузишга қаратилган воситалар, асарнинг контрафакт нусхалари йўқ қилиб ташланиши керак.

📁 Шунингдек, ҳуқуқ эгаси зарарлар етказилиши фактидан қатий назар ҳуқуқбузардан БҲМнинг 20 бараваридан 1000 бараваригача (6 млн 600 минг сўмдан 330 млн сўмгача) товон пули талаб қилиш ҳуқуқига эга.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi!

@adliyaimd
Siz @adliyaimd kanali orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:👇

▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari;
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javoblar;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar;
▪️Kontrafakt mahsulotlar va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlar;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorijiy mamlakatlarning tajribalari;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar;
▪️ Intellektual mulkni bilish darajasini oʻrganish maqsadida blits intervyular.

@adliyaimd
Milliard dollarga baholanuvchi brend

Ⓜ️Kompaniyaning shiori "Just do it!" ("Shunchaki buni bajar!") va tasdiq belgisi "Ѵ" - bu Nike brendini butun dunyo bo'ylab taniqli belgilari sanaladi.

Belgi 1964-yilda amerikalik Fil Nayt tomonidan asos solingan. Nayt shunchaki yugurish bilan shugʻullanardi. Muntazam yugurgani sabab sport poyabzali sotib olishga koʻp pul sarflardi.

Shunda uning hayoliga ehtiyojlari uchun mukammal krossovka tayyorlash fikri keladi.

Haqiqiy shon-sharaf kompaniyaga muvaffaqiyatli reklama tufayli keladi.
Nike birinchi bo'lib taniqli sportchilar orqali oyoq kiyimlarini reklama qiladi. Ko'pincha reklamalarda krossovkalarni kiygan basketbolchilar paydo boʻlishar va muxlislar ularni koʻrib, darhol doʻkonga yugurardilar.

Aynan Nike hozirda barcha sport poyabzallarida uchraydigan amortizator yostiqchalarini yaratgan.

⚖️Kompaniyaning rivojlanishiga doimiy raqobat katta yordam beradi. Oʻz tarixi davomida u ikkita gigant - "Adidas" va "Puma" bilan kurashishga majbur boʻladi.

🚴Boshqalar faqat professional sport uchun krossovkalar sotgan boʻlsa, kompaniya kundalik va bolalar poyabzali, sport anjomlari va boshqalarni ishlab chiqarishni boshladi. Natijada, belgili mahsulotlar dunyodagi eng mashhur mahsulotlardan biriga aylandi.

🗽Aytgancha, "Nike" nomi yunoncha gʻalaba ma'budasi Niki nomidan kelib chiqqan. Brend belgisi esa uning qanotlaridir. Bir vaqtlar Fil Naytning tanish rassomi timsolni atigi 30 dollarga yaratishga yordam bergan. Hozir bu brend milliardlab narxga baholanadi.

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #aвызнали #didyouknow

Qanday so‘zlar ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

📘O‘zbekiston Respublikasi "Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida"gi Qonunning 10-moddasiga binoan

▪️davlat gerblari, bayroqlari va davlat mukofotlarining tasviri tushirilgan belgilar;

▪️farqlash xususiyatiga ega bo‘lmagan belgilar (chiziqlar, oddiy geometrik figuralar);

▪️muayyan turdagi tovarlarning belgisi sifatida umum foydalanishda bo‘lgan belgilar (termos, choynak, ko‘za, savat);

▪️umum e’tirof etilgan ramzlar va atamalar hisoblangan belgilar (optika, go‘zallik saloni, oshxona, kafe, oromgoh);

▪️tovarlarni, shu jumladan ularning turi, sifati, soni, xususiyati, qanday maqsadga mo‘ljallanganligi va qiymatini, shuningdek ularning ishlab chiqariladigan yoki o‘tkaziladigan joyi va vaqtini tavsiflash uchun foydalaniladigan belgilar (Made in China, shirin pechene, 100 foiz paxta, arzon, zo‘r texnika) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi.

На русском
In english

@adliyaimd
©️"Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:

muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;

huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;

huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;

zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;

Mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

🌐На русском 🌐In english

@adliyaimd
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

🎙Интервьюга бўлган муаллифлик ҳуқуқи интервью берган шахсга ва интервью олган шахсга, агар улар ўртасидаги келишувда бошқача қоида назарда тутилган бўлмаса, ҳаммуаллифлар сифатида тегишлидир.

Интервьюдан фойдаланишга фақат интервью берган шахснинг розилиги билан йўл қўйилади.

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#Tushuntirish
 
Ijtimoiy tarmoqlarning ayrim sahifalarida “qalbaki mahsulotlar iste’molining O‘zbekistondagi real holati isbotlangan” sarlavha ostida video joylanib, go‘yoki Adliya vazirligining intellektual mulk departamenti tomonidan ushbu holat bartaraf etilmayotganligi haqidagi holat to‘liq o‘rganilmagan asossiz xabarlar tarqalmoqda.

👉Batafsil

@adliyaimd
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tomonidan doimiy ravishda xodimlar mehnatini qo‘llab-quvvatlash, ijobiy ish muhitini yaratish maqsadida tizimli ishlar olib boriladi.

Ayni shu maqsadda, 20-dekabr kuni vazirlik xodimlari hamda ularning oila a’zolari madaniy hordiq chiqarish uchun O‘zbekiston Milliy akademik drama teatrida spektakl tomosha qilishga borishdi.

Ushbu tadbir vazirlik xodimlari va ularning oila a’zolarining madaniy hordiq chiqarishi barobarida o‘zaro norasmiy muloqoti uchun ham do‘stona muhit yaratgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

@adliyaimd