#Adliya_tabrigi
🇺🇿Adliya vazirligi barcha yurtdoshlarimizni 21-oktabr O‘zbek tili bayrami kuni bilan samimiy muborakbod etadi!
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd

👍2
#Qaror_ijrosi
🔰Joriy yilning 17–18-oktyabr kunlari O‘zbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat agrar universiteti va Chorvachilik, parrandachilik va baliqchilik ilmiy-tadqiqot institutlarida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari ko‘makligida Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi bo‘yicha ilmiy faoliyaitni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.
❇️Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S. Raxmanov "Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash", Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I. Abduqodirov "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni", Geografik ko‘rsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazalari bo‘limi bosh maslaxatchisi B. Abbasov “Seleksiya yutuqlari muhofazasi” mavzusida ma’ruzalar bilan chiqishdi.
Kanalga ulanish ➡ @adliyaimd

#Taklif_mulohaza
Toshkentda ilk marotaba “XXI asrda intellektual mulk” mavzusida xalqaro forum tashkil etiladi.
Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalar yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Adliya vazirligi vakillari tomonidan 2023-yilda dunyoda amalga oshirilayotgan intellektual mulk sohasidagi islohotlar va ushbu sohadagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risida fikr almashish, shuningdek, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish uchun dialog maydonchasini yaratish maqsadida ilk marotaba Toshkent shahrida “XXI asrda intellektual mulk” mavzusida xalqaro forum tashkil etish taklifi bildirildi.
Muloqotda oʻzbek mutaxassislari tomonidan Singapur davlatiga intellektual mulk tizimini oʻrganish maqsadida tanishuv safarini tashkillashtirish, intellektual mulk sohasida yosh xodimlar malakasini oshirish uchun Jeneva shahrida qisqa muddatli ta’lim tadbirlarini hamda BIMTning “yosh mutaxassislar” (YEP) dasturini tashkil etishda BIMT tomonidan koʻmaklashish soʻraldi.
Suhbat davomida vazirlik vakillari Toshkent shahrida BIMTning “yozgi maktablar” dasturi hamda Patent talabnomalarini tuzish bo‘yicha praktikum tashkil etishdan manfaatdor ekanliklarini ma’lum qildilar.
Vazirlik vakillari Geografik ko‘rsatkichlar bo‘yicha chet el mamlakatlari bilan tajriba almashishni koʻzda tutuvchi Italiyaga xizmat safarlarini tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini bildirdilar.
Uchrashuv yakunida oʻzbek vakillari intellektual mulk sohasida ekspertiza jarayonini osonlashtirish maqsadida milliy ma’lumotlar bazasida tovar belgilarning qidiruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha texnik yordam ko‘rsatish (shu jumladan interfeys va qidirish vositalarida sun’iy intellektdan foydalanish) ishlarini hamkorlikda amalga oshirish muhim ekanligini qayd etdilar.

🔰Joriy yilning 19, 20, 21-oktabr kunlari Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, OʻzR FA "Fizika-quyosh" ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi Fizika texnika instituti, Tibbiy xodimlarning kasbiy malakasini rivojlantirish markazida "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi xodimlari koʻmagida Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab–quvvatlash markazlarining intellektual mulk sohasi boʻyicha ilmiy faoliyatni jonlantirish yuzasidan navbatdagi seminar treninglar oʻtkazildi.
❇️Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlim boshligʻi S.Raxmanov, Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash boʻlim boshligʻi R.Sagdullayeva "Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash", Ixtirolar va foydali modellar boʻlim boshligʻi I.Abduqodirov "Ixtiro va foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni", Geografik koʻrsatkichlar, tovar kelib chiqqan joy nomlari, sanoat namunalari va EHM uchun dastur va maʼlumotlar bazalari boʻlimi yetakchi maslaxatchisi B.Aymuratov "Sanoat namunalarini huquqiy muhofazasi" mavzusida maʼruzalar bilan chiqishdi.

Forwarded from Adliya yangiliklari/Новости юстиции
#Adliya_onlayn
⚡️Ayni vaqtda Adliya vazirligining hay'at majlisi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar ijrosi hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinmoqda. Hay'at majlisi videkonferensaloqa shaklida o‘tkazilib, unda adliya organlari va muassasalarining rahbar va mas'ul xodimlari ishtirok etyapti.
@adliyangiliklari

Intellektual mulk yangiliklari kanali orqali quyidagi ma’lumotlardan xabardor boʻlishingiz mumkin:👇
▪️Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti faoliyati to‘g‘risida ma’lumotlar taqdim etiladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid qonunchilikdagi yangiliklar e’lon qilinadi;
▪️Apellyatsiya kengashi qarorlari taraflar roziligiga qarab e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk obyektlarining (sanoat) muhofazasi yuzasidan muhim ma’lumotlar, shuningdek, ularga oid savollarga javob beriladi;
▪️Tegishli sud qarorlariga muvofiq mualliflik huquqi bilan bog‘liq ma’lumotlar joylanadi;
▪️Ekspert xulosasiga asosan kontrafakt mahsulotlar e’lon qilinadi va ularning asl nusxalari bilan solishtirma layfxaklar tayyorlanadi;
▪️Mualliflik huquqiga oid huquqiy ma’lumotlardan xabardor etib boriladi;
▪️Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma topshirgan yohud muhofaza hujjatiga ega bo‘lgan tovar belgilari e’lon qilib boriladi;
▪️Intellektual mulk sohasiga oid xorij mamlakatlarining tajribalari yuzasidan ma’lumotlar beriladi;
▪️Soha bilan bogʻliq tarixiy faktlar keltiriladi.

👍3
Oʻzbekiston respublikasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida»gi Qonuniga koʻra muallif yetkazilgan zarar oʻrniga qancha miqdorda tovon toʻlashni talab qilishi mumkin?
Anonymous Quiz
39%
BHMning 10 baravaridan 1000 baravarigacha
31%
BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha
7%
BHMning 200 baravaridan 700 baravarigacha
23%
BHMning 100 baravaridan 500 baravarigacha
#Uchrashuv
Geografik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq masalalar boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Adliya vazirligi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
Geografik ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq masalalar boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) va Adliya vazirligi o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak
Sinepar yoki Mer Sonyupar?
🔰Mazkur video maslahat orqali original va kontrafakt dori vositasining farqlarini bilib olishingiz mumkin.
💊Dorixonalarda soʻralgan dori vositasining “oʻrnini bosuvchi” boshqacha turlari taklif qilinganda ularni rad eting, faqat haqiqiy dori vositasini harid qiling!
Kanalga ulanish ➡️ @aliyaimd

#Mualliflik_huquqi
“Ikki eshik orasi”dan noqonuniy foydalanilgan
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
“Ikki eshik orasi”dan noqonuniy foydalanilgan
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Лайфхак #Фергана
🤔Fax
🔻В очередной видеоконсультации, подготовленной Управлением юстиции Ферганской области можно узнать о том, на что следует обратить внимание при отличии оригинального товара от контрафакта.

#ESLATMA
🤔Mashhur kompaniya hech qachon ishlab chiqarmagan boshqa mahsulotlarni uddaburonlar tomonidan tayyorlab sotilishi va uning nomidan foydalanilishi haqida eshitganmisiz?
👉Misol uchun, krem va losyonlar savdosi bilan shugʻullanadigan taniqli kosmetika kompaniyasi hech qachon pudra ishlab chiqarmagan boʻladi.
Ammo savdo rastalarida aynan shu kompaniya mahsulotini uchratsangiz ajablanmang. U kontrafakt boʻlib chiqishi mumkin.
👉Yoki boshqa kompaniya hech qachon bir martalik ishlatiladigan shampunlarni ishlab chiqarmagan boʻlishi mumkin. Bu “shampun”lar oddiy suyuq sovun boʻlib chiqsa-ku osongina qutulgan boʻlasiz.
🤦🏻♀️Ammo ularning tarkibi allergik qoʻzgʻatuvchi turli qoʻshimchalardan iborat boʻlsa, sizni uzoq dermatolog muolajasi va dorilarning uzundan-uzun roʻyxati kutib turadi.
HURMATLI ISTE’MOLCHILAR, OʻZINGIZGA VA BOSHQALARGA DOIM HAQIQIY MAHSULOTLARNI RAVO KOʻRING! KONTRAFAKTGA KOʻNMANG!

Mualliflik huquqini buzgan xonanda javobgarlikka tortildi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Sh.To'rayevga tegishli boʻlgan “Ishqingda kuygan” sheʻri huquq egasining roziligisiz foydalanilganligi yuzasidan qonuniy chora koʻrish toʻgʻrisidagi murojaat koʻrib chiqildi.
Murojaatni ko'rib chiqish davomida fuqaro A.Sobirov fuqaro Sh.To'rayevning "Ishqingda kuygan" nomli she'rini uning ruxsatisiz tegishli tartibda shartnoma tuzmagan holda "You Tube" platformasida, Telegram ijtimoiy tarmog‘ida hamda to'y-hashamlarda haq evaziga qonunga xilof ravishda foydalanib, ijro etib kelganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan fuqaro A.Sobirovga nisbatan Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 177¹–moddasi 1–qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi ta'yinlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonunining 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.

👍4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Лайфхак_Фергана
От "Alpen gold" до "Aybon gold"
🔰В этом видео вам представлены оригинальный продукт ”Alpen gold“ и его контрафактная копия ”Aybon gold".
Как вы видите, с первого взгляда контрафактные копий очень схожи с его оригиналом до степени смешения со стороны потребителей. Внимательно наблюдайте за видео и научитесь отделять их друг от друга.
☝️ Внимание! Предприниматели, производящие подобные контрафактные товары, будут привлечены к ответственности за нарушение прав интеллектуальной собственности.
❗️ Уважаемые потребители! Берегите себя и свою семью от контрафактной продукции! При покупке товара убедитесь в правильности его наименования, проверьте информацию о производителе.
@adliyaimd

#Bilasizmi
🔰”Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi qonunning 65-moddasiga koʻra muallif, turdosh huquqlar egasi yoki mutlaq huquqlarning boshqa egasi huquqbuzardan quyidagilarni talab qilishga haqli:
✅muallif va ijrochi o‘z huquqlari buzilgan taqdirda, huquqbuzardan ma’naviy ziyon qoplanishini talab qilishga;
✅huquq buzilishidan oldingi holatni tiklashini va huquqni buzadigan yoki uning buzilishi xavfini yuzaga keltiradigan harakatlarni to‘xtatishini;
✅huquq egasining huquqi buzilmagan taqdirda, u fuqarolik muomalasining odatdagi sharoitlarida olishi mumkin bo‘lgan, lekin ololmay qolgan daromadi miqdoridagi zararlarning o‘rnini qoplashini. Agar huquqbuzar mualliflik huquqi yoki turdosh huquqlarni buzish oqibatida daromadlar olgan bo‘lsa, huquq egalari boshqa zararlar bilan bir qatorda boy berilgan foydani bunday daromadlardan kam bo‘lmagan miqdorda qoplashini;
✅zararlar yetkazilishi faktidan qat’i nazar, huquqbuzarlikning xususiyati va huquqbuzarning aybi darajasidan kelib chiqib ish muomalasi odatlarini hisobga olgan holda zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha miqdorda to‘lanishi lozim bo‘lgan tovonni to‘lashini;
✅mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilot mulkiy huquqlarini boshqarish shunday tashkilot tomonidan amalga oshirilayotgan shaxslarning buzilgan mualliflik huquqlari va turdosh huquqlarini himoya qilib qonunda belgilangan tartibda o‘z nomidan ariza bilan sudga murojaat etishga haqlidir.

#Tanlov_suhbat
🔻Intellektual mulk markazi Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash boʻlimi ilmiy texnik va patent materiallariga ishlov beruvchisi lavozimiga tanlovni mazkur link orqali online kuzatib borish mumkin👇👇👇
https://www.youtube.com/watch?v=Y7CoPXWSAgQ

YouTube
TANLOV
#Qaror_ijrosi
“Intellektual mulk markazi” DM tomonidan navbatdagi seminarlar tashkil etildi
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
“Intellektual mulk markazi” DM tomonidan navbatdagi seminarlar tashkil etildi
👉Batafsil
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Tushuntirish
Shaxsiy maqsadlarda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi
So‘nggi kunlarda bir qator ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan Andijon shahrida joylashgan umumiy ovqatlanish shaxobchasi (kafe) tomonidan xonandalar J. Ahmadaliyev va H. Sobirovlarning qo‘shiqlari ularning ruxsatisiz, hech qanday shartnoma tuzmagan holda foydalanilganligi tufayli sud tomonidan
60 mln so‘m miqdorida jarimaga tortilganligi o‘rinsiz tanqid qilinmoqda.
Bu esa o‘z navbatida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan respublika hududida amal qilayotgan mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikning noto‘g‘ri talqin qilinishiga sabab bo‘lmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 20-iyulda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq oshkor qilingan asardan shaxsiy maqsadlarda muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq to‘lamagan holda foydalanishga yo‘l qo‘yiladi. Ya’ni, Siz foyda olishni yoki boshqa moddiy manfaatdorlikni ko‘zlamagan holda isalgan xonandaning ijrosini tinglashingiz mumkin. Amaldagi qonunchilikka muvofiq shaxsiy maqsadlarda, xoh shaxsiy telefondan, xoh uyingizda, xoh mashinangizda qo‘shiq eshitish hech qanday haq to‘lashni talab qilmaydi.
Yuqorida keltirilgan holatda esa umumiy ovqatlanish shaxobchasi foyda olish maqsadida mazkur xonandalarning qo‘shiqlaridan hech qanday shartnoma tuzmagan holda ruxsatsiz foydalangan. Shu tufayli, muallifga sud tomonidan ushbu kafe mualliflik huquqini buzganlik uchun tovon puli toʻlanishi lozimligi belgilangan.

👍6👏2🔥1