#Muhofaza
📌Adliya vazirligi Intellektual mulk departamenti tomonidan roʻyxatdan o‘tkazilgan va muhofaza hujjatiga ega tovar belgilari bilan tanishing.
"Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisi guvohnomasi 10 yil muddatga beriladi.
Tovar belgisi BIRINCHI BO‘LIB HUJJAT TOPSHIRGAN yuridik va jismoniy shaxs nomiga rasmiylashtiriladi.
Tovar belgisini muhofaza qilish uchun Intellektual mulk departamentining
(71) 232 50 54 raqamiga murojaat qiling.
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd

#Qaror_ijrosi
🔰2022-yil 13-oktabr kuni Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti va Buxoro muhandislik texnologiya institutlarida “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi xodimlari va Buxoro Adliya boshkarmasi intellektual mulkni himoya qilish bo‘limi Sh.Joʻrayev ishtirokida navbatdagi seminar treninglar o‘tkazildi.
✅Seminarda Axborot resurs va TIQQMlar bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i S.Raxmanov "Mualliflik huquqi obyektlarini deponentlash" va Ixtirolar va foydali modellar bo‘lim boshlig‘i I.Abduqodirov "Ixtirova foydali modelga talabnoma tayyorlash, ish yuritish va ekspertiza jarayoni" mavzularida maruzalar qilishdi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Layfxak
❓Snickers yoki Stickers
📌Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan tayyorlangan navbatdagi video maslahat orqali kontrafakt mahsulotni aslidan qanday farqlash kerakligi haqida ma’lumot olishingiz mumkin.

#Bilasizmi
Quyidagilar mualliflik huquqi obyektlari hisoblanmaydi:
O‘zbekiston Respublikasi "Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida"gi Qonunning 8-moddasiga ko‘ra
🔸 rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar, to‘xtamlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
🔸rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
🔸 xalq ijodiyoti asarlari;
🔸 oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir va joriy voqealar haqidagi xabarlar;
🔸 insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati ishtirokisiz, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

#Fakt
Logotiplar to‘qnash kelganda
Yevropa intellektual mulk idorasi (EUIPO) Pear Technologies tomonidan nok logotipidan foydalanishni taqiqlagan. Sababi nok tasviri tushirilgan logotipga Apple advokatlari qarshi chiqishdi.
Dasturiy ta’minot hamda raqamli xaritalash xizmatlarini ko‘rsatuvchi Pear Technology kompaniyasi 2014-yilda nok mevasini kompaniya logotipi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazishga urinib ko‘rdi va darhol Apple tomonidan qarshilikka uchradi.
Intellektual mulkni himoya qilish bo‘yicha mutaxassislar: bitta rasmda olma, ikkinchisida nok tasvirlangan bo‘lishiga qaramay, ular yuridik jihatdan bir xil, chunki ular "mavhum stilizatsiya"ni anglatadi va ikkalasi ham "mevalarning silliq, yumaloq siluyetlari" hisoblanadi, degan qarorga kelishdi.
Hattoki, Pear Technologies ro‘yxatdan o‘tkazmoqchi bo‘lgan logotipda meva nomi yozilishi ham yordam bermadi (pear ingliz tilida nok degan ma’noni anglatadi). Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchi bu nomning logotip bilan aloqasini har doim ham anglay olmaydi va oxir-oqibat gap Apple mahsulotlari haqida ketayapti deb, adashishi mumkin.
Yevropa intellektual mulk idorasi (EUIPO) Apple advokatlarining dalillarini inobatga olib, Pear Technologies kompaniyasiga nok mevasidan logotip sifatida foydalanishni taqiqladi. Birinchi qarordan so‘ng, kompaniya logotipning ikkinchi versiyasini taklif qildi, unda nok siluyeti turli o‘lchamdagi ko‘plab kvadratlardan tashkil topgan bo‘lib, uning olma shakliga umuman o‘xshash joyi bo‘lmasada mazkur belgidan foydalanishga baribir ruxsat berilmadi.

👍6
#Xalqaro_tajriba
🔰Bugun “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida seminar boshlandi.
💢Mazkur seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyo mintaqasida huquqiy davlatchilikni ilgari surish” loyihasi eksperti Xannes Xenke o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
📌Navbatdagi xabarlarda batafsil ma’lumot beriladi…

👍2
Germaniya eksperti ishtirokida intellektual mulk huquqining dolzarb masalalariga qaratilgan seminar tashkil etildi
🔰Joriy yilning 18–19-oktabr kunlari Adliya vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida seminar tashkil etildi.
💢Mazkur seminarda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning “Markaziy Osiyo mintaqasida huquqiy davlatchilikni ilgari surish” loyihasi eksperti Xannes Xenke o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.
♻️Seminar dasturi Germaniya qonunchiligida intellektual mulk sohasidagi javobgarlik masalalari hamda sohaga oid huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha ma’lumotlar olish, tajriba almashish, mavjud mexanizmlarni o‘rganish hamda O‘zbekistonda Intellektual mulkni muhofaza qilish va uni himoya qilishga oid qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor etish va o‘zaro fikr almashishdan iborat.
❇️Germaniya eksperti Xannes Xenke o‘z ma’ruzasida ta’kidlaganidek, asosiy vazifa intellektual mulk sohasidagi huquqbuzarlikni to‘g‘ri baholash, adolatli qaror qabul qilish, intellektual mulk subyektlari huquqlarini qonuniy ta’minlash, huquqbuzarliklar uchun ta’sir choralarini qo‘llash, bahsli jarayonlarda xolis va adolatli qaror qabul qilish lozim.
❇️Seminarda qatnashgan soha mutaxassislari intellektual mulk himoyasi bilan bog‘liq bahsli jarayonlarda vujudga keladigan savollarga Germaniya tajribasi misolida javob oldilar.
✅Tashkil etilgan ikki kunlik seminar o‘zbek mutaxassislari uchun Germaniya tajribasini o‘rganish orqali intellektual mulk bilan bog‘liq yangi ko‘nikmalarni hosil qilish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni amalga oshirishga sabab bo‘ladi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mobil_reportaj
#Tajriba
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan seminarning mobil reportaji
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
#Tajriba
Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan birgalikda “Intellektual mulk huquqining dolzarb masalalari” mavzusida tashkil etilgan seminarning mobil reportaji
Kanalga ulanish ➡️ @adliyaimd
👍2
#FAKT
Google Fransiyada mualliflik huquqini buzgani uchun 593 million AQSh dollar jarimaga tortilgan.
🇫🇷Fransiya Raqobatni tartibga solish idorasi "Alphabet Inc." texnologik gigantiga tegishli Google kompaniyasini 593 million AQSh dollar jarimaga tortdi.
💢Regulyatorning ta'kidlashicha, Google kelishuv boʻyicha Alphabetning noshirlar bilan qidiruv natijalarida matn parchalarini koʻrsatish imkoniyatini muhokama qilishi kerakligi haqidagi ko'rsatmalarni buzgan.
❇️Bu ko'rsatma noshirlarning Google Yevropa Ittifoqining mualliflik huquqi to'g'risidagi yangi kelishuvni bajarishdan boʻyin tovlayotgani haqidagi shikoyatlari fonida yuzaga kelgan.

#Mualliflik_huquqi
O‘quv qo‘llanma yozishda mualliflik huquqini buzgan fuqaro
30 million so‘m tovon puli to‘laydi
🔰Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasida vujudga kelib originallikni talab qiladi ya’ni muallif tomonidan yaratiladigan asar original bo‘lishi kerak, boshqa muallif asaridan ko‘chirma emas. Hozirgi paytda jamiyatimizda mualliflik huquqini o‘zlashtirib olish (plagiat) holatlari sezilarli darajada kuzatilmoqda. Achinarlisi, yuqorida ta’kidlangan holat ilmiy maqomga ega bo‘lgan, oliy o‘quv yurtlarida dars beruvchi professor, dotsent va katta ilmiy xodimlar orasida sodir bo‘lmoqda. Mualliflik huquqini o‘zlashtirib olinganlik (plagiat) holati bo‘yicha Adliya vazirligiga navbatdagi murojaat kelib tushdi.
❇️Murojaat asosida vazirlik tomonidan Buxoro davlat universiteti musiqa fani o‘qituvchisi B. M. “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli oquv qo‘llanmasida fuqaro A. Trigulovaga tegishli bo‘lgan “Xorijiy musiqa adabiyoti” asaridan jami
155 sahifadagi matnlar ko‘chirib olinganligi hamda fuqarolik muomalasiga kiritilganligi aniqlandi.
💢Qonun buzilish holati yuzasidan vazirlik tomonidan fuqaro A. Trigulova manfaatida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga mualliflik huquqi buzilganligi uchun tovon puli undirish bo‘yicha da’vo arizasi bilan murojaat qilindi.
🧑🏻⚖️Sud qaroriga ko‘ra javobgar B. M. mualliflik huquqini buzish orqali chop etilgan “Musiqa tarixi (Chet el musiqasi)” nomli o‘quv qo‘llanmalarini o‘z hisobidan fuqarolik muomalasidan chiqarib tashlash majburiyati yuklatildi. Shuningdek, qarorda javobgardan da’vogar A. Trigulova foydasiga bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravari – 30.000.000 so‘m miqdorida tovon puli hamda 8.000.000 so‘m ma’naviy zarar undirilishi belgilangan.
❗️Eslatib o‘tamiz, qonunchilikda muallif asaridan ruxsatsiz foydalanish natijasida yetkazilgan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan ming baravarigacha tovon to‘lanishi belgilan.

👍1
#Diqqat
#Adliyadan_qulaylik
❗️Adliya vazirligi tomonidan kontrafakt mahsulotlar katalogining doimiy yangilanib boruvchi elektron shaklini QR-kod orqali ma’lumot olish imkoniyati yaratildi.
✅Mazkur kontrafakt mahsulotlar kataloginining elektron shakliga yo‘naltiruvchi QR-kod “Korzinka”, “Makro” kabi supermarketlarda hamda Adliya vazirligining davlat xizmatlarini ko’rsatish markazlari binolarida, “O’zstandart” agentligining mahsulotlarga muvofiqlik sertefikatini berish binolarida, shuningdek respublika hududidagi barcha chegara va TIF bojxona postlariga joylashtirildi.
📌Endilikda istalgan shaxs kontrafakt mahsulotlar haqida erkin ma’lumot olishi mumkin.