Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
90 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Mitti_yulduz_jilolari

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan respublikamizdagi barcha ijod maktablari o’rtasida “Mitti yulduz jilolari” she’riyat musobaqasi o'tkazildi. Musobaqa masofaviy tarzda tashkil etildi.
Musobaqada Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 1-o’rinni, Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 2-o’rinni, Isoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 3-o’rinni egalladilar.
G'oliblar qimmatbaho sovg'alar va diplom, "Mitti yulduz jilolari"statuetkasi, faol ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlandilar.

G'oliblarni tabriklaymiz!

✍️ Abdulla Oripov ijod maktabi matbuot xizmati
#Mitti_yulduz_jilolari
#Olis_safar_ilhomlari
#Kun_nafasi

Bugun 4 nafar òquvchilarimiz Marģilonda Erkin Vohidov maktabiga tanlovga jo'nab ketishdi. Yo'l bo'yi o'quvchilarimiz tabiatning go'zalliklari-yu, cheksiz va bepoyon kengliklari , go'zal va betakror vodiy tarovatini òz ijodlarida namoyon etdilar

Olis safar! Ezgulikni niyat qildim.
Uzoq yo‘lda vujud ichra toliqdi jon.
Ne-ne baland dovonlardan oshib keldim,
Quchog'ingni kattaroq och ey Marg'ilon!

Bobom yurti jannatmakon Qashqadaryo,
Azim voham alangalik salom yo‘llar.
Kumushdayin, nomi doston shu el aro,
Quchog'ingda kamol topgan pariro'ylar.

Qodiriylar ko'z o‘ngimdan o'tar elas,
Keladirman yuragimga olov qalab.
Bu kun sendan izlaganim dunyo emas,
Shunchaki bir she'r zavqini keldim izlab.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi
Sa'dullayev Bobomurod
Forwarded from Dilrabo Abduxakimovna
#Bizning_ijod
#Mitti_yulduz_jilolari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabi o‘quvchilarining ijod namunalari respublika nashrlarida chop etilib borilmoqda.

📖 Maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari Bobomurod Sa'dullayev, Sevinch Omonova, Sevinch Keldiyorova hamda 7-sinf o‘quvchisi Laylo Boymurodovalarning she'rlari O‘zbekiston yoshlarining adabiy-ijtimoiy jurnali hisoblanmish "Yoshlik" jurnalida nashr etildi.

🎯Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇

telegram| web sayt| facebook| youtube
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK

HOVLIMIZDA BAHOR

Sernoz daraxt taqadi,
Erinmayin chechaklar.
Quyosh zimdan boqadi,
Jilmaysa boychechaklar.

Tandirin yoqar onam,
Xamirini ko’pchitib.
Ukam varrak uchirar,
Kabutarni cho’chitib.

Onam yopgan nonlarni,
Akam ko’tarib chopar.
Qulog’ining chetiga
Buvim rayhonlar taqar.

Dadam ketar bog’ sari,
Ergashtirib singlimni.
Qaldirg’ochlar chug’urlar,
Xushlagancha ko’nglimni.

Ariq bo’yidagi tol,
Sochlarini taraydi.
So’raganday bo’lib hol,
Gullar kulib qaraydi.

Go’zallikka ko’z to’ymas,
Yetdik shunday imkonga.
Uch oyga ruxsat olib,
Bahor kelgan mehmonga.

Malikabonu Uroqova,
A.Oripov nomidagi ijod maktabi 7-B sinf o’quvchisi
#MITTI_YULDUZ_JILOLARI
#IJODIY_TÒGARAK

ONAM


Qo'lidan kelsa gar berar jonini
Farzandlar dardiga chidagan onam.
Biz uchun ayamas,har bir onini
Mehrla boshimni silagan onam

Oq tushgan sochlari tirnar bag'rimni,
Ko'ksimga o'qdayin qadalgan g'ashlik
Arzisa berayin so'rang jonimni,
Oila deb vos kechgan,essiz bu yoshlik


Bilaman,ko'nglingiz og'ritdim qancha
O'rnini bosolmas hech qanday ishim.
Oldizda gunohim,shubhasiz,ancha
G'uncham yashnasin deb,so'lgan,ey gulim

Oyog'ingiz tavof qilsam ham kamdir
Mehringiz ummoni keng erur bundan.
Dunyoda jannatiy farishtam bordir,
Ne uchun baxtlarni ayayin undan.

Ona deb dunyoga jar solgim kelar,
Ummoncha mehrini maqtansam deyman.
Nafasiz she'rimda ufurib turar,
Endi nomingizni doim oqlayman.

Begona insonlar aldashar balki,
Ammo qizingizning so'zlari chindir.
Sizga deb nimadir qilolsam koshki,
Ishoning, jonimni berishim rostdir.

Sabrina Umarova
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 11-sinf o‘quvchisi