Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
94 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#O‘QUVCHILAR_IJODIDAN

Hayot

Qalbingdan lolalar chiqsinlar unib,
Faqat g'uborlarni uzoqlarga ot.
Har doim hayotda yashagin kulib,
Toki kulish uchun yaralgan hayot.

Orzularing birla samolarga uch,
Maqsadga harakat o'zi bir bayot,
Muhabbatdan, darddan topa olgin kuch,
Toki sevish uchun yaralgan hayot.

Baxt izla, baxtingdan qurgin qasrlar,
Hech qachon o'zgadan izlama najot.
Muhabbat yashasin million asrlar,
Toki muhabbat-la yaralgan hayot.

Hatto dardingdan ham izlayvergin baxt,
Baxtsizlik, qalbsizlik bo'lsin doim yot,
Sof qalbing, yuraging senga toj-u taxt,
Toki yashash uchun berilgan hayot.

Abdulla Oripov nomli Ijod maktabi 11-sinf o'quvchisi Umirova Zaynabbibi
#O‘quvchilar_ijodidan

NEGA KARANTINGA E'TIBORSIZMIZ?! (e'tiborsizlarga)

Bugun hayotning sinovli kunlari,
Shifokor bedordir hatto tunlari.
Hozir хushyorlik va do'stlik onlari,
Nega karantinga e'tiborsizmiz?!

Hattoki niqobni to'g'ri ilmaymiz,
Bemorlar oh chekar, buni bilmaymiz.
Hatto qo'llarimiz tez-tez yuvmaymiz,
Nega karantinga e'tiborsizmiz?!

Ko'chaga ham ehtiyojsiz chopamiz,
Birov so'rasa bahona topamiz.
Axir biz akamiz, yoki opamiz,
Nega karantinga e'tiborsizmiz?!

Niqob taqqanlarni qilyapmiz kulgu,
"Hech narsa bo'lmaydi"-bu gaplar orzu.
Bu ofat biz uchun bo'ldi zo'r ko'zgu,
Nega karantinga e'tiborsizmiz?!

Abdulla Oripov nomli Ijod maktabining 6-sinf o‘quvchisi Omonova Madina
#O'zbek_ruhiyati_me'mori
#Tanlovga

Abdulla Oripov xotirasiga

Unib she'riyatning kurtaklarida,
Tongning quloğiga shivirladi dil.
Ona Qõnĝirtoĝning etaklarida,
Ilhomning otlarin choptirdi dadil.

Qalbini yõrgaklab adolat ila,
Vujudin erkalar ilohiy hislar.
Qutqular sõylabon tinmadi sira,
Hasad sirtmoĝini otib iblislar.

Zaminning sochini õrganda yillar,
Vatanga shodlikdan munchoqlar terdi.
Sabrning tõnini kiyganda dillar,
Mehrga quvonchdan guldasta berdi.

Ma'rifat mash'alin sõz-la yoqqanda,
Kimlardir malomat toshlarin otdi.
Tundagi yulduzlar xira tortganda,
She'riyat tonglari shoir-la otdi.

Millatning dardini kuylabon dadil,
Qalblarga komillik kõzgusin tutdi.
Tafakkur baĝrida yashabon yakdil,
Vatanning betakror madhini bitdi.

Ijodi har lahza otmoqda ildiz,
Jismj bõlmasa ham nomi tirikdir.
She'riy samo ichra bu mitti yulduz,
Buyuk kahkashonlar ichra buyukdir.

Misrasi charx urib ijod boğida,
Quvonchga tõlibon xalqning vujudin.
Ruhi sakson bahor quchar choĝida,
She'riyat nur ila yõllar maktubin.

Adabiyot boĝida mangudir yodi,
Ul zot shijoati qora kõzlarda.
Yurak kitobidan õchmas bayoti,
Bobom she'riyati bizning qõllarda.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf õquvchisi Omonova Sevinch
#O'tkir_Hoshimov_tavalludining_80_yilligi
#Tanlov

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida o'zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo'shgan atoqli adib va jamoat arbobi, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimov ijodiy merosini o'quvchi-yoshlar ongiga chuqur singdirish, ularni Vatanga, umuminsoniy qadriyatlarga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash hamda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish maqsadida "O'tkir Hoshimov ijodida umumbashariy g'oyalarning badiiy talqini" mavzusida ijodiy ishlar tanlovi bo'lib o'tadi.

Tanlov quyidagi yo'nalishda o'tkaziladi:
1.Nazm va nasr📖✏️📝📃
2.Audiovizual taqdimot🖥📚🎤
3.Sahna ko'rinishi🎼📖📚
4.Tasviriy san'at🌅🏞📖


Tanlov g'oliblari diplom va estalik sovg'alari bilan taqdirlanadilar
💐💐💐🎁🎁🎁💐💐💐
#5_tashabbus_amalda
#Dunyoning_ishlari
#O'tkir_Hoshimov_80_yoshda

Abdulla Oripov nomidagi Ijod maktabida o'quvchilarning bo'sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida O'zbekkino Milliy agentligi DUK viloyat bo'limi tomonidan O'zbekiston Xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Dunyoning ishlari" asari asosida tayyorlangan videofilm namoyishi o'tkazildi.
Namoyish avvalida ijod maktabining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha direktor o'rinbosari Yo. Jamolova "Dunyoning ishlari" asarida ifodalangan g'oyalar, umuminsoniy qadriyatlar haqida gapirib o'tdi.

@abdullaoripovmaktabi