Маънавий-маърифий канал Абдулла Орипов ижод мактаби
94 subscribers
4K photos
645 videos
50 files
838 links
Download Telegram
#Qalblardan_joy_olgan_shoir
#Tanlovga

Muhammad Yusuf tavalludining 68 yilligiga

"O, ota makonim, onajon o‘lkam",
Muqaddas tuproqli, musaffo osmon.
Vatan sog‘inchi deb chekkanimda g‘am,
Sen tomon yuzlangum ,shahri Andijon.

Keng dala –dashtingdan boshlab bitilgan ,
O‘chmas xotiralar o‘chmas qissasi .
Manguga yurakka muhr etilgan ,
Ko‘hna to‘llaringda momom allasi .

Shunchaki sevgimas ,”Shoir sevgisi “
U o‘tli yoshlikning yoniq izidir .
Yoki xayol hamda orom o‘g‘risi ,
Sharqning sarvinozi ,”Turkman qiz “idir .

Rayhon hidlaringni yo'limga to‘kib ,
Ko‘kda oy chiqishin kutaman mushtoq .
Go‘yo yangi baxtga ko‘zini tikib
Ochilib turibdi, “Lolaqizg‘aldoq”.

“ Mayli-da, kimgadir yoqsa- yoqmasa”...
Albat, kamolotin topadur odam.
Garchi dunyo nomin bilsa – bilmasa,
Ona xalqim menga aziz muhtaram.

Bizdan “ Mehr qolur”, qolar oqibat,
Umr o‘tib ketar, dard – g‘urbatlarda.
Vatan, baxt nomlari yashaydi abad,
Muhammad kuylagan muhabbatlarda!
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 10-sinf o'quvchisi Sa’dullayev Bobomurod
#Qalblardan_joy_olgan_shoir
#Tanlovga

Muhammad Yusuf xotirasiga

Qirda bosh ko‘targan lolaqizg‘aldoq,
Uyalib atrofga qaraydi bundoq.
Dalada bir o‘zi qolgandek go‘yo,
Xayol girdobida turibdi shundoq.

Sizning she'rlaringiz eshitib maysa,
O‘zin o‘xshatadi ulkan chinorga.
"O, ota makonim" so‘zin eshitib,
Atrofga qaraymiz, o‘xshaysiz borga.

Rayhon yaprog‘ini ochib duoga,
Sizga jannatlardan so‘raydi joylar.
"Tanish teraklar" ham sog‘inch dog‘ida,
Xira nur sochmoqda bu to‘lin oylar.

Otasiz qolgandek bedapoyalar,
Yaylovda yugurmay jayron, soyalar.
Hatto lolalar ham tortadilar uf,
"Qani qayda", - deya Muhammad Yusuf.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yo‘ldosheva E'zoza.
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

O'zbekmomo
Tinchlik naqshi ko'rinadi yuzingizdan,
Tark etmayin shu quvonching O'zbekmomo.
Yursang oftob ergashadi izlaringdan,
Oftob bo'lib nur soch endi O'zbekmomo.

Donga to'lar tog'dek bo'lib xirmonlaring,
Ushaladi qalbga ko'mgan armonlaring,
O‘zingniki o‘zing yopgan shirmonlaring,
Senga tegmas qirmoch endi O‘zbekmomo.

Saroblarga aldangandik, sodda elmiz,
Bir musht bo‘lib tuguldik biz, kurashdik biz,
Chin vatanning poylariga cho‘kaylik tiz,
Sen yo‘l boshla, yo‘l och endi O‘zbekmomo.

Ey, sen, hikmatlarga to‘la sirli bag'ir,
Qancha sinovlarga chidab etding sabr,
Temurga ham alla aytding o‘zing axir,
Qaytar qalbga ishonch endi O‘zbekmomo.

Ozod yurtda, obod yurtda hur kelajak,
Bu yurt minglab daholarni kashf etajak.
Hali ne-ne Alpomishlar tug'ilajak,
Baxting boshga gultoj endi O‘zbekmomo.

Oqarmasin sochingdagi bitta tolang,
Sen yashagin, yashnasin bu dasht-u dalang
Cho‘pon bolang, dehqon bolang,sulton bolang,
Kel, duoga qo'l och endi O'zbekmomo.

Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 9-sinf o‘quvchisi Yusupova Shodiya
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

O'zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag‘ishlanadi

UMID
Umidni o’zimga qilaman qalqon,
O’ynoqi xayollar tinadi bir kun.
Porloq kelajakka ishondim chunon,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Hayot shudgorini gulga belayman,
Shu gulning ta'rifin she’rlar qilay man.
Rabbimdan yolvorib shuni tilayman,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Axtarib yashayman cho'qqilarga yo’l,
Ko’kdagi yulduzga uzataman qo’l.
Umidlarim dengiz, hech bo’lmasa ko’l,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Bulutga ergashib chiqaray qanot,
Shabboda, bo'ronlar bo’lar menga ot,
Bir kamin to’ldiray dunyoni, hayhot,
Kapalak kaftimga qo’nadi bir kun.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Lochinbek Ismatillayev
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

MUHAMMAD YUSUFDAN QOLGAN QIZG’ALDOQ

Shoiring qoldirdi ikki misra she’r,
Qoldirdi kitob-u, bir uyum tuproq,
Ortidan qolganlar nima desa der,
U seni o’ylaydi o’zidan ko’proq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Yomonlarga ishing tushmasin ohu,
Chunki qabrida tinch yotolmas shoir,
To’g’ri bu dunyoda yaxshi ham bor-u
Yomon odam ham bor, tuzalmas axir
Oshig’ing umridan chiqargin saboq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Vayrona ko’ngilda qoldi bir armon,
Sayyoh qo’shlarga qo’l uzatolmadi,
So’ngi bor ko’ray deb xohladi chunon,
Ayvondan odamdek kuzatolmadi,
Bor, shoir nomidan ularga qo’l qoq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Ko’zi ochiq ketdi boqiy dunyoga,
Shoir qizlarini uzatolmadi,
Borliqni titratib karnay sadoda
Yor-yorlar ostida kuzatolmadi,
Sho'rlikning taqdiri to'y ko’rmay o'lmoq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Shoiring yashadi bir seni sevib,
Har o’tgan lahzaga yozdi qo’shiqlar,
Sharqiragan soyga yuzini yuvib
Turkman qizlariga muhabbat tilar,
Bo’ldi osmon yiroq, bo’ldi yer yumshoq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

O’yladi bir seni ketar chog’da ham,
Halqumida turgan jonin unitib,
Qoldi bir gulim deb ko’zlarida nam,
Kalima qaytarar tupugin yutib,
Endi o’z-o’zingga bo’lgin ko’z-quloq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Oshig’ing g’amini ketar chog’ yeding,
Yig’lab ochilasan, yig’lab so’lasan,
Yuragi tubida bir o’zing eding,
Qabri ustida ham o’zing bo’lasan,
Duo qil Mahsharda tinch o’tsin so’roq,
Muhammad Yusufdan qolgan qizg’aldoq.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o‘quvchisi Lochinbek Ismatillayev
#Tanlovga

El shonini kuylagan shoir
(Muhammad Yusuf tavalludining 67 yilligiga bag'ishlanadi)

O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf o’zining qisqa, ammo mazmundor umri va ijodiy faoliyati davomida boy adabiy meros qoldirdi.Vatan ozodligi, xalq baxti,yurtning nurafshon kelajagini yonib kuylagan iste’dodli shoirning asarlari millat e’tirofiga sazovor bo’ldi va qalblardan chuqur joy oldi.Uning har bir she’ridan shoirning chin inson va jo’shqin ijodkor sifatidagi yorqin siymosi, qalb kechinmalari, hayotga va odamlarga o’zgacha mehri haqida yaxlit tasavvur hosil bo’lishi aniq.Bilasizmi,so’z bilan ko’ngil tubiga kirish mumkin. So’z bilan toshbag’irlarni eritish mumkin. Ammo, bu oson bo’lmaydi. Muhammad Yusuf esa o’z so’zi bilan xalqimiz yuragidan joy olgan, so’zi bilan haq gapni aytolgan ijodkor edi. Uning barcha she’rlari allaqachon muxlislarga yod bo’lib ketgan, ohanglarga solib qo’shiq qilib aytilgan bo’lsa hamki o’z jozibasini yo’qotgani yo’q. Chunki uning bitgan barcha satrlari o’zining xalqona ruhi, sodda va samimiyligi, ohanglarining sermazmun va ravonligi bilan ajralib turadi. Bunday shaffoflik, samimiylik o’quvchini o’ziga rom qiladi, tafakkur va tasavvur, xayol va hayrat olamiga yetaklaydi.
Har kimning ham sochlariga oq tushsin,
Ajin tushsin yuzlariga, dog’ tushsin.
Har kimning ham quvvat ketib belidan,
Qo’llariga aso-bir tayoq tushsin.
Iymoni sog’,yuzga kirib yorug’ yuz,
To’ylar ko’rib yelkasidan tog’ tushsin.
Va jismiga so’nggi safar oldidan
O’z o’g’lining qo’lidan tuproq tushsin.
Ushbu she’rda shoir yangi g’oya yaratdi desak noto’g’ri bo’lmaydi.Chunki, bu she’r yozilishidan avval samimiy kishilarning bari har bir insonga chin ko’ngildan “doimo yasharib yuring, sochingizga oq oralamasin asnosidagi iliq tilaklar bildirishgan. Biroq Muhammad Yusuf bu sherida bu tilaklarning asl ma'nosini qoldirib, so'zlarning qarama-qarshisiga o'zgartirgan. Biz onajonimizga dil izhori sifatida aytadigan “sochingizga oq oralamasin” gapida bu so'zlar “doimo yasharib yuring”, “uzoq umr koring” ma'nolarini anglatadi. “Tilak” nomli she'ridagi “har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasida ham u “ har kim yoshini yashasin”, “uzoq umr korib, keksalik davronini sursin” ma'nosini ifodalaydi. Ushbu sh'er yarim tunda Yahyo Tog'aning uyqusirab aytgan “Har kimning ham sochlariga oq tushsin” misrasi sabab bolib dunyoga keladi.
O'zbekiston Qahramoni Said Ahmad Muhammad Yusuf haqida shunday deydi: “Muhammad Yusuf pokiza inson edi. U odamlarni o'ylatgan, kuldirgan, yig'latgan, topgan-tutganini odamlar ustidan sochgan saxiylik timsoli edi. U hammani o'ziga do'st deb bilardi. Hech kimni begona qilmasdi. Qo'lida borini do'stlariga tarqatmagunicha, cho'ntagi bo'shab qolmagunicha ko'ngli to'lmasdi. Muhammad Yusuf tez og'izga tushdi. Birorta shoir uningdek tez nom chiqarmagan, nomdor bo'lmagan. Ochig'ini aytsam, Muhammadga ko'z tegdi Aslini olganda, asl shoirlar uzoq yashamaydilar. Ammo ortidan abadiy yashaydigan meros qoldirib ketadilar. U mana shunday o'lmas meros qoldirdi. Muhammad muxlislarining yuragini o'rtab ketdi. Endi shoirning o'zi yoq. Ammo Muhammad Yusuf deb atalmish she'riyat bor! Bu she'riyat aslo zavol bilmaydi”.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 6-sinf o'quvchisi Omonova Madina
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. “Bevafo ko'p ekan” Muhammad Yusuf ,“O'zbekiston” 2018-yil.
2. “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” Muhammad Yusuf, “DAVR PRESS” 2019-yil nashri.
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

Muhammad Yusuf
xotirasiga

"Yulduzlarni yutib yubordi bu tun",
Urush sharpalari ko'kni kezganda.
Borliq sochin yuldi ushbu qora kun,
Tinchlik minbarini hasad buzganda.

"Qarang,qonga botib yotar bir dala",
Bag'rida yugurar zulmat shamoli.
Uzilsa ham baxtdan yaralgan tola,
Quvvat baxsh etmoqda hurlik jamoli.

"Ey, menga ertaklar so'ylagan Zamin",
Yillar tovoningdan o'pib o'tdilar.
Asrlar sochsa ham senga alamin,
Erklik yulduzlari qo'ling tutdilar.

"Tanho bilmasa ham, bilsa ham Vatan",
Pinhon yig'laganda ko'zyoshing artgan.
Butun xalq kamolin o'ylab daf'atan ,
Uning qarog'idan g'amin aritgan.

"Dunyoda bolam deb yashaydi o'zbek",
Nurli fazosida qushlar parvozi.
She'riyat dunyosin tutdi chaqindek,
"Sodda Muhammad"ning o'ktam ovozi .

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi
Omonova Sevinch
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

Lolaqizg’aldoq

Mendan nima qolar ikki misra she’r,
Ikki sandiq kitob bir uyum tuproq.
Odamlar ortimdan nima desa der,
Men seni o’ylayman o’zimdan ko’proq,
Lola, lolajonim, lolaqizg’aldoq.

Har bahor qirlardan izlaring izlab,
Ishqingda oshig-u, bemor bo’laman.
Imkonim bo’lmasa Qoraqalpoqdan,
Yozgan she’rlarimni senga beraman.

Telba oshig’ingni unutma, lolam,
Unutsang, o’zimni o’lgan bilaman.
Qirmizi yuzingdan bo’sa olaman,
Qarog’laring tashlab qayga boraman.

Yuragim tubida barq urgan lolam,
Qoshimda yosh to’kib turibdi onam.
Qalbimni yondirib qilmoqda alam,
Seni o’ylayapman eh, aziz lolam.

O’zbek
O’zbekka o’xshatish topmoq muammo,
O’xshasa o’ziga o’xshaydi o’zbek.
Qiyosi yo’q uning mehri bir daryo,
Dunyoda bolam deb yashaydi o’zbek.

Ba’zilari kelmay nurli daladan,
Tinmay mehnat qilib yashaydi o’zbek.
Qancha yalinsang ham o’zgarmas ammo,
Dunyoda dalam deb yashaydi o’zbek.
Sof qalbida bordir islom, iymoni,
Mehr, shavqat, g’urur, ishonch tug’yoni.
Tilidan tushmaydi duo-kalomi,
O’xshasa o’zi o’xshaydi o’zbek,
Dunyoda islom deb yashaydi o’zbek.

Otang ko’ziga tikka boqmaydi,
Onaga minnatli gaplar otmaydi.
Bolasin ko’nglini hech sovutmaydi,
O’xshasa o’ziga o’xshaydi o’zbek,
Dunyoda oilam deb yashaydi o’zbek.

Otasin, onasin duosin olib,
Osmondan yulduzlar terguvchi o’zbek.
Qalamin charxlatib har soniyada,
Yurtiga qasida bitguvchi o’zbek.
Boshqa shoirlarni bilmadim ammo,
Dunyoda yurtim deb yashaydi o’zbek.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o’quvchisi Keldiyorova Sevinch
#Tanlovga
#Qalblardan_joy_olgan_shoir

Ko'ngil yig'isi
(Muhammad Yusuf she'riga o'xshatma)

"Ba'zan ko'ngling to'lib yig'layveradi",
Xafa bo'lib ketasan o'z ko'nglingdan.
Yig'lab xuddi chaqaloq misol
Yupatay deysan-u kelmay qo'lingdan.

Qalbing yaralari tilsa tinmasdan,
Vujudingda yig‘lar mahzun bir navo.
Allalab ko'zyoshing to'xtatging kelar
Bahorlar bo'lolmas dardingga davo.

Nechun alamlaring azobli armon,
Gunohlaring toshib yig'lar ul zoring.
Kuzning qaysarligin tortqilab bahor,
Xatolar hayqirib buzar gulzoring.

Tinmaysan talpinib yig'layverasan,
Ba'zida alamli, ba'zida shirin.
Baxtlarning kuylarin tinglayverasan,
Jimgina turmoqlik o'lishdan qiyin.

Tushunmas tuyg'ular ko'p ekan qara,
Azoblar tashvishlar qiynayveradi.
Taqdirga tan berib siqilib juda,
Ba'zan ko'ngling to'lib yig'layveradi.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining
10- sinf o'quvchisi
Daminova Sevara
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Sen_so'nmaysan_poeziya_yulduzi
O'zbekiston Qahramoni, O'zbekiston va Qoraqalpog'iston Xalq shoiri Ibroyim Yusupov tavalludining 92 yilligiga bag'ishlanadi
#Tanlovga
VATAN
Urush qora sochin senga dor qilib,
Erklikning yuragin yanchmoqchi bo'ldi.
O'tmish sharpalari qoshingga kelib,
Shu on tubsizlikka tortmoqchi bo'ldi.
Minglab farzandlaring berdilar borin,
Ko'zlarga nur bo'ldi ishonch ziyosi.
Erklikning gullari bag'rida to'lib ,
Baxt-la porlamoqda yurtim jilosi.
Boshingda mehrdan jilmayar quyosh,
Abdulla bobomning har bir so'zi bor.
Vatan, ko'ksing uzra qo'ygim kelar bosh,
Senda Sohibqiron o'chmas izi bor.
Bizga jannat erur shu muqaddas yer ,
To'maris ,Shiroqlar oyog'in o'pgan.
Mehnatkash manglaydan oqqanida ter,
Vatan, sen ularga dasro'mol tutgan.
Ishonch ko'ngillarni qoshiga chorlar,
Besh ulug' tashabbus qanot har onda .
Bugun imkoniyatlar quyoshdek porlar ,
Yangitdan yaralgan O'zbekistonda.
Qalbimiz ishtiyoq nuriga to'lib,
Ko'kka ko'targaymiz vatan kamolin.
Buyuklik qalamin biz qo'lga olib ,
Albat, chizajakmiz yurtning jamolin.
#Tanlovga

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi Ismatullayev Lochinbek Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! "shiori ostida o'tkazilayotgan "Mening Vatan taraqqiyotiga qo'shgan hissam" mavzusidagi ko'rik-tanlovi ishtirokchisi.
#Tanlovga

O'zbekistonim
Shoirlar she'rida aks etding chunon,
Noming taralmoqda baralla har yon,
Farzandlaringda hech qolmadi armon,
Ko'klarga ko'taray sha'ning, Vatanim,
Bayrog'ing balandda, O'zbekistonim.

Ne-ne kunlar o'tdi yuksak bu boshdan,
So'ylasam eshitgin keksadan, yoshdan,
Boshing qattiq ekan temirdan, toshdan,
Ko'klarga ko'taray sha'ning, Vatanim,
Bayrog'ing balandda, O'zbekistonim.

Ne yovlar kelmadi chamanzoringa,
Sherik bo'lmoq uchun burda noninga,
Hatto chang solmoqchi bo'ldi sha'ninga,
Ko'klarga ko'taray sha'ning, Vatanim,
Bayrog'ing balandda O'zbekistonim.

To'maris, Shiroqlar seni deb ketdi,
Xalqing ming-ming yillab totuvlik kutdi,
Buyuk bobolarim shon bilan o'tdi,
Ko'klarga ko'taray sha'ning Vatanim,
Bayrog'ing balandda, O'zbekistonim.

Tarixingga solsak bir bora nazar,
Qizil Impiriya bo'lib sarbasar,
Sen-karvon, Chingizxon it kabi talar,
Ko'klarga ko'taray shaning, Vatanim,
Bayrog'ing balandda, O'zbekistonim.

Istiqlol yo'lboshchi yo'ling xo'p ravon,
Chamanzoringa hech tushmasin xazon,
Issiq quchog'ingga kelmasin to'zon,
Ko'klarga ko'taray sha'ning, Vatanim,
Bayrog'ing balandda, O'zbekistonim!

Lochinbek Ismatullayev
Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 10-sinf o'quvchisi
#Tanlovga

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o'quvchisi Hayitova Farangiz Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag‘ishlab "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik! "shiori ostida o'tkazilayotgan "Mening Vatan taraqqiyotiga qo'shgan hissam" mavzusidagi respublika ko'rik-tanlovi ishtirokchisi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Istiqlolni_kuylayman

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Badalova Shahnoza ijod maktabida o'tkazilayotgan "Istiqlolni kuylayman!" tanlovida o'z audiotaqdimoti bilan ishtirok etmoqda
#Tanlovga
#Istiqlolni_kuylayman

JONAJON O'ZBEKISTONIM

Go'zal yurtim, maskanimsan,
Gul-u gulzor chamanimsan.
Yagonamsan, jon-tanimsan,
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Ko'k o'rlagan minorlaring,
Mingdan oshgan chinorlaring.
Xo'p yarashar viqorlaring,
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Manbaisan sen qudratning,
Bizga aziz har ne'mating.
Yaratganning nur, xilqati.
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Sen-da ulug'-aziz inson,
O'lkamdirsan jannatmakon.
Ta'zimdaman senga har on,
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Senda hurmat ustozingga,
Har kasb-kor e'zozingda.
Sen-la viqor ovozimda,
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Sening mehring qilaman his,
Baxtim bo'lar yana to'kis.
Gard yuqmasin senga hargiz,
JONAJON O'ZBEKISTONIM.
Xo'p mehribon yurtboshimiz,
Bizning omad quyoshimiz.
Yashnar Shosh-u,Nasaf,Keshim
JONAJON O'ZBEKISTONIM.

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Umrzoqova Gulsevar
Forwarded from 𝑵𝒊𝒈𝒊𝒏𝒂 𝑺𝒊𝒅𝒊𝒒𝒎𝒖𝒙𝒂𝒎𝒂𝒅𝒐𝒗𝒂
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Istiqlolni_kuylayman

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining 7-sinf o‘quvchisi Sidiqmuxamadova Nigina ijod maktabida o'tkazilayotgan "Istiqlolni kuylayman!" tanlovida o'z audiotaqdimoti bilan ishtirok etmoqda!
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr_Konstitutsiya_kuni
#Konstitutsiya_mening_nigohimda
#Baxtimiz_qomusi
#Tanlovga

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabining 8-A sinf òquvchisi Badalova Shaxnozaning Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29yilligiga baģishlab ijod maktabida òtkazilayotgan tanlovga taqdim etgan videolavhasi

👉Bizni kuzatishda davom eting

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi
Forwarded from Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi (Y.Kamalovna)
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#5_tashabbus_ijrosi
#Tanlovga

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomli ijod maktabida òquvchi-yoshlarning bòsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida "Aktyorlik mahorati" to'garagi faoliyati òz samarasini kòrsatmoqda

❇️Ushbu tògarak a'zolari tomonidan Òzbekiston Qahramoni, xalq shoiri Abdulla Oripov tavalludining 81 yilligiga bag'ishlab òtkazilayotgan tanlovda sahna kòrinishi tayyorlandi.

🔰Abdulla Oripovning "Ranjkom" dramatik dostoni asosida tayyorlangan ushbu sahna kòrinishi ijod maktabining 8-sinf òquvchilari tomonidan ijro etildi

🎯Biz ijtimoiy tarmoqlarda👇

telegram| web sayt| facebook| youtube

https://t.iss.one/abdullaoripov_ijodmaktabi
https://t.iss.one/abdullaoripovmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tanlovga
#Òzbek_kinosi_darģalari

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-apreldagi PQ-5060-sonli qarori 5-ilovasi bilan tasdiqlangan 2021-2022-yillarda milliy kinomatografiya sohasini rivojlantirish "Yòl xaritasi" 5.5.76-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Abdulla Oripov nomli ijod maktabida ijodiy ishlar tanlovi e'lon qilingan edi

❇️Ayni kunlarda "O'zbek kinosi darg'alari" mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovi uch yònalishda òtkazilmoqda

❇️Ijod maktabining 8-"A"sinf o'quvchisi Badalova Shaxnoza tanlovning "Eng yaxshi videorolik" yo'nalishida ishtirok etmoqda

https://t.iss.one/abdullaoripovmaktabi