Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi
3.27K subscribers
13.8K photos
1.39K videos
104 files
4.1K links
🇺🇿|• Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabining rasmiy telegram kanali
Download Telegram
#soʻnggi_qoʻngʻiroq
#ilm_eng_buyuk_sharaf

🔔 Agentlik tizimidagi ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablarida "Ilmeng buyuk sharaf!” shiori ostida "Soʻnggi qoʻngʻiroq" tadbirlari boʻlib oʻtmoqda.

🤩 Toshkent shahrida joylashgan Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Agentlik direktori Alisher Ubbiyev ishtirok etib Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchilarga tabrigini oʻqib eshittirdi hamda mustaqil hayot sari dadil qadam qo‘yayotgan yoshlarga oʻzining samimiy tilaklarini bildirdi.

🗣Joylarda boʻlib oʻtayotgan tadbirlarda joriy oʻquv yilida samarali faoliyat olib borgan, yuqori natijalar koʻrsatgan maktab jamoalari hamda yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishda faol hissa qoʻshgan ustoz-murabbiylar Agentlikning tashakkurnomalari bilan eʼtirof etildi.

🟢Ushbu tadbirlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi vakillari, viloyat, shahar va tuman hokimlari, sektor rahbarlari, deputatlar, shoir va yozuvchilar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qabulga oid yangiliklarni biz bilan kuzating:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7🔥2🎉1