#Teran_qalb
🔶 Ustoz Abdulla Qahhor prozamizning eng baquvvat chinorlaridan biri edi. Lekin ayni vaqtda u zot she’riyatni ham g‘oyat nozik tushunardi. Men nasrda biror narsa yozmagan bo‘lsam-da, doimo Abdulla Qahhorning shogirdi sanalardim.
🔶 Ustoz Abdulla Qahhor bizning xotiramizda adabiyotning pokligi va butunligi uchun kurashgan, o‘z talabiga o‘zi ham qat’iy amal qilgan siymo sifatida qoldi.
🔶 U zot qing‘irlikni bilmas, tili o‘tkir bo‘lsa-da, birovning dilini noo‘rin og‘ritmas edi. Shogirdlariga mehr bilan boqar, ularning oldida boshqa yozuvchilarning asarlarini bo‘lar-bo‘lmasga yerga uravermas edi. Mana shu kabi fazilatlarni men kam odamlarda uchratganman.
🔶 Abdulla Qahhor g‘oyat ibratli, ayni vaqtda nihoyatda mashaqqatli hayot yo‘lini bosib o‘tdi.
✍️Abdulla Oripov, ("Teran qalblar", 1987-yil)
📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
|telegram| web sayt| facebook| youtube |Instagram

❤5👍4🥰1